Главная » Статьи » Ekologiya

Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy asoslari

 

 

 

 

Mustaqiliikdan oldin tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi talabga to'la javob bermaganligini ta'kidlash lozim. Tabiiy resurslar, ishlab chiqarish tashkilotlariga davlat mulkchiligi sharoitida xo'jaalikni ko'p yilga belgilangan qat'iy reja asosida yuritish, mahalliy sharoitlarni to'la hisobga olmaslik natijasida atrof muhitning ifloslanishi, resurslardan isrofgarchilik bilan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelgan. Ushbu sohada uzoq vaqtgacha maxsus takomillashgan davlat boshqaruvi tizimi bo'magan. Ekologik xuquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari talabga to'la javob bermagan. Hozirgi vaqtda mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarida tabiatni muhofaza qilish o'ziga xos tashkiliy va xuquqiy asoslariga egadir.

Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o'z aksini topgan. Konstitusiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi xuquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar” deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan. O'zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash, davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taaluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi.

Tabiatni muhofaza qilish ishlariga umumiy rahbarlik O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiga yuklatilgan. Qonunning 8 – moddasida «Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi tizimi» quyidagicha belgilangan: Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ xujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar». Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Oliy majlisga bo'ysunadi hamda ushbu sohadagi davlat nazoratini amalga oshiradi. Qo'mitaning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida» gi qonunida ushbu sohadagi aholining xuquq va majburiyatlari, atrof muhit sifatini normativlar bilan tartibga solish, ekologik nazorat, ekologik xuquqbuzarliklar uchun javobgarlik va boshqalar belgilab berilgan. Qonunda atrof tabiiy muhit monitoringi Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmatiga yuklatiladi.

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 2493 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar