Главная » Статьи » Salomatlik va Go'zallik sirlari

Shirin gazli ichimliklar farzandlarimizni tajovuzkor qilishi mumkin
 Gazli ichimliklar tajovuzkorlik sababchisi, shuningdek bolalarda diqqatni jamlash muammolarini keltirib chiqaruvchi omil bo'lishi mumkin. Bu haqda Kolumbiya universiteti olimlari ma'lum qilishdi. Ushbu ichimliklar tarkibiga kiruvchi har bir komponent inson xulq-atvorini o'zgartiradi. Bugungi kungacha gazli ichimliklarni bolalarga bo'lgan ta'siri kam o'rganilgan. Tajovuzkorlik keltirib chiqaruvchi, uyqusizlikni keltiruvchi va bezovtalik hissini kuchaytiruvchi modda - kofeindir. 
     Mutaxassislar 5 yoshgacha bo'lgan 3 mingta bolani sinovdan o'tkazishdi. Bu bolalarning 43 foizi 1 kunda 1 mahal shirin gazli ichimlik iste'mol qilishgan, 4 foizi esa, me'yordan ortiq iste'mol qilishgan. Bunda ekspertlar bolalarga salbiy ta'sir etuvchi barcha omillarni bartaraf etishgan. Ma'lum bo'ldiki, qabul qilingan gazli ichimlik miqdori tajovuzkorlik bilan to'g'ri proporsional ekan. 4 va undan ortiq porsiya gazli ichimlik qabul qilgan bolalar o'yinchoqlarni sindirar, diqqatini jamlay ololmas va boshqa bolalar bilan mushtlashar edi.
Категория: Salomatlik va Go'zallik sirlari | Добавил: azizjon_ibragimov (20.08.2015)
Просмотров: 1306 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar