Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

Eynshteynning nisbiylik nazariyasi haqida qisqacha ma`lumot

 

 

Mazkur nazariya e’lon qilinganida uni tushunadigan olimlar soni dunyo bo‘yicha o‘ndan oshmaydi, deyilgan edi. Shu sababdan ham biz bu qonunning texnik jihatlari haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Biroq Eynshteynning nima bilan shug`ullanib, qanday muammolarni hal qilganini tushunib olsak, foydadan holi bo‘lmaydi.
Har qanday harakatning "nisbiy"ligini bilamiz. Bu degani, uni nimagadir nisbatan o‘lchash mumkin. Masalan, biz vagonda derazadan tashqariga tikilib o‘tiribmiz, Derazadan ko‘rinayotgan jismlarning lipillab o`tishi poyezd yurib borayotganining belgisi, Holbuki, siz qarshingizda o‘tirgan yo‘lovchiga nisbatan bir yerda o‘tiribsiz. Shunga ko`ra, harakat mavjudligi harakatsiz jismga nisbatan belgilanadi. Bu Eynshteyn nazariyasining birinchi qismi. Unga biz quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: muttasil tezlikka ega jismning fazodagi harakatini o‘zga obyektlarga qiyoslamasdan turib aniqlash mumkin emas.
Eynshteyn nazariyasining ikkinchi qismiga ko‘ra, koinotda faqat yorug`lik tezligigina o‘zgarmaydi, Uning tezligi sekundiga 300 000 kilometrga teng ekanligi bizga ma’lum. Biz buning o‘zgarmas miqdor ekanligini tushunishimiz qiyin. Sababi, agar avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka ega desak, bu uni bir joyda kuzatib turuvchiga nisbatan soatiga 100 kilometrni tashkil etganini anglatadi. Agar o‘sha avtomobil soatiga 60 kilometr tezlikda ketayotgan boshqa avtomobilni quvib o‘tsa, demak, birinchisining tezligi ikkinchi avtomobilga nisbatan soatiga 40 kilometr ortiq. Agar ikkinchi avtomobil qarshidan kelayotgan bo‘lsa, uchrashish nuqtadagi ularning umumiy tezligi soatiga 160 kilometrni tashkil etgan bo‘ladi.
Shunday qilib, Eynshteyn nazariyasiga asosan, agar yorug‘lik tezligi xuddi o`sha tarzda o‘lchansa (masalan biz bir yo‘nalishda, yorug‘lik bizga qarama-qarshi bo‘lgan ikkinchi tomonda bo‘lsa), uning tezligi o‘zgarmasdan, sekundiga 300 000 kilometrligicha qoladi. Bular Eynshteynning nisbiylik nazariyasi haqida faqat umumiy tushunchalar, xolos. Bundan tashqari, olim massa va energiya, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishdagi muammolar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan.

http://milliard.uz/view.php?id=241&menu=6

 

 

 

 

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 1815 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar