Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Axloqning asosiy kategoriyalari.

 

Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko’zga tashlanadi.

Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan talab tarzida namoyon bo’lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o’zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarini belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-harakat ining umumiy yo’nalishini ko’rsatgan holda, ko’pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – insonparvarlik. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, Ovro’po Uyg’onish mutafaqqirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so’zi bundan 3-4 ming yillar avvalgi qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.

Insonparvarlik – umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho’rolar davridagi sinfiylik nuqtai nazaridan soxtalashtirish proletar digtaturasi va totalitar sosialistig tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko’rdi. Sosializm mafkurachilarining bu boradagi say’-harakatlari o’sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg’onga sug’orilganligi bilan kishilarning g’ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. Chunki u aynan o’ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog’i lozim. Har bir shaxs insoniy huquqlarini ta’minlash uchun kurashish – mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo miqyosida ko’zga ko’rinarli ishlar qilmoqda.

Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.

Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng – u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidan xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda namoyon bo’ladi. har bir sohada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqityasizliklardan qayg’u hissini tuyush, Vatan bilan g’ururlanish, uning har bir qarich yeri, binosining har bir g’ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqulariga mehr bilan qarash, ularni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash – bular hammasi vatanparvarlikdir.

Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab yetishga o’rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish fanizmning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu – millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degan. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.

Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo’lida o’z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon singari minglab fidoiylarni ham halqimiz hechi qachon unutmaydi.

Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro’yobga chiqadi. Halollik, rostgo’ylik, xushmomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy mazmunida-qaysi taom harom-u, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. halollik, rostgo’ylik vijdon tushunchasi bilan bog’liq, insonning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof bo’lishini talab etuvchi ma’yorlardir.

O’nlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to’xtalishimizning sababi shundagi, mustamlagachilik davrida, ayniqsa, sho’rolar hug’umronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg’on, aldov, nopoklik, haromxo’rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildig’i, hozirgi paytda ko’pchilik odamlar halollik va rostgo’ylik ustidan hatto kuladigan bo’lib qolganlar. So’z bilan ish birligi yo’qolgan, qog’ozdagi chiroyli gaplar hayotga to’g’ri kelmaydi. Lekin bularning hammasi afsuski, odatiy xoldek qabul qilinadi. Shu bois mustaqillikimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi kunda davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo’lishga chaqirishni o’z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmoqda. Zero ko’z o’ngimizda yolg’on, aldov, iqkkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab-yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar shular jumlasidan.

Shunday qilib, qisqacha bo’lsa-da, axloqshunoslik mezoniy tushunchalari, axloqiy tamoyillar va me’ryolar nima ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat axloqiy hayotida naqadar muhim o’rin tutishini ko’rib chiqdik.

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (10.06.2016)
Просмотров: 14423 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar