Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

Birinchi musiqani kim yaratgan?

 

 

Chamasi barcha ibtidoiy odamlarda qandaydir musiqa bo`lgan. Lekin ularning sadolari zamonaviy musiqadan keskin farq qilgan. Ibtidoiy musiqa ko‘pincha cho`zinchoq va baland xitoblar, xo`rsiniq, ingrash va baqiriqlarning umumlashmasidan iborat bo`lgan. Qo`shiq raqs, chapak va nog‘oralar sadosi jo`rligida aytilgan. Xalq kuylarining notalari yozilmagan bo`lsada, eshitish orqali aslligini yo‘qotmasdan, avloddan-avlodga meros bo`lib o`taveradi.
Dastlabki musiqalar bundan ko‘p asrlar muqaddam yaratila boshlangan. Qadimda xitoy, hind, misr, assuriy va yahudiy xalqlarining o`z musiqasi bo`lgan. Ularning aksariyati hozirgi kuylardan farq qiladi. Yunonlar notalar yig‘indisidan hozirgi gammalarga o`xshash murakkab kuylar yaratishgan. Ularni qog‘ozda qayd etishda alifbo harflaridan foydalanilgan.
Yunonlardan Rimga o`tgan musiqaning rivojida nasroniy cherkovi muhim rol o`ynadi. Avliyo Ambroz va avliyo Grigoriy oddiy kuylar deb nomlangan usulga asos solishdi. Bu usulda unison yoki bir pardada kuylanadi. Qadimiy yunoncha uslubdagiday notalar ketma-ket takrorlanadi. Musiqa yozishning hozirgi uslubi nasroniy cherkovida kashf etilgan.
1600 yilda Jakopo Peri bashariyat tarixida birinchi bo`lib "Evridika" operasini yaratdi. Keyinchalik, Monteverdi kabi bastakorlar tomonidan nafaqat operalar, balki cholg`u asboblari uchun kuylar yozildi. Podsho saroylarida o`tkaziladigan ballar, karnavallar va teatr tomoshalariga atalgan maxsus kuylar yaratildi. Keyinchalik Bax, Gende, Gaydn, Motsart va Betxoven kabi insoniyat tarixini mo’jizakor musiqiy asarlar bilan boyitgan buyuk bastakorlar yetishib chiqdi.

Manba: http://milliard.uz/view.php?id=243&menu=6

 

 

 

 

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 1649 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar