Главная » Статьи » O'simlik olami

O'rik navlari

Ko'rsodiq turshakbop jaydari nav bo'lib daraxti katta mevasi iyun ohiri- iyul boshlarida pishadi, deyarli to'kilmaydi, daraxtida turshak bo'ladi, o'rtacha vazni 30-35 g yumaloq, tuhumsimon, to'q sariq, quyoshga qaragan tomoni qizargan. Eti to'q sariq, tig'iz bir oz nordonroq shirin, hushboy. Danagi yirik. Etidan oson ajraladi.
Arzami jaydari nav bo'lib, O'zbekistonning barcha tumanlarida ekish uchun rayonlashtrilgan. Daraxti o'rtacha kattalikda keng piramida simon. Mevasi iyunning ikkinchi yarimida pishadi yirik o'rtacha vazni yassi yumaloq qizg'ish sariq.
Zarya vastoka yangi chiqarilgan nav bo'lib Toshkent, Xorazm viloyatlarida ekish uchun moslashtirilgan.
Daraxtni yirik bargli mevasi iyunning o'rtalarida pishadi, yirik (50-60) yumaloq och qizg'ish po'sti bir oz tukli eti och sariq o'rtacha shirali. Danagi etidan ajraladi. Mevasi yangiligida istemol qilinadi. Xorazm viloyatida va Qoraqalpog'iston respublikasida
moslashtirilgan.
Ahrori Xo'jaahrori, Mayskiy deb ham ataladi. Ertapishar nav bo'lib, O'zbekistonning barcha viloyatlarida o'stirish uchun
moslashtirilgan. Mevasi may oxirida pishadi, yirik (45-50 g). Daraxti katta, keng piramidasimon, shox-shabbasi qalin. Mevasi yumaloq, zarg'aldoq to'q sariq, tukli, eti sariq, shirin-hushxo'r. Danagi etidan ajralmaydi, mag'zi achchiq. Mevasi faqat yangiligida eyiladi.
Subhoni turshakbop va ho'raki jaydari nav bo'lib Andijon, Buhoro, Toshkent, Farg'ona viloyatlarida ekish uchun
moslashtirilgan. Daraxti katta mevasi iyul boshlarida pishib etiladi, yirik (35-50 g) tukli, och zarg'aldoq, eti och sariq zarg'aldoq, shirin va bir oz nordon mazali .
Mirsanjali jaydari nav bo'lib, daraxti o'rtacha kattalikda o'sadi. Mevasi o'rtacha yirik (25-30 g) rangi och zarg'aldoq tusda yoki sariq, bir oz qizg'ish. Eti sariq sersuv, shirin mazali, danagidan yaxshi ajraladi. Iyunning oyining ikkinchi yarmi yoki iyul oyining boshlarida pishadi. Bu nav Farg'ona vodiysi hamda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida o'stirish uchun
moslashtirilgan.
Ruhi jonon ertapishar jaydari navi bo'lib, daraxti katta, shoha-shabbasi keng pardasimon. Mevasi iyun oylarining o'rtasida pishadi. Yirik (40-50 g), shohsimon yonlari boshi och sariq, o'rtacha zich, shirin nordonroq, hushho'r, danagidan yaxshi ajraladi. Mevasi yangiligida istemol qilinadi, quritiladi va konserva tayyorlanadi.
Isfarak turshakbop jaydari bo'lib, daraxti katta. Mevasi iyun ohiri- iyul boshlarida pishadi, og'irligi 25-30 g, kam tukli, shakli, yumaloq, eti och zarg'aldoq yoki sarg'ish, kamsuv, shirin, danagidan yaxshi ajraladi. Asosan turshak qilinadi.
Yubileyniy Navoiy yangi chiqarilgan universal nav daraxti katta. Ko'chati ekilgandan so'ng 4 yildan keyin hosilga kiradi. Mevasi iyul boshlarida pishadi, shakli yumaloq, yirik, yaxshiroq, sariq, ancha qismi qizarib turadi. U asosan yangiligida istemol qilinadi. Shuningdek, quritiladi va konserva qilinadi .

Категория: O'simlik olami | Добавил: azizjon_ibragimov (05.02.2016)
Просмотров: 4463 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar