Главная » Статьи » Ekologiya

Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'sirini kamaytirish chora tadbirlari

 

 

Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog'langan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi.

         Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim. Buning uchun ulkan sanoat infratuzilmasi yaratilgan. Yuqorida fikr yurtganimizdek sanoat karxonalari nafaqat mahsulotlar ishlab chiqaradi balki atrof-muhitga chiqindilar ham tashlaydi, bu esa tabiatga o'zini salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

         Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrdga etib bormoqda, albatta bu tabiy resurslardan ko'proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. Shuning uchun Ona tabiatimizga o'z ta'sirini ko'rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo'lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiatimizga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tamonidan birqancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Halqaro miqyosda juda ko'p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda.

         Sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalam bor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg'or texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqitsiz jarayonlardan foydalanishimiz lozim. Bunda eng asosiy maqsad bu tabiiy resurslarga tejamkorona munosabat va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish, qolaversa inson salomatligini tiklash. Repulikamizda hozirgi kunda barpo etiladigan barcha sanoat korxonalari zamon talablariga mos keladigan texnologiyalari bilan jihozlanib o'rnatilmoqda. Buning natijasida respublikamiz ekologik holati yaxshilanishiga olib kelmoqda. 

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 1570 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar