Главная » Статьи » Avtoolam

Mashinalarni ishochlilikka sinash va ularning ishonchliligini oshirish usullari

 Mashinalarni ishonchlilikka sinashning reja va usullari

Qishloq xo’jaligi texnikalarini doimo takomillashtirib borish hayot taqozosidir. Chunki har bir soha shu tariqa rivojlanadi. Shunga ko’ra sinash va nazorat qilishning asosiy maqsadi, texnikalarning ishonchlilik ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni me’yoriy ko’rsatkichlariga solishtirishdan iborat.

Maxsus GOST 16504-74 da ko’rsatilishida 40 dan ko’proq sinash turlari mavjud. Agar ularni katta bo’laklarga bo’lib ko’rasatsak, sinash turlarini uch qismga ajratish mumkin: tadqiqot ishlaridagi sinash, diagnostika qilish va nazorat sinashlari

Mashinalarni ishonchlikka sinash, rejalari, amaldagi davlat standarti bo’yicha beshga bo’linadi va ular shartli ravishda quyidagicha belgilanadi:

[NIN]; [NIr]; [NIT]; [NRr]; [NRT].

Bu rejalarni xususiyatlari quyidagilardan iborat:

[NIN] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilishlar soni N ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi. Bunda buzilgan obyektlar almashtirilmaydi va qayta tiklanmaydi.

[NIr] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar almashtirilmaydi, buzilishlar soni qachon r ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi.

[NIT] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar  yangisi bilan almashtirilmaydi va qayta tiklanmaydi. Tvaqt tugashi bilan kuzatish to'xtatiladi.

[NRr] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, qachon buzilgan obyektlarning soni r ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi.

[NRT] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, T vaqti tugashi bilan kuzatishlar to'xtatiladi.

 

Sinash usullari

Mashinalarni ishonchlilik ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan sinashlar quyidagi usullari mavjud: dala (xo’jalik) sharoitidagi sinashlar va tezkorlik bilan sinashlar.

Xo’jalik sharoitida sinashlar mashinalarning sinash usullarini asosiysi hisoblanadi. Ammo agrotexnik muddatlar chegaralanganligi sababli, mashinalar mustahkamligini qisqa muddatda baholash mumkin emas, bu bois tezkorlik bilan o’tkaziladigan sinash usullaridan foydalaniladi.

Tezkorlik bilan sinashlar quyidagilarga bo’linadi: stendda (dastgoh yoki qurilmalarda), poligon  va tahlil qilish bilan.

Tezkorlik bilan sinashlarning qaysi birini tanlashda texnik vositalarning mavjudligi, olinadigan natujalarning muddati va aniqligiga hamda matematik ta’minlanishiga e’tibor beriladi.

Stendlarda sinashlar statsionar uskunalarda maxsus yuklagich yordamida o’tkaziladi.Yuklagich qurilmalari dala, ishlatish va asosiy ish  jarayonlarini takrorlaydi.

Poligonda sinash harakatdagi mashinalar uchun maxsus dalada yoki yo’lda o’tkaziladi.

Bunda dala yoki yo’lda sinaladigan mashinalarga ta’sir qiluvchi barcha yuklanishlarni o’xshatib qo’yiladi. Bunda tuproq, yo’l va tortish qarshiligi ta’minlanadi.

Haqiqiy vaqt masshtabida, ish sharoiti va texnologik materiallarni fizik o’xshatilib sinashni taqlid qilib sinash deyiladi.

Taqlid qilib sinashda sinaluvchi obyekt ma’lum masshtabda kichaytirib olinishi mumkin, shunga ko’ra kuch va qarshiliklar tanlab olinadi.

Tezkorlik bilan sinash ikkita usul bilan o’tkaziladi: vaqtni zichlashtirish va yuklanishni jadallashtirish (intensivlash).

Vaqtni zichlashtirib sinash deb ma’lumotlarni har xil yuklanishlarni ko’paytirmay vaqtni tejash yo’li bilan o’tkazilishiga aytiladi. Masalan, salt yurishlar kamaytiriladi, sinashlar kechayu-kunduz uzluksiz o’tkaziladi. Vaqtni zichlashtirib sinashda obyekt vaqt birligida intensiv  ishlaydi, tanaffus va salt yurish bo’lmaydi.

Obyektlarni yuklanishini fizikaviy –kimyoviy jarayon (kuch, issiqlik yoki boshqa ta’sirlarni kuchaytirish) yordamida jadal ravishda kuchaytirilib ma’lumotlar olinishiga tezlashtirilish deb ataladi.

Yuklanish kuchaytirib sinash vaqtini birdan kamaytirish mumkin, lekin bunga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki olingan natija, ishlatganda olingan ma’lumotga to’g’ri kelmasligi mumkin, unda tezkorlik bilan sinashning ahamiyati bo’lmay qoladi.

Yuklanishni kuchaytirib sinashni samarali bo’lishini ta’minlash uchun, uni ishlatish sharoitidagi sinashga o’xshashligini ta’minlash zarur.

Sinashlardagi o’xshashlik ikki usulda amalga oshiriladi: fizikaviy va matematik usullar. Fizikaviy o’xshashlikni ta’minlashda ikki tur sinashni, ya’ni yuklanishni kuchaytirish va ishlatish sharoitidagi sinash natijalari  bir-biriga  teng bo’lishni ta’minlash zarur. Buzilishlarni soni ko’rinishi yelishinin bir xilligi va boshqa xususiyatlari ta’minlanishi kerak.

Yuklanishni kuchaytirish va daladagi (amaliy) sharoitidagi sinashlarni matematik o’xshashligini ta’minlash uchun  ularni buzilmasdan ishlash ehtimolliklarni bir-biriga teng bo’lishi kerak (rasm) ya’ni :

P (t tez ) = P(te).

 

2. Mashinalarning ishonchliligini konstruktiv-texnologik yo’llar bilan oshirish.

 

Qishloq  xo’jaligi ishlab chiqarishi soxasida ishlaydigan mashinalarning ishonchliligini oshirish qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki, qishloq xo’jalik texnikasi murakkablashgan, foydalanish soxa kengaygan, yo’qlanish va tezliklari oshgani sari ishonchlilik talabalari ham doimiy oshib boryapti. Mashinalar ishonchliligini oshirish bilan uning raqobatbordoshligi oshadi, mehnat va yonergiya resurslari tejaladi, yong muhim mashinaning samaradorligi oshadi.

Texnika yyoarli darajada ishonli bo’lmasa, ularning  ish paytida tez-tez buzilishi sodir bo’ladi, oqibatda qishloq xo’jalik ishlarini bajarish muddatlari kechiqadi, ekinlar rivojlanishi yomonlashib natijada hosildorlik keskin kamayishi mumkin.

Umuman, mashinalar ishonchliligini oshirishga qaratilgan barcha tadbirlarni quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin:

1. Loyihalash davrida ishonchlilikni oshirish tadbirlari;

2. Mashinalarni tayyorlashda ularni ishonchliligini oshirish tadbirlari.

3. Foydalanish davrida mashinalar ishonchliligini oshirish tadbirlari.

4. Mashinalarni remont qilishda, ularni ishonchliligini ta‘minlash  tadbirlari.

Loyihalash davrida qishloq xo’jalik texnikasining ishonchliligini oshirishga qaratilgan asosiy  konstruktiv tadbirlarni quyidagicha guruhlarga ajratiladi:

1.Mashinaning loyiha qo’rinishini (konstro’qtsiyasini) oddiylashtirish, tarkibiy qismlar sonini ularni maqbo’llashtirish yo’li bilan qisqartirish.

2. Mashinalar ishonchliligini cheklovchi qismlarini yanada puxtaroq qismlar bilan almashtirish.

3. Detallarni tayyorlashda ko’pga chidamli materiallarni tanlash va ularni mo’qobil birikmasini topish.

4. Mashinaning uzoq ishlashini, detallarning  mustahkamlik zaxirasini oshirish yo’li bilan ta‘minlash. Bu yo’l, albatta mashina narxi va massasini kamaytirishga, material va yonergiya resurslarga bo’lgan talablar bilan cheklanadi.

5. Mashina ismlarini atrof muhitning salbiy ta‘siridan saqlash.

6. Mashinaga  uning texnik holati va asosiy qismlarning bo’zilganligi to’grisida xabar beruvchi turli datchiklar va nazorat-o’lchash qurilmalarini o’rnatish.

7. Mashina qismlarini  maqbo’l  tarzda joylashtirib, uning yong bo’sh (puxtaligi juda kam) qismlariga oson yaqinlashishni ta‘minlash, rostlash va tez yoyiladigan detallarni almashtirishni osonlashtirish.

8. Havo, yonilg’i va moyni tozalashning  samarali qurilmalarini yaratish.

9. Loyihalash xujjatini ishlab chiqishda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun nuqsonsiz loyihalash tizimini joriy etish.

10.Mashinalarni va ularning qismlarini haqiqiy ish sharoitlarida sinash.

11.Zavodlarning loyihachilik bo’limlarida mahsulot (buyum) larning ishonchlilik darajasini nazorat qiluvchi  va mashinalar ishonchliligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiquvchi ishonchlilik xizmatini tashkil etish.

12. Mashina qismlarining yong maqbul haroratda ishlashini ta‘minlash: havo, suv, moy bilan sovitish.

13. Ishqalanuvchi juftlarning ishlash sharoitlarini yaxshilash mo’qobil o’lchamlar, solishtirma yo’q, zarur “yo’nalishda” yeyilishni ta‘minlash.

Ishqalanuvchi sirtlarning bosim bilan, markazlashgan usulda moylanishini va moyni filtrda so’zilishini ta‘minlash. Ishqalanuvchi qismlarni germyoik berkitish, ularni yeyilishga va ishonchlikka xisoblash.

14. Mashinadagi asosiy baza (zamin) detallarning  silkinish va titrashishga chidamli bo’lishini ta‘minlash.

15. Mashina tarkibiy qismlarini ta‘mirbopligini ta‘minlash.

Mashinalarni loyihalash bosqichida konstro’qtorlar tomonidan hisoblangan ishonchlilik darajasi, ularni detal va qismlarini tayyorlash jarayonida ta‘minlanadi. Ba‘zan, detallarni tayyorlashda, topshiriqda ko’rsatilgan rejim va talablarga rioya qilmaslik oqibatida yong yaxshi loyihaviy yechimlar barbod bo’ladi.

 

3. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash.

 

Mashinalarni tayyorlash davrida, ularning  ishonchliligini ta‘minlash uchun quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish lozim:

1. Detallar tayyorlanadigan materiallarni texnik xujjatlar talablariga  mos ravishda tanlash, ularning fizik-Mexanik xossalarini tekshirish, sifatini nazorat qilish.

2. Detallarga va ularning ish sirtlariga  termik, kimyoviy-termik ishlov berish, sirtlarni apital deformatsiya yo’li bilan ishonchlilikni oshirish.

3. Detallar sirtiga yeyilish va zanglashga chidamliligini oshirish uchun  qoplamalar qoplash.

4. Ishlab chiqarish texnologiyasiga qat‘iy rioya qilish va uni takomillashtirish.

5. Detallarni asosiy o’lchamlarining aniq bo’lishiga erishish va ular sirtini sifatiga qo’yiladigan talablarni oshirish.

6. Mashina detallarini tayyorlashda dasturni boshqariladigan avtomatlashtirilgan stanoklardan foydalanish bilan juda aniq va  doimo sifatli buyum tayyorlashga erishish.

7. Detallarni tayyorlashning barcha bosqichlarida uning sifatini nazorat qilish, nuqsonsiz mahsulot tayyorlash tizimini joriy etish.

8. Ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

Tayyorlash davrida detallarga Mexanik, termik yoki kimyoviy-termik ishlov berib, ularning mustahkamligini oshirish yo’li bilan mashinalarning ishonchliligini ancha oshirish mumkin.

Detallarni YuChT (yuqori chastotali tok) bilan toblash, ularning puxtaligini oshiradigan muhim omillardan biridir. Cho’yan detallarning sirti toblanganda, ularni yeyilishga chidamliligi 2,5…3,5 marta oshsa, po’lat 45 ning YuChT bilan toblash uning toliqish mustahkamligini 2 xissa oshiradi.

O’zgaruvchan yo’qlar ta‘sirida ishlaydigan detallarning sirtini kapital deformatsiyalash yo’li bilan, ularning mustahkamlik ko’rsatkichlarini 2 baravarga oshirish mumkin. Tirsakli vallar, bo’rish sapfalari, o’q va yarim o’qlar shariq va roliklar bilan ezib (rolikni bosim bilan detal sirtig’a yumalatib) mustahkamlanadi.

Detallarning yeyilishga bardoshligi va toliqish mustahkamligi elektrokimyoviy usulda ishlov berish yo’li bilan oshiriladi. Bunday ishlov berish murakkab shakli detallarning barcha sirtini bir vaqtda ishlash imkoni beradi.

Bu usul bilan detaldagi nuqsonlar va qoliplash xatoliklarini aniqlash mumkin. Shatunlarni elektro kimyoviy ishlov berish bilan ularning toliqish mustaxkamligini (50 foizdan ziyod) oshirish mumkin.

 

 

4. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash.

 

Qishloq xo’jaligi soxasida ishlatiladigan texnikalarning dastlabki ishonchlilik darajasi, ushbu mashinalarning foydalanish davrida bajariladigan ish hajmiga mutanosib (proporsional) bo’ladi. Mashinalar bajargan ishi miqdori oshib borishi bilan ularning ishonchlilik darajasi (bo’zilmay ishlashlik, uzoq xizmat qilishlik, remontbobligi va saqlanuvchanlik xossalari) pasayib boradi.

Mashinalarni ishlatishda ularning ishonchliligini ta‘minlash (saqlash) uchun quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish kerak:

1) Yangi yoki remont qilingan mashinalarni  xo’jalik sharoitlarida 50…60 soat davomida yo’q va tezlikni asta-sekin oshirib borish bilan chiniqtiriladi. Bunda yo’q iste‘mol qilinadigan quvvatning  20 foizidan boshlab asta-sekin oshirib boriladi.

2) Texnik xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etish, ularni o’tqazish uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash lozim. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mamlakasini oshirish, zarur asbob va moslamalar komplektining bo’lishi shart.

3) Mashinalarni normal ish rejimida ishlatish lozim. Mashinalarga  me‘yoridan ortiq yo’q berilmasa, ular vazifasi bo’yicha rasmona tezlikda ishlatilsa, ularning xizmat muddatlari oshadi. Mashinalarni ortiqcha qizdirmasdan ishlatish; dvigatelllarni ishga tushirishda past tezlikda qizdirish –bo’zilmay ishlashning asosiy garovi bo’ladi.

4) Yonig’li-moylarni saqlashga oid zavod tavsiyalariga qat‘iy rioya qilish, ularni tozaligini ta‘minlash, birikmalarni, karter va korpus qutilarini chang kirmaydigan qilib mahkamlash, mashinalarning ishlamay qolishlarini kamaytiradi va ularning uzoq xizmat qilishini ta‘minlaydi.

Mashinalarning ishlatishda sodir bo’ladigan buzilish va nuqsonlari to’g’risidagi axborotni yig’ish va ishlash tizimi ularning ishonchliligiga bilvosita ta‘sir o’tkazadi. Har xil sharoitlarda ishlaydigan mashina qismlarining buzilishi xaqidagi ma‘lumotlarni mashinani tayyorlagan zavodga mo’ttasil yuborib turish lozim. Keyinchalik ushbu yig’ilgan axborotlarni zavod loyihachilari tahlil yoib, mashinalarda ko’p uchraydigan nuqsonlarini sababini aniqlaydilar va mashina loyihasini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadilar.

 

5. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning

ishonchliligini oshirish

Mashinalar ishonchliligi ularni remont qilish vaqtida ham ta‘minlanadi. Remont korxonasiga keltirilgan remont talab mashinalarni (detallarni) to’g’ri saqlash katta ahamiyatga ega. Remont qilinadigan buyumlarni qoniqarsiz sharoitda saqlansa, ular zanglashi va eskirishi va yangi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli, remont talab buyumlar (mashina, detal, agregatlar) maxsus jihozlangan omborxona, bostirma (ayvon) va maydonchalarda saqlanishi shart.

Remont paytida mashinalar ishonchliligini ta‘minlash-remont qilish texnologiyasini sifati oshirishga bog’liq bo’ladi. Buning uchun quyidagilarga e‘tibor berish zarur:

1. Detallar va agregatlar sirti har xil  qirlardan (qurum, smolali va to’zli cho’kindilardan) yaxshilab tozalanishi lozim. Buning uchun zamonaviy yuvish mashinalaridan, o’ta samarali yuvish vositalaridan foydalaniladi.

2. Agregatlar va uzellarni bo’laklashda, ularning ishkastlanishini oldini olish maqsadida, zamonaviy asbob-uskunalardan, gidravlik ajratkichlar, pnevmatik kalitlarni ishlatish talaba etiladi:

3. Mashina detallarini yaroqli-yaroqsizga ajratishda yuqori aniqlikdagi  zamonaviy o’lchov asbob-uskunalari (kalibr, andozalar va boshqa) dan foydalanib, texnik shartlarga qat‘iy rioya qilinadi.

4. Detallarni komplektlashda, ularni vazni bo’yicha tanlab, taranglik bilan biriktiladigan detallarni qizdirish, mahkamlanadigan detallar dinamomyorik kalitlar yordamida qotirish lozim.

5. Mashinalarni yig’ishda, chiniqtirishda va sinashda ham texnik shartlar talablariga qat‘iy amal qilish talab etiladi. Bunda zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalaniladi.

 

 

 

 

 

Категория: Avtoolam | Добавил: azizjon_ibragimov (14.10.2015)
Просмотров: 4019 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar