Главная » Статьи » Ekologiya

В категории материалов: 59
Показано материалов: 41-50
Страницы: « 1 2 3 4 5 6 »

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам

Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. 

Ekologiya | Просмотров: 11636 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit – organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, tuproq va b.q.).

Ekologiya | Просмотров: 7272 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Insoniyatni, shu jumladan, butun jonivorlarni o'z bag'riga olgan tabiatni har qanday zararli modda haddan ziyod kyib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta'sirida zararli omillar o'z-o'zidan zararsizlanishi mumkin. Masalan, tuproqqa solinadigan go'ng 3-6 oy mobaynida bakteriyalar, tabiiy ta'sirlar yordamida noorganik moddalarga aylanadi,infeksiyalar qiriladi, natijada odam organizmigazarar etkazmaydigan  holatga keladi. Shuning dek atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan  gazsimon, bug'simon moddalar yoki changlar oz miqdorda o'tishi bilan o'z-o'zidan zaharlanishi mumkin. O'z-o'zicha zaharlanish atmosfera havosida kechadigan doimiy tabiiy, kimyoviy jarayonlar ta'sirida yuz beradi.

Ekologiya | Просмотров: 1920 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Bunday ayrim muhit omillari, ya'ni dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz va ko'llarning chuqurligi istisnodir. Sababi balandlikning organizmga ta'siri harorat, quyosh radiasiyasi, atmosfera bosimi orqali borsa, suv chuqurligining organizmga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi sababli yuzaga keladi.

Ekologiya | Просмотров: 16502 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson to'g'ri va atroflicha xulosa chiqara oladi. 

Ekologiya | Просмотров: 2411 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Ma'lumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh organizmlarning bo'lishi shart.

  1. Produsentlar (hosil qiluvchilar).
  2. Konsumentlar (iste'molchilar).
  3. Redusentlar (parchalovchilar).
Ekologiya | Просмотров: 9500 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko'pincha tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning modellashtirish  uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik jarayonlarni va shunga o'xshashlarni soddalashtirish yo'li bilan o'xshatish ma'nosida umumlashtirish, dinamik yoki statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir. 

Ekologiya | Просмотров: 4819 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Issiqlik elektr stansiyalari orqali olinadigan elektr quvvati asosan ko'mir, mazut, gaz kabi yoqilg'ilar yonishining hosilasidir. Masalan, 1kvt/ soat elektr quvvati olish uchun 290-350 gr ko'mir kerak bo'ladi. Tabiiyki, toshko'mirning yonishi patijasida uchuvchi chang, qurum, kul paydo bo'ladi. Bu murakkab aralashmalar zaharli gazlar bilan birga atmosfera havosiga tushadi

Ekologiya | Просмотров: 1770 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.

Ekologiya | Просмотров: 2367 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Atmosfera – tirik jonzotlar va inson hayoti uchun zarur bo'lgan tabiiy muhit va er qobig'ining muhim komponentidir. Atmosfera georafik qobiqning paydo bo'lishi, rivojlanishi va hozirgi holatida juda katta ahamiyatga ega. Tirik mavjudotlar o'zining butun evolyusion rivojlanish jarayonida Yer atmosferasi havosining tabiiy tarkibiga moslashgan bo'lib, huddi ana shu tabiiy tarkib organizm uchun eng optimal hisoblanadi. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. 

Ekologiya | Просмотров: 3410 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

1-10 11-20 21-30 31-40 41-50 51-59