Главная » Статьи » Avtoolam

Avtotransport vositalaridan texnik foydalanish va ekspluatatsion xususiyatlari

 

Avtomobil  transporti  davlat  iqtisodiyotini  muvaffaqiyatli rivojlanishini  harakatga  keltiruvchi  kuchlarning  muhim  tarkibiy  qismidan biridir. Avtomobil transporti nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ham ega.

Avtomobil transporti o’z vazifalarni bajarishda o’ziga xos fazilatlarni ishga soladi:

•  yuklarni aniq grafik bo’yicha yetkazib berish imkoniyati;

•  yuklarni  yuqori  tezlik  bilan  tashish;  bu  esa  aylanma  mablag’larga  talabni kamaytiradi va kapital aylanishini tezlashtiradi;

•  yuklarni  iste’molchining  talabiga  binoan  mayda  partiyalarda  yetkazib berish imkoniyati;

•  yuklarni tashishda tezkorlik.

Avtotransport kompleksini takomillashtirish transport xarajatlarini pasaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishga zamin yaratadi.

Iqtisodiy  munosabatlar  bilan  avtotransport  kompleksining  boshqarish va yo’naltirish tizimini izchil takomillashtirish hamda avtomobil transporti faoliyati va transport turlarining o’zaro munosabatlari, undagi innovatsiya va invetsitsiya siyosatini jadallashtirishni ta’minlaydigan me’yoriy-xuquqiy bazani tobora takomillashtirish sodir bo’lmoqda.

Avtotransport  kompleksini  boshqarish  va  yo’naltirish  tizimini iqtisodiy  munosabatlar  bilan  ischil  takomillashtirish  hamda  avtomobil transporti  faoliyati  va  transport  turlarining  o’zaro  munosabatlari,  undagi inovastiya  va  investistiya  siyosatini  jadallashtirishni  ta’minlaydigan me’yoriy-huquqiy ba’zani tobora takomillashtirish sodir bo’lmoqda.  

Yuk oqimlari O’zbekiston Respublikasi orqali o’tishini hisobga oladigan istiqbolli  xalqaro  transport  yo’laklari  shakllanayapti,  o’zbek avtoyuktashuvchilarining  xalqaro  transport  kommunikastiyalaridan foydalanish  imkoniyatlari  kengayib  borayapti  va  multimodal  yuk  tashishlar rivojlanayapti.

Avtotransportning  barqaror  rivojlanishi  sertifikatsiyalash  tizimini takomillashtirish,  yangi  texnika,  diagnostika  va  ta’mirlashning  ilg’or texnologiyasini  tatbiq  etish,  avtotransport  vositalari  parkini  yangilash, avtoyuktashish  xavfsizligini  tekshirish  va  nazorat  qilishning  izchil mexanizmini kuchaytirish bilan bog’liq.

Ishlarning  samaradorligi  ijtimoiy  himoya  va  kadrlar  bilan  ishlash siyosatining  samaradorligiga,  mehnatni  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish tadbirlarini takomillashtirishga bog’liq.

Avtotransport  vositalaridan  foydalanish  transport  vositalarini ishlatish  jarayonini  ta’minlaydigan,  shu  jumladan,  avtotransport vositalarini  texnik  ishga  layoqatli  holatda  tutib  turishga  yo’naltirilgan tadbirlar majmui (kompleksi)dir.

Texnik  foydalanish  resurslarni  oqilona  sarf  qilib,  avtotransport vositalarini ishga layoqatli holatda tutib turishdan iboratdir.

Texnik foydalanish konstrukstiyalash va ishlab chiqarishda ko’zda tutilgan yuk  tashish  jarayoni  imkoniyatlarini,  iqtisodiy  maqsadga  muvofiqligini e’tiborga olgan  holda, yo’lovchilarni va yuklarni tashishda muntazamlilikni va xavfsizlikni ta’minlashga  yo’naltirilgan.

Texnik foydalanish yana quyidagilarni ko’zda tutadi:

•  mehnat va moddiy resuslardan oqilona foydalanib, avtomobilni ishga layoqatli holatda tutib turish;

•  harakatdagi tarkibning tavsiflarini ekologik xavfsizlik va harakat xavfsizligi sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash;

•  xodimlarga me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga mos ish sharoiti yaratish va ularni yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hisobiga bundan keyin ham yaxshilash.

Avtomobil  transporti  korxonasi  xodimlarining  malakasini  oshirish, xizmatchilar  mehnatini  maqsadga  muvofiq  rag’batlantirib  borish,  kadrlarni rivojlantirish siyosati kompaniyaning bozordagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Zamonning  yangi  talablaridan  biri – transport  vositalaridan  texnik foydalanish sifatini boshqarish tizimini joriy etishdir.

Avtotransport  vositalaridan  texnik  foydalanish-jo’shqin  o’zgaruvchi tarmoq.  Texnik  foydalanishning  hozirgi  holatiga  avtotransport  vositalari konstrukstiyasining  o’zgarishlari,  birinchi  navbatda,  mustahkamligini  oshirish,  bevosita  o’rnatilgan  diagnostika  vositalari  bilan  to’la  ta’min  etish, mikroprostessor texnikasini keng qo’llash katta ta’sir o’tkazadi.

Zamonaviy  texnik  foydalanish  xususiyatlaridan  biri-an’anaviy  konstrukstiyadagi avtomobillar bilan bir qatorda ichki mikroprostessor texnikasi bilan jihozlangan avtomobillarning borligidir.

Murakkablik  darajasining  oshishi  va  avtotransport  vositalari qiymatining  ko’tarilishi  ulardan  texnik  foydalanishga  alohida  talablar qo’yadi.

Iqtisodiyotni  va  jamiyatni  avtomobillashtirish  texnik  foydalanish sohasi  mutaxassislari  oldiga  ko’p  talablar  qo’yadi,  bu  kasbning  ahamiyatini oshiradi.

Zamonaviy  ekologik  talablar  avtotransport  vositalari  ko’pgina  uzel  va tizimlarining texnik holatiga ayniqsa, yonilg’i sarfi  va uni yuqori darajada yoqilishiga  ta’sir etuvchi tizimlarga alohida talablar qo’yadi.

«Avtomobillardan texnik foydalanish»  fanining asosiy vazifasi, yangi bozor munosabatlari talablarini hisobga olgan holda, xalq xo’jaligining avtotransport tarmog’iga malakali bakalavrlar etkazib berishdan iborat.

Foydalanish  jarayonida  avtomobillarning  texnik  holatini  o’zgarish qonuniyatlarini ochishga  va bashorat  qilishga, avtomobillarni ishga layoqatli holatda  tutib  turishga  yo’naltirilgan  usullar  va  vositalarni  o’rganishga, issiq  iqlim  sharoitida  foydalanishni  hisobga  olib,  tayinlab  qo’yilgan ishonchligini  ta’minlash  uchun,  avtotransport  vositalarining  texnik holatini boshqarish usullariga katta e’tibor beriladi.

 1. Avtomobil transporti vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari.

Avtomobil  transporti  vositasi  (ATV)  belgilangan  sifat ko’rsatkichlariga  ega  bo’lishi  zarur.  ATV  ning  sifati – uning  vazifasiga muvofiq holda belgilangan talablarni qondirishga yaroqliligini ta’minlaydigan  xususiyatlar  majmuidir.  Xususiyat  deganda  biror predmetning(narsaning)  boshqa  predmetlar  bilan  o’xshashligi  yoki  farqini bildiradigan  qandaydir  tomoni  tushunilib,  u  o’sha  predmetlarga  nisbatan aniqlanadi.

  Asosiy  ishlab  chiqarish  vazifasi  yuk  va  yo’lovchilarni  tashish hisoblangan suv, havo va erusti transport vositalari, o’zi ishlayotgan muhitga bog’liq  ravishda  har  xil  xususiyatlarga  egadir.  Avtotransport  vositasi  deb harakatlanishi  g’ildiraklar  va  yo’lning  o’zaro  ta’siri  natijasida  yuzaga  keluvchi kuch orqali amalga oshiriladigan erusti mashinasiga aytiladi. 

  Foydalanish sharoitlari ATV ning ixtisoslashuviga ta’sir etadi. ATV muayyan sharoitlarda ishlashni ta’minlaydigan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 

 Loyihalovchi–mutaxassis, ATV  o’z vazifalarini bajarishi uchun qanday xususiyatlar majmuiga ega bo’lishini bilishi zarur. Foydalanish mutaxassisiga esa har xil ATV ning xususiyatlarini bilishi ularni tashish sharoitlariga  mos  ravishda  tanlashga  hamda  loyihalash  va  ishlab  chiqarish  jarayonida asos  solingan  ekspluatastion  xususiyatlarni  uzoq  vaqt  davomida  optimal saqlab turish usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. 

  Harakatni tashkil etish mutaxassisi yo’l-transport hodisalarining sodir bo’lish ehtimolligi mumkin qadar kam bo’lishi uchun ATV qanday xususiyatlarga ega bo’lishini bilishi kerak.

  Umuman olganda, ATV ishonchlilik, ekologik, estetik, ekspluatastion va boshqa juda ko’p sifat xususiyatlariga ega. ATV ning o’ziga xos transport vositasi  sifatidagi  foydalanishga  moslashganlik  darajasini  tortish–tezlik,  tormozlanish,  yonilg’i  tejamliligi,  boshqariluvchanlik,  turg’unlik,  harakatchanlik (buriluv),  yurish  ravonligi,  o’tuvchanlik,  dinamiklik,  TXK  va JT  ga  moyillik  xususiyatlari  ko’rsatadi.  ATV  ning  turi,  bajarayotgan  ishi, muayyan ishlash sharoitlariga qarab ularning xususiyatlariga qo’yiladigan talablar ham har xil bo’ladi.

  «Avtomobil-haydovchi-yo’l-muhit»  tizimining  bir  qismi  avtomobil bo’lib,  uning xususiyatlari ushbu tizim elementlari bilan o’zaro ta’sir natijasida  namoyon  bo’ladi.  Shuning  uchun  qandaydir,  muayyan  ekspluatastion xususiyatning avtomobil sifatini yoki qo’llash samaradorligini baholashdagi ahamiyati  foydalanish  sharoitlariga  bog’liq.  Foydalanish  sharoitlari  esa yo’l (yo’l plani va profili elementlari, er relefi, yo’l qoplamasining turi va  tekisligi,  harakatning  jadalligi  va  tartibotlari,  yo’l  holatining barqarorligi va boshqalar), transport (yuk turi, yo’lovchilar tashish hajmi, yuk tashish bo’laklari, tashish masofasi, ish tartibotlari, saqlash, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sharoitlari va boshqalar), tabiiy – iqlim (mu’tadil, sovuq, issiq  va baland tog’ iqlimi mintaqalarining o’ziga  xos  xususiyatlari) sharoitlari  bilan  belgilanadi.  Endi,  ATV  ning  asosiy  ekspluatastion xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.

 1. Tortish–tezlik  xususiyatlari deb  dvigatel  xarakteristikalari yoki etaklovchi  g’ildiraklarning  yo’l  bilan  ilashuvi  bo’yicha  harakat  tezliklari o’zgarishining  diapazonlari  va  avtomobil  tezlab  ketish  chegaraviy jadalligining  har  xil  yo’l  sharoitlarida  tortish  tartibotidagi  ishini belgilaydigan  xususiyatlari  majmuiga  aytiladi.  Tortish–tezlik xususiyatlarining asosiy baholash  ko’rsatkichlari:  maksimal tezlik, berilgan tezlikka chiqish uchun tezlanish olish  vaqti, tezlanib olish – inerstiya bilan yurish  tezlik  xarakteristikasi,  minimal  barqaror  tezlik,  maksimal o’tiladigan  ko’tarilish,  tezlanish  olishdagi  chegaraviy  tezlanish,  kryukdagi tortish kuchi va boshqalar.

 2. Tormozlanish  xususiyatlari – tormoz  tartibotida  va  har  xil  yo’l sharoitlarida  harakatlanganda  avtomobilning  maksimal  sekinlashuvi  hamda  tashqi  kuchlarning  chegaraviy  miqdorini  belgilaydigan  xususiyatlar majmuidir.  Tashqi  kuchlar  ta’sir  etganda  tormozlangan  avtomobil  joyida qimirlamay turadi yoki qiya tomonga harakatlanganda kerakli minimal turg’un (barqaror)  tezlikka  ega  bo’ladi.  Ayrim  baholash  ko’rsatkichlari:  turg’un sekinlashish,  minimal  tormozlanish  yo’li,  umumiy  tormozlanish  kuchi (to’xtovdagi  tormoz  tizimi  uchun),  qiyalikdagi  turg’un  tezlik (yordamchi  tormoz tizimi uchun).

 3. Boshqariluvchanlik  deb  kuch  tizimi  kinematikasining  boshqaruv ta’sirlariga  ko’rsatgan  reakstiyalari  majmuiga  aytiladi.  Baholash ko’rsatkichlari: traektoriya boshqaruvining barqarorligi, kurs boshqaruvining barqarorligi,  tormozlanishdagi  traektoriya  boshqaruvining  barqarorligi, tormozlanishdagi  kurs  boshqaruvi  barqarorligi,  manyovrni  bajarishning chegaraviy tezligi va boshqalar.

4.Turg’unlik – ATV  yoki  uning  bo’laklarining  holati  va  harakat turg’unligi  bo’yicha  tang (kritik)  parametrlarni  belgilaydigan  xususiyatlar majmuidir.  Asosiy  baholash  ko’rsatkichlari:  yon  siljish  va  yon  ag’darilishga olib  keladigan  tang  tezliklar,  qiyalik  burchaklari,  ko’ndalang  turg’unlik koeffistienti,  kurs  turg’unligi  va  avtopoezd  tirkamasini  lapanglatadigan  tang tezliklar va boshqalar.

 5. Harakatchanlik (buriluvchanlik)  deb  ATV  ning  katta  egrilik traektoriyalari  bo’yicha  harakat  talab  etiladigan  sharoitlarda  cheklangan maydonda  o’z  holatini  o’zgartirish  (shu  jumladan  orqaga  yurish)  imkonini belgilaydigan  xususiyatlari  guruhiga  aytiladi.  Asosiy  baholash ko’rsatkichlari: ATV ning minimal burilish radiusi, tashqi gabarit burilish radiusi, ichki gabarit burilish radiusi, harakatning gabarit tasmasi, orqaga yurish boshqaruv harakatini amalga oshirishning murakkabligi va boshqalar.

 6. Yurish  ravonligi  deb,  haydovchi,  yo’lovchilar,  yuk,  shassi  va  kuzov elementlari  tebranishi  yuklamalarining  belgilangan  me’yorlar  chegaralarida cheklanishini ta’minlovchi  xususiyatlar majmuiga aytiladi. Asosiy baholash ko’rsatkichlari:  haydovchi,  yo’lovchilar,  yuk,  shassi  va  kuzov  xarakterli elementlarining tebranishi yuklamalari darajalari.

 7. O’tuvchanlik  xususiyati  deb  avtomobilning  og’irlashgan  yo’l sharoitlarida,  yo’lsizlikda  va  har  xil  to’siqlarni  engib  harakat  qilishda imkoniyatini belgilaydigan ekspluatastion xususiyatlarga aytiladi.  O’tuvchanlik profil va tayanch o’tuvchanlikka bo’linadi.

Profil  o’tuvchanlik  yo’l  notekisliklari  va  to’siqlarini  engib  o’tish imkoniyatlarini  xarakterlaydi  va  talab  etilgan  harakat  tasmasiga  mos tushadi.  Uning  birlik  ko’rsatkichlari  ATV  ning  geometrik  parametrlarini ifodalaydi:  yo’l  oralig’i,  old (orqa  chiqiq),  old (orqa)  chiqiq  burchagi, o’tuvchanlikning  bo’ylama  radiusi,  o’tiladigan  ko’tarilishning  eng  katta burchagi, ko’priklarning qiyshayish burchagi va boshqalar.

  Tayanch  o’tuvchanlik  deformastiyalangan  va  og’irlashgan  yo’l  sharoitlarida harakat  qilish  imkonini  belgilaydi.  Asosiy  baholash  ko’rsatkichlari: tirkalish massasi, tirkalish massasining koeffistienti, solishtirma quvvat, dumalashga qarshilik quvvati, harakatga qarshilik quvvati, to’liq tortish kuchi, erkin tortish kuchi, kryukdagi tortish kuchi, g’ildiraklarning yo’l qoplamasiga bosimi va boshqalar. 

 8. Yonilg’i  tejamliligi  xususiyati  deb  har  xil  foydalanish sharoitlarida  avtomobil  transporti  ish  bajarishidagi  yonilg’i  sarfini belgilovchi  xususiyatlar  majmuiga  aytiladi.  U  dvigatelning  quyidagi ko’rsatkichlari  bilan  aniqlanadi:  bir  soatdagi  yonilg’i  sarfi  GT ,  kg/soat, solishtirma  yonilg’i  sarfi  ge ,  g/kVt.soat (dvigatel  quvvat  birligining  bir soat  davomidagi  yonilg’i  sarfi  massasi).  Yonilg’i  tejamliligining  asosiy mezoni  bo’lib 100km  yo’lga  sarflanadigan  litrlar  hisobidagi  yonilg’i  sarfi hisoblanadi.  Baholash  ko’rsatkichlari:  nazorat  yonilg’i  sarfi,  magistral yo’ldagi yonilg’i sarfi, shahar ichidagi yonilg’i sarfi, barqaror harakat yonilg’i xarakteristikasi,  magistral   (past–baland)  yo’ldagi  yonilg’i–tezlik xarakteristikasi va boshqalar.

  Ekspluatastion  xususiyatlar  ko’rsatkichlari  maxsus  ilmiy-tekshirish tadqiqotlari  hamda  avtomobillardan foydalanish  tajribasini umumlashtirish va tahlil etish natijasida aniqlanadi. Ekspluatastion xususiyatlarni bilish avtomobil konstrukstiyasini takomilashtirish borasida texnik foydalanish tajribasidan foydalanish imkonini beradi.

  Avtomobillarning tavsifi yuqorida keltirilgan ekspluatastion xususiyatlari  ko’rsatkichlarini  o’z  me’yor  talablari  darajalarida  ushlab  turishi transport  vositalari yuqori texnik  holatini  uzoq davr mobaynida saqlashga xizmat qiladi. 

2. Avtotransport vositalaridan texnik foydalanish. Tushuncha va ta’riflar

   Avtomobillardan  texnik  foydalanish  fani  avtomobil  texnik holatining  o’zgarishi  sabablari  va  qonuniyatlari  hamda  uni  yuqori  darajada saqlab turish usullari va vositalari to’g’risidagi fandir. Avtomobillardan texnik  foydalanishga  texnik  foydalanish,  texnik (servis)  xizmat  ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash va texnik xizmat ko’rsatish texnologik jarayonlarini tashkil etish kiradi.  

  Avtomobildan texnik foydalanish deb tegishli foydalanish sharoitlarida,  uning  vazifasi  va  belgilangan  me’yorlarga  xos  tartibotlarda  uning ishini ta’minlash orqali texnik imkoniyatlarini amalga oshirish tushuniladi.

  Avtomobilga  texnik  xizmat  ko’rsatish  deganda  yuvish–tozalash,  nazorat–sozlash, mahkamlash ishlari, joriy ta’mirlash va yonilg’i bilan ta’minlash orqali avtomobilning tashqi ko’rinishi va ishlash qobiliyatini saqlab turish yoki tiklash tushuniladi.

  Avtomobilni  saqlash – uning  almashinuvlararo  vaqtlarda  texnik saqlanishini  va  ishga  tayyorligini  ta’minlashdir.  Undan  tashqari,  saqlash, agar avtomobil uzoq muddat davomida ishlatilmasa, uni konservastiya qilishni, ehtiyot qismlar, yonilg’i–moylash va boshqa ekspluatastion materiallarning texnik saqlanishini ham o’z ichiga oladi. 

  Avtomobildan  texnik  foydalanishning  maqsadi – uning  texnik holati va ekspluatastion xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada saqlab turishdir. Texnik foydalanishning asosiy masalalari-avtomobil parki texnik holati va ishlash qobiliyatini boshqarish yo’llari va eng samarali usullarini aniqlashdir. 

  Avtomobildan  texnik  foydalanishning  samaradorligi  uning  sifati  va ishonchliligiga bog’liq. Sifat – buyum (avtomobil) o’z vazifasi bo’yicha ishlatilganda, uning yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmuidir. 

  Avtomobilning ishonchliligi deb uning belgilangan davr (masofa) mobaynida va ma’lum foydalanish sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo’l qo’yilgan chegaralarda saqlab qolgan holda o’z vazifalarini bajarish  xususiyatiga  aytiladi.  Boshqacha  ibora  bilan  aytganda,  ishonchlilik – avtomobil sifatining vaqt bo’yicha yoyilmasidir. Ishonchlilik, avtomobil muayyan  foydalanish  sharoitlarida  ishlaganda,  uning  sifat  ko’rsatkichlari  qay darajada tez o’zgarishini izohlaydi va miqdoran baholash imkonini beradi. 

3. Foydalanish  sharoitlarining  tavsifi  va  ularning  avtotransport vositalari texnik holatiga ta’siri

  Transport  vositasining  texnik  holati ko’rsatkichlari  unga texnik  xizmat ko’rsatish jarayonida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, birinchidan, avtomobilning sozligini nazorat etuvchi  hamda sozlash va ta’mirlash  ishlari  hajmini  aniqlovchi  vosita  bo’lsa,  ikkinchidan,  texnik  resursni bashoratlash vositasidir, ya’ni navbatdagi texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan buzilmay  ishlash  zahirasini  oldindan  aytib  beradi.  Shuning  uchun  texnik holat  ko’rsatkichlarining  chegaraviy  me’yorlarini  va  ularning  yo’lga  bog’liq holda o’zgarishi dinamikasini bilish zarur, chunki ko’rsatkichlar o’zgarishining qonuniyatlari bo’yicha navbatdagi texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan resursni aniqlash mumkin.

  Transport vositasining foydalanish muddati oshgan sari detallarning eyilishi va nosozliklar natijasida uning texnik holati asta-sekin yomonlashib boradi: dvigatel quvvati va harakat texnik tezligi pasayadi, yonilg’i sarfi va eyilish jadalligi o’sadi, boshqaruv qulayligi yomonlashadi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi. 

  Transport  vositasining  texnik  holatiga  ko’pgina  ekspluatastion  omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar: 

 - ekspluatastion  materiallar  sifati (benzin,  dizel  yonilg’isi,  gaz yonilg’isi,  moylash  materiallari,  maxsus  suyuqliklar - antifriz,  tormoz suyuqligi va boshqalar);

 - yo’l sharoitlari;

 - iqlim sharoitlari;

 - transport  vositasidan  texnik  foydalanish (quvvatdan  foydalanish tartibotlari, avtomobilni haydash sifati); 

 - texnik xizmat ko’rsatishning sifati; 

 - transport vositasini saqlash sifati va h.k.

  Yonilg’i–moylash  materiallariga  qo’yiladigan  asosiy  talab – ularning Davlat standartlariga va avtomobil dvigateli konstrukstiyasiga hamda iqlim sharoitlari va avtomobildan foydalanishning tartibotlariga mos kelishidadir.  Shuning  uchun  yonilg’ilar  vazifasi (karbyurator  va  dizel  dvigatellari uchun, yoz va qish uchun) va sifati bo’yicha (oktan va stetan sonlari) rusumlarga bo’linadi. 

  Yonilg’i–moylash  materiallari  yonilg’i  iqtisodiyoti, ishonchlilik, dvigatel quvvati,  harakat  tezligi  kabi transport  vositasining ekspluatastion sifat ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Yonilg’i–moylash materiallarining sifatini  saqlab  qolish  ularni  tashish,  saqlash  va  tarqatish  jarayonlarida  juda muhimdir.    

  Benzinning asosiy sifatlari – bug’lanish (frakstion tarkib), detonastion va  korrozion  xususiyatlari  hamda  mexanik  aralashmalar  va  suvning yo’qligidir. Uning detonastiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi  stilindrporshen guruhi va klapanlarning korrozion–mexanik eyilishlarini keltirib chiqaradi.  Oltingugurt  miqdori  qancha  ko’p  bo’lsa,  dvigatel  stilindrlarining eyilish jadalligi va yonilg’i sarfi shuncha oshib boradi, dvigatel quvvati esa kamayib ketadi. Yonilg’i tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini  ifloslantiradi,  yonilg’i  aralashmasining  paydo  bo’lishini qiyinlashtiradi,  avtomobilning  tortish  sifatlarini  va  yonilg’i iqtisodiyotini  yomonlashtiradi.  Eng  asosiysi-mexanik  aralashmalar  dvigatel stilindr–porshen guruhining eyilish darajasini oshirib yuboradi. 

  Dizel yonilg’isining stetan soni, qovushqoqlik, bug’lanish, korrozion xususiyatlari  va  mexanik  aralashmalarning  mavjudligi  kabi  sifatlari  avtotransport vositasining ekspluatastion ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Agar stetan soni dvigatelning chidamliligi va yonilg’i iqtisodiga kuchli ta’sir etsa, yonilg’ining  qovushqoqligi  uning  purkalishiga,  havo  bilan  aralashma  hosil qilishiga va yonishiga hamda yonilg’i apparaturasidagi nozik juftlarning eyilishiga sababchidir. 

  Dizel  yonilg’isining  korrozion  xususiyati  uning  tarkibidagi  oltingugurtning  miqdoriga  bog’liq:  u  qanchalik  ko’p  bo’lsa,  dvigatel  stilindrlari  va porshen  halqalarining  korrozion-mexanik  eyilishlari  shunchalik  ko’payadi.

Eyilishlar, ayniqsa, dvigatelning past haroratlarida ortadi. Dizel yonilg’isi tarkibida mexanik aralashmalarning bo’lishi yonilg’i etkazib berish apparaturasidagi nozik juftliklar eyilishiga sabab bo’ladi. Mexanik aralashmalarni dizel yonilg’isidan ajratishning eng oddiy usuli – uni bir necha kun davomida tindirishdir.

  Gaz  yonilg’ilari  yuqori  ekspluatastion  sifatlarga  ega.  Ularning qo’llanishi dvigatel eyilishlarini pasaytiradi, detonastiyasiz ish tartibotini ta’minlaydi, ishlatilgan gazlar zaharliligini kamaytiradi, motor moyi xizmat muddatini uzaytiradi. 

  Foydalanishda  yonilg’ini  dvigatel  konstrukstiyasiga,  tabiiy-iqlim  sharoitlariga  va  standart  talablariga  mos  ravishda  qo’llash,  saqlash,  tashish  va tarqatishda bug’lanib ketishiga yo’l qo’ymaslik, uning tarkibida mexanik aralashmalar va suvning bo’lmasligini ta’minlash lozim. 

  Moylash materiallari ham (yonilg’ilar singari) vazifasi bo’yicha (karbyurator va dizel dvigatellari uchun karter moylari, transmissiya moylari), sifati bo’yicha (tozalash turi, qovushqoqligi, qo’shilma (prisadka) ning mavjudligi va h.k.) rusumlashtiriladi va standartlashtiriladi.  

  Moy va moylash materiallari suyuq yoki chegaraviy ishqalanishni ta’minlash,  ishqalanish  ishi  va  eyilishni  kamaytirish,  issiqlikni  ishqalanish juftliklaridan,  eyilish  mahsulotlarini  tirqishlardan  haydash, tirqishlarni zichlash, moylash sirtlarini zanglashdan himoya qilish uchun ishlatiladi. 

  Dvigatel moyi yuqori harorat va solishtirma bosimlarda ishlaydi. Bunda zanglash mahsulotlari, qatron (saqich, smola) va qasmoq hosil bo’lishi mumkin. Uning asosiy ekspluatastion xususiyatlari – qovushqoqlik, yuvish va zanglashga qarshilik, mexanik aralashmalar va suvning yo’qligidir. Dvigatel moylarining  ekspluatastion  xususiyatlarini  yaxshilash  ularga  har  xil  kimyoviy modda (qo’shilma)lar qo’shish bilan erishiladi. Qo’shilmalar ishqalanayotgan detallar eyilish jadalligini kamida ikki barobar kamaytiradi. 

  Transmissiya  moylari  juda  og’ir  sharoitlarda  ishlaydi,  chunki  transmissiya  agregatlari  uchun  ishlayotgan  detallarning  ishqalanish  sirtlarida yuqori solishtirma bosimlar yuzaga keladi. Bu holat chegaraviy ishqalanishga, tirnalishga  va  jiddiy  eyilishlarga  olib  kelishi  mumkin.  Undan  tashqari, transmissiya moylari qish oylarida quyulib ketadi va natijada, agregatlarda ishqalanishga qarshilik o’sib, transmissiyaning foydali ish koeffistienti pasayadi va yonilg’i sarfi ortadi. Moyning quyulishi agregatlardagi tishli ilashmalarning  moy  bilan  ta’minlanishini  yomonlashtiradi.  Shuning  uchun  transmissiya  moylari  yuqori  qovushqoq-harorat,  eyilishga  qarshi  xususiyatlarga hamda cho’kindi va quyqumlar hosil bo’lishini oldini oluvchi  barqarorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak. 

  Konsistent  moylar  ishqalanishga  qarshi  va  saqlash  vazifalaridan tashqari ishqalanish juftliklarida (masalan, ressora barmoqlari, buriluvchi shkvoren) zichlagich vazifasini ham o’taydi. Konsistent moylar natriy yoki kalstiy sovunlari bilan quyuqlashtirilgan mineral moylardir. Ish sharoitlariga bog’liq holda, ular ancha qiyin eriydigan (tomchi tushish harorati 1400S, konstalinlar)  va  kamroq  qiyin  eriydigan (tomchi  tushish  harorati 1000S,  solidollar)  guruhlarga  bo’linadi.  Moylarning  bu  xossalari  harorat  oshganda tirqishlardan oqib ketmasligini ta’minlaydi. 

  Bundan  tashqari  dvigatelning  sovutish  tizimida  antifriz  va  suv  kabi sovutish suyuqliklari ishlatiladi. Eng ko’p qo’llanadigan etilenglikolli antifriz 65 va 45 rusumlarga  bo’linib,  ularning  muzlash  harorati  tegishlicha minus 65 va minus 4500S ni tashkil etadi. Etilenglikolli antifriz zaharli, isitganda  hajmiy  kengayish  koeffistienti  katta.  Unga  neft  mahsulotlari tushsa, ko’pirish xususiyatiga ega. 

  Agar  dvigatelning  sovutish  tizimida  suv  ishlatilsa,  unda  qasmoq yig’ilib, stilindrlar  devorlarining  issiqlik  o’tkazuvchanligini  pasaytiradi va, natijada, dvigatel qizib ketadi, eyilish jadalligi va yonilg’i sarfi ortadi,  detonastiya  sodir  bo’ladi,  dvigatelning  quvvati  pasayib  ketadi.  Qasmoq maxsus kimyoviy eritmalar yordamida yuvib tashlanadi.

  Yo’l sharoitlari yo’l kiyimining sifati va turi, avtomobil harakatiga qarshiligi, plandagi yo’l elementlari, yo’l qoplamasining tekisligi, harakat sharoitlari va jadalligi bilan tavsiflanadi. 

  Yo’llar turi va libosining tavsifi bo’yicha kapital, qoplamasi takomillashtirilgan, engil va tuproqli bo’ladi. Kapital yo’llar uchun libos  sifatida beton,  asfalt,  engil  yo’llar  uchun  tosh  va  chaqilgan  tosh  xizmat  qiladi.

Tuproqli yo’llar ishlangan va tabiiy bo’lishi mumkin.

Harakatga  qarshilik  dumalashga  qarshilik  koeffistienti  va  yo’lning  nishabligi bilan aniqlanadi.

  Yo’lning plandagi elementlari (yo’l tasmasining eni,  harakatlanayotgan avtomobildan yo’l sirtining ko’rinish  masofasi, burilishning eng kichik radiusi) xavfsiz harakatni ta’minlaydi.

  Yo’l  qoplamasining  tekisligi  prof.Birulya  koeffistienti  orqali baholanadi – S sm/km. Bu koeffistient yo’l qismidagi notekisliklar balandliklari  yig’indisining  shu  qism  uzunligiga  nisbati  bilan  aniqlanadi  va “sm/km” bilan o’lchanadi. Odatda S= 200…600 sm/km.

  Yo’lning g’adir–budurligi dumalash qarshiligi va avtomobil mexanizmlariga tushadigan dinamik yuklamalarning o’sishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida,  eyilish  jarayonlarini  jadallashtiradi,  yonilg’i  sarfini  orttiradi, harakat tezligini pasaytiradi. 

  Harakat jadalligi vaqt birligi davomida yo’ldan o’tayotgan avtomobillar soni bilan aniqlanadi. Harakat sharoitlari esa shahar va shahardan tashqari sharoitlarga bo’linadi. Avtomobildan shahar sharoitlarida foydalanganda yuk va yo’lovchilar yaqin masofaga tashiladi, harakat past texnik tezliklarda kechadi, to’xtashlar, tormozlanishlar, shig’ov olish, ilashuvni uzishlar, uzatmalarni o’zgartirishlar tez-tez ro’y beradi. Shahardan tashqarida ishlatilganda nisbatan uzun masofalarga tashiladi va yuqori o’rta tezliklar bilan yuriladi. 

  Avtomobilning  texnik  holatiga  yo’l  sharoitlariga  bog’liq  bo’lgan quyidagi omillar ta’sir etadi:

  -   ayrim asosiy detallar ishqalanish yo’lining ko’payishi;

 - avtomobil  mexanizmlariga  yuklamaning  ortishi  va  uning  tez-tez o’zgarishi;

 - yonilg’i va moylarga abraziv moddalarning aralashuvi.

  Yo’l sharoitlarining yomonlashuv bilan dvigatel va transmissiya detallari ishqalanish yo’lining ko’payishi past uzatmalarga majburan o’tishdan kelib chiqadi. Agar, masalan, bir kilometr asfalt yo’lda dvigatel tirsakli vali 2600 marta aylansa, tuproqli yo’lda bu ko’rsatkich 3…3,5 barobar ortib ketadi.

  Yo’l qarshiligi koeffistienti oshgan sari avtomobil detallariga tushayotgan yuklama ham oshib boradi. Yuklamaning o’zgarishi avtomobilning shig’ov va tormozlanishlaridagi ish tartibotlarining o’zgarish chastotasiga bog’liq. Bu o’zgarishlar avtomobil harakati jarayonidagi to’xtashlar va yo’l notekisliklari tufayli  sodir  bo’ladi. Moskva  avtomobil – yo’llar  instituti  olimlarining tadqiqotlari  shuni  ko’rsatdiki,  avtomobil  tuproq  g(runtli)  yo’lda harakatlanganida  asfalt  yo’lda  harakatlanganiga  nisbatan  yo’l  birligiga to’g’ri keladigan tormozlanishlar soni 40…50 barobar, uzatmalarni uzib-ulash soni esa 8…10 barobar oshib ketar ekan.

  Yo’l  sharoitlari  qanchalik  yomon  bo’lsa,  avtomobil  harakati  natijasida vujudga  keladigan  chang (abraziv)  va  boshqa  qattiq  jinslar  uning  texnik holatiga salbiy ta’sir etadi. Changning sifati uning kimyoviy tarkibi va yirikligiga, ya’ni zarralarning o’lchamlariga bog’liq. Changning 60…85 %  foizini  kremniy  oksidi  tashkil  etadi.  Uning  qattiqligi  ko’pgina  avtomobil detallari qattiqligidan yuqori. Havoda uchib yuruvchi zarralarning o’lchamlari 10…80 mikronga teng. Detallarning eyilishiga jiddiy ta’sir etadigan zarralarning o’lchami 15 mikronga teng. 

  Dvigatel  stilindrlariga  tushadigan  chang  miqdori  uning  havodagi miqdoriga, dvigatel yutayotgan havo hajmiga va havo tozalagich yordamida tozalanish darajasiga bog’liq. 

  Dvigatel  yutayotgan  havodagi 95…99 foiz  chang  havo  tozalagichda  ushlab qolinadi, 1…5 foizi esa dvigatel stilindrlariga kiradi. Stilindrlarga tushgan changning oltidan bir qismi ishlatilgan gazlar bilan chiqib ketadi, qolgan qismi  esa  moy  bilan  aralashib,  abraziv  eyilishni  vujudga  keltiradi.  Chang, birinchi galda stilindr, porshen va porshen halqalarini, keyin dvigatel karteriga tushgandan so’ng, krivoship-shatun mexanizmini eyiltiradi. Demak, dvigatel mexanizmlari, uzel va detallarining eyilish darajasi havo tozalagichning samarali ishlashiga ko’p jihatdan bog’liq ekan. Havo tozalagichning xarakteristikasi (tozalash darajasi va havo qarshiligi) va muayyan foydalanish sharoitlari uchun havodagi changning miqdori hamda tozalash darajasi va havo tozalagich qarshiligining yo’l qo’yilgan chegaraviy miqdorlari ma’lum bo’lsa, uni yuvib tashlash davriyligini aniqlasa bo’ladi. 

  Avtomobil  texnik  holatiga  ta’sir  etuvchi  va  uni  belgilovchi  tabiiy iqlimning  asosiy  parametrlari  quyidagilardir:  atrof-muhit  havosi harorati va uning o’zgarish diapazoni; namlik; shamol yuklamasi; quyosh radiastiyasi darajasi; barometrik bosim.

  Atrof-muhit  havosi  harorati  avtomobil  texnik  holatiga  juda  kuchli ta’sir  qiladi.  Avtomobilning  normal  ishlashi  uchun +50S  dan +200S  gacha bo’lgan havo harorati diapazoni kifoya qiladi. Bu oraliqda avtomobil agregatlari  va  uzellarining  optimal  issiqlik  holatini  saqlab  turish  va  ularning ish qobiliyatini ta’minlash mumkin. Yuqori haroratlar  dvigatel mas’ul detallarining issiqlik kuchlanishini oshiradi va uni haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi.

  Dvigatel,  ajratilayotgan  va  chiqarilayotgan  issiqlik  miqdorlari  orasidagi muvozanatning buzilishi natijasida, qizib ketadi. Agar sovutish tizimidagi suyuqlikning  harorati +900S dan oshib ketsa, dvigatel qizib  ketadi.

Buning natijasida suv nasosining unumdorligi pasayadi, porshen halqalarini qurum bosadi, porshen tubining kuyish, kuzatiladi, stilindrlar deformastiyaga uchraydi va stilindr–porshen guruhining eyilishlari keskin ortadi. Benzinda ishlaydigan dvigatelning qizib ketishi detonastiya holatini vujudga keltiradi, bu esa o’z navbatida, dvigatel quvvati, yonilg’i iqtisodiyoti va chidamliligini pasaytiradi. Havoning va dvigatel detallarining yuqori harorati, stilindrlarning  to’ldirilish  koeffistientini  pasaytiradi,  yonilg’i  aralashmasini boyitadi, yonilg’i sarfi va ishlatilgan gazlar zaharliligini oshirib yuboradi.        

  Dizel dvigatellarida ham havoning yuqori harorati quvvatning pasayishiga, yonilg’i sarfining va ishlatilgan gazlar zaharliligining o’sishiga olib  keladi. Avtomobilning boshqa agregatlarida eyilish jadalligi ortadi, chunki havo  tarkibidagi  changning  miqdori  ko’payadi,  moylash  sharoitlari  moyning qovushqoqligi tushib ketishi oqibatida yomonlashadi.

  Dvigatel  qizib  ketmasligi  uchun  sovutish  tizimidagi  suyuqlikning miqdorini  nazorat  qilish,  radiator  sirtlarini  tozalash,  sovutish  tizimini quyqa cho’kindilardan va qasmoqlardan tozalash, o’t oldirishni to’g’ri o’rnatish, ventilyator  tasmasining  tarangligini  ta’minlash,  termostat  ishini  nazorat qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish lozim. 

  Past havo haroratining avtomobilga ta’siri sovuq dvigatelni ishga tushirishda,  eyilish  miqdorlarining  o’sishida,  harorat  sharoitlarining  yomonlashishida va yonilg’i sarflarining ortishida namoyon bo’ladi. Sovuq dvigatelni ishga  tushirish  yonilg’i  bug’lanishining  yomonlashuvi,  sovuq  havo  zichligining o’sishi,  yonilg’i  qovushqoqligining  o’sishi  natijasida  jiklerlar  o’tkazish qobiliyatining pasayishi, o’t oldirish chaqmoqlaridagi uchqun kuchining kamayishi va boshqa sabablarga ko’ra, yonilg’i aralashmasining siyraklashuvi, akkumulyator  batareyasi  toki  sarfining  ortishi  va  kuchlanishining  pasayishi  va chaqmoq elektrodlaridagi kuchlanishning o’sishi kuzatiladi. 

  Foydalanish sharoitlari avtomobillar texnik holatiga, agregat va detallarning ish tartibotlariga ta’sir etib, ularning texnik holati parametrlari o’zgarishini tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin. Avtomobillar ishonchliligining  ko’rsatkichlari  miqdorlari  har  xil  foydalanish  sharoitlarida bir-biridan  farq  qiladi,  bu  esa  texnik  foydalanish  samaradorligi ko’rsatkichlarining  o’zgarishida  ham  o’z  aksini  topadi.  Avval  qayd  etib o’tilganidek,  foydalanish  sharoitlarini  hisobga  olish  ishlab  chiqarish-texnik baza,  xodimlar, ehtiyot  qismlar, ekspluatastion materiallar  va boshqa ehtiyojlarni aniqlashda kerak bo’ladi. Foydalanish sharoitlari yo’l, harakat, transport sharoitlari, tabiiy-iqlim va mavsumiy sharoitlarga bo’linadi.

  Yo’l  sharoitlari  avtomobilning  ish  tartibotlarini  aniqlaydi  va yo’lning texnik toifasi, yo’l qoplamasining turi va sifati, yo’lning eni, burilish radiuslari, ko’tarilish va pasayish nishabliklari bilan tavsiflanadi.

Shu  bilan  bir  qatorda,  avtomobil  ishi  tartiboti  uning  ishonchlilik ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Masalan, yo’l qoplamasining buzilishi avtomobil ishonchliligini 14…33 foizga kamaytiradi. 

  Harakat  sharoitlari  tashqi  omillarning  harakat  tartibotlariga,  ya’ni avtomobil  va  uning  agregatlari  ishiga  ta’siri  bilan  baholanadi.  Masalan, bir xil qoplamali shahar va shahardan tashqari yo’llarda harakatlangan, yuk avtomobillari  ishlari  quyidagicha  farqlanadi:  shahar  sharoitlarida  tezlik 50…52 foiz, tirsakli val aylanishiing o’rtacha chastotasi 130…136 foiz, uzatmalarni  o’zgartirish  soni – 3…3,5 marta,  tormoz  mexanizmlari ishqalanishining solishtirma ishi 8…8,5 marta ko’p.

Transport  sharoitlari:  harakat  tezligi,  yuk  bilan  yurish  uzunligi, yo’ldan  foydalanish  koeffistienti,  yuk  ko’tarish  qobiliyatidan  foydalanish koeffistienti, tirkamalardan foydalanish koeffistienti, yuk turi. 

Tabiiy–iqlim sharoitlari: atrof-muhit havosining harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh radiastiyasining darajasi.

Mavsumiy  sharoitlar  havo  haroratining  o’zgarishiga,  yo’l  sharoitlarining mavsum bo’yicha o’zgarishiga, ayrim omillarning (masalan, chang, namlik va iflosliklar) avtomobillar texnik holati parametrlari o’zgarishining jadalligiga ta’siri bilan baholanadi.

Atrof-muhitning tajovuzkorligi Orolbo’yi mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan havoning yuqori zanglatish faolligi bilan bog’liq. Bunday sharoitlar avtomobil detallarining jadal zanglanishiga, TXK va JT mehnat  hajmlari va ehtiyot qismlarga bo’lgan ehtiyojning ortishiga, avtomobilning ishlash muddati va TXK davriyliklarining qisqarishiga olib keladi.

 

Категория: Avtoolam | Добавил: azizjon_ibragimov (14.10.2015)
Просмотров: 10951 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar