Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

Xotira nega yo`qoladi?

 

 

Dunyoda birorta ham odam xotirasida qancha narsa saqlanishini bilmaydi. Buni sinab ko‘rish uchun ko‘zingizni yumib, hayotingiz mobaynida ko`rgan-kechirganlaringizning barchasini eslashga urinib ko`ring. Tanigan odamlaringiz, ko`rgan uylar, ko‘chalar, narsalar, o‘rgangan so`zlar va raqamlarning hammasini bir-bir eslang.
Eslaydigan narsalarning oxiri ko`rinmayaptimi? Miyamizda ko`rish xotira markazi bo`lib, u xuddi ulkan fotoarxivdek minglab chehralarni o`zida jamlaydi. Biz bugungacha eslab qolishdek mo‘jiza qanday ro`y berishini bilmaymiz. Ammo bu jarayon tartib bilan, obyektlarga muvofiq tarzda ro`y berishini bilamiz. Ana shu tartibga asosan o`rnatilgan bo`limlardan biri boshqa bo`limlarga ta’sir qilmasdan, shikastlanishi yoki o`chirib tashlanishi mumkin. Masalan, miya shikastlansa yoki qon quyulsa, insondagi xotira zaxirasining ayrim qismlari o`chib ketadi. Natijada inson, masalan, so`zlardan foydalanishni unutadi, lekin raqamlardan foydalana oladi.
Ba’zi odamlarda qarilik yoki miyaning jarohatlanishi natijasida xotira zaiflashib, bilgan narsalarini tanimay qoladi. Lekin ularni qo`l bilan ushlab, nimaligini eslaydi, zero inson shuuri faqat ko`rish xotirasiga bog`lanib qolmagan.
Miyada eshitganlarni yodda saqlovchi markaz bo`lib, unda xuddi fonotekadagi kabi xotiramizdagi barcha ovozlar jamlangan bo`ladi. Inson qattiq ruhiy iztirobdan amneziyaga duchor bo`lganida, g`ayrishuuriy tarzda eslashni istamagan muayyan narsalarni unutadi. Ammo darddan sog‘ayib ketgach, unutilgan narsalar yana tiklanib, xotira avvalgi holatiga qaytadi.

Manba:http://milliard.uz/view.php?id=242&menu=3

 

 

 

 

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 1222 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar