Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Ayollar haqida donishmandlar nima deydi?

Erkaklar ayollar haqida qanchalik yomon hayolga bormasinlar, har qanday ayol erkak haqida undan battar yomon hayolga boradi.

(Nikola Shamfor) 

 

Men uchun butun Yevropani yarashtirish bir nechta ayolni yarashtirishdan ko’ra osonroq bo’lar edi.

(Lyudovik XIV)

Ayollar shaxmatchilar kabi – g’alaba maqsadida qurbonlik qiladilar.

(Sergey Skotnikov) 

 

O’zini juda past baholaydigan ayol barcha ayollarning baxosini pasaytirib yuboradi.

(Nelli Makklang) 

 

Agar ayol sening savolingga javob bersa – unga ishonma; agar jim tursa – undanam ko’proq ishonma.

(Kornel’ Makushin’skiy) 

 

Agar siz haqiqatdan ayolni nima o’ylayotganligi bilmoqchi bo’lsangiz, unga qarang, ammo eshitmang.

(Oskar Uayld) 

 

Ayollarni o’zimizning barcha kamchiliklarimiz bilan birga qabul qilishimiz kerak.

(Arkadiy Davidovich) 

 

Ayol bo’lib tug’ilishmaydi, ayol bo’lib shakllanishadi.

(Simona de Bovuar) 

 

Ayol podsholik qiladi, ammo boshqarmaydi.

(Del’fina Jirarden) 

 

Ayol bir vaqtning o’zida ham olma, ham ilon.

(Genrix Geyne) 

 

"Ayollar haqqi” – bu erkaklar majburiyati.

(Karl Kraus)

 

Ayollar haqida yomon fikrlaydigan erkaklar, odatda faqat bittasi nazarda tutayotgan bo’ladilar.

(Remi de Gurmon)

 

Faqat ayolgina vaqtinchalik vaqtni to’xtata oladi.

(Yuzef Bulatovich)

 

Ayollar jarohatni bog’lash san’atini mohirona bilishadi – huddi jarohat yetkazish san’atini bilgani kabi. 

(Barbe d’Orvil’)

 

Ayol huddi ayollar sumochkasidek – unda qidirayotgan narsangni topib bo’lmaydi.

(Ryshard Doroda)


Manba: http://milliard.uz/view.php?id=167&menu=6

 

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 4979 | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
avatar