Главная » Статьи » Ekologiya

Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya

 

 

Energiyadan foydalanish sohasida elektroenergiya ekologik tomondan eng toza energiya manbai xisoblanadi va uning chiqindisi kam. Havo ifloslanishining 25% i issiqlik elektrostansiyalarining chiqindisi u ko'mir bilan bog'liq.

Ko'pchilik issiqlik energiyasi xom ashyo manbalari ishlatilganda oltingugurt tutuni, chang chiqadi va bu atrof muhit uchun xavflidir. Agar tutunsiz kosmik birikmalari issiqlik energiyasi olishda ishlatilsa, atrof muxitga oltingugurt oksidi, azot va chang zarralari chiqadi.

Ba'zan issiqlik energiyasi olishda ishlatiladigan ko'mirdan kul xosil qiladigan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismiga suv qo'shilib, o'ziga xos qorishma hosil qilinib, unga maxsus kimyoviy reagentlar qo'shiladi va keyin yoqilg'i sifatida ishlatiladi.

Bu jarayon natijasida ko'mirning 4-5 ming t qoldig'idan yuzlab gektar maydon, ko'mirni ho'llash uchun ishlatildigan 500-600 ming m3 iflos suv esa atrof muhitni buzadi. Masalan Ukrainada 1 t ko'mir olishda 0,15-0,75 t qoldiq, 1,5-12 m3 suv sarflanadi va ular iflos chiqindi sifatida atrof-muhitga tashlanadi.  Undan tashqari 1 t neft olish uchun 5 t ko'mir va 2-3 t toshko'mir ishlatiladi.

O'zbekistonning Angren va Kuzbassning janubiy-Abinsk ko'mir konlarida ko'mirni er ostida yoqib gazga aylantirish yo'li bilan 250 ming kVt kuchga ega bug' gaz qurilmalari  qurilgan. Bunday jarayonda ko'mir gazga aylanadi va gaz, bug' turbinalari yordamida elektroenergiya vujudga keladi. Bunday elektrostansiyalarning kuchi 100 mvt ga teng bo'lib, juda kam suv sarflanadi, ko'mir qoldiqlari-shlak esa yo'l qurilishlarida ishlatiladi. Ma'lumki, katta yoqilg'idan har yili 100 mln. t dan ortiq ko'l va shlak hosil bo'lib, atrof-muhitni ifloslaydi.

Yaponiya olimlari ko'mir kuliga sement(25%) va suv(75%) qo'shib yo'l qurilishida ishlatmoqdalar. Bu uslub 60%-70% arzon, 2/3 vaqt tejaladi.

Undan tashqari, ko'mir qoldiqlari yuzlab tog' tizmalarini hosil qiladi. Ularning balandligi 50-60 metrga etadi. Yer yuzidagi 17,6 ming ko'mir konlarining qoldiqlaridan 6,8 minggi yonib turadi va atmosferaga uglerod oksidi, azot, oltingugurt, vodorod sulfit kabi zaharli moddalarni tarqatadi. Ayniqsa oltingugurtning dioksid birikmasi juda zaharlidir. Masalan, shuning ta'siri natijasida  Donbassda donli o'simliklarning hosili 27% ga, grechixaniki 25%, karamniki 12% ga kamaygan, u qushlar, uy hayvonlari va inson sog'lig'i uchun xam zararlidir.

Ba'zi gaz konlarida oltingugurt H2S formasi uchraydi, shuning uchun ham tabiiy gaz H2S dan tozalanadi, chunki gazoprovod trubalarinikorroziya bo'lishiga olib keladi. 1990-yili tabiiy gaz olish 835-850 mlrd.m3 ga etgan va 250000 km keladigan umumiy gazoprovod tarmog'i tuzilgan. Hozirgi kunda 230-250 mln. aholi  gazdan foydalanadi. Gazdan foydalanish O'zbekistonning qishloq va shaharlarida yaxshi yo'lga qo'yilgan.

Ko'p elektrostansiyalar neft qazib olishdan chiqayotgan gaz xisobiga ishlamoqda. Bundaylardan 1987-yili ishga tushgan Surgut GRES-2 ning kuchi 800 ming kVt ga teng. 1990-yilning oxirigacha neft bilan chiqayotgan gazdan foydalanishni 90%ga etkazilgan. “Tatneftegaz” kollektivi neftli gazdan foydalanishni 95,5%ga etkaziladi. Undan tashqari Qarg'ada havzasidagi 12 ta shaxtadan bir sistema tuzilsa, har yili 168 mln. m3 gaz omboriga yig'iladi, 200 ming tsh.yo. energiya tejaladi va umumiy tuzilgan sistema uchun tuzilgan sistema uchun ketgan xarajat 1,5-2 yilda qoplashi rejalashtirilgan edi.

MGD-magnitogidrodinamik elektrostansiya. Hozirgi vaqtdagi elektr toki asosan organik moddalardan kelib chiqadigan issiqlik hisobiga (ko'mir, neft, gaz) hosil bo'ladi. Hattoki eng takomillashgan GYESKPD lar ham faqat 40% atrofida elektr energiyasini beradi, xolos. Issiqlik energiyasining 2/3 qismi tabiat, havo, tuproq, suvni ifloslamoqda, tabiat qonunlarini,uning turg'unligini buzmoqda. Shuning uchun issiqlik elektrostansiyalari MGD- generatorlar bilan ishlasa, yoqilg'iga ketadigan, sarflanadigan mablag' 3 barobar kamayadi.

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 1382 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar