Главная » Статьи » Tarix

XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo’lgan davrda Hindiston

 

Ingliz mustamlakachilik tartibi. Buyuk Britaniya hukmron tabaqalari yangi asrda ham hindistonni butunlar o’z mustamlakalariga aylantirish siyosatini davom ettirdilar. Chunonchi, hukumat “Hindiston ishlari bo’yicha nazorat kengashi” tashkil etdi. Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo’nalishilarini belgilab borardi.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to’g’risida qonun qabul qildi. Unga ko’ra, “Ost-Indiya” kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma’muriyat apparatiga aylantirdi. Hindistonda ingliz ma’muriyatining Oliy Sudi joriy etildi.

Hindistonning mustamlakaga aylantirilgan hududlari ma’muriy jihatdan general-gubernatorga itoat etuvchi gubernatorlar tomonidan boshqarildi.

Buyuk Brintiya to’qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindistonda sotilishi mahalliy to’qimachilik hunarmandlarini xonavayron qilgan. Chunki ularning mahsuloti sifat jihatdan ingliz tovarlari bilan raqobat qila olmagan. Endi metropoliyaga Hindiston paxtasi ham olib ketila boshladi.

Buyuk Britaniya to’qimachilik fabrikalari paxtani qayta ishlab, sifatli mato tayyorlardi. Bu mato Hindistonga olib kelinib sotilgan. Bu esa hindistonning shahar hunarmandchiligini halokat yoqasiga keltirib qo’ygan. Shu tariqa hind to’qimachilarining taqdiri fojiali ahvolga tushdi. Ingliz fabrikantlari ulkan-ulkan miqdorda daromad olayotgan bir davrda, Hindistonning o’ng minglab to’quvchilari ochlikka mahkum etilgan.

“Ost-Indiya” kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U hindlarning o’zidan ham yollanma qo’shin tuzgan. Bu qo’shin soldati sipohi deb atalardi. Qo’shinga ingliz zobitlari qo’mondachilik qilishardi. Hindistonda faqat shu qo’shingina hindlarning birdan-bir uyushgan tashkiloti edi, xolos. Kompaniya sipohilarning Buyuk Britaniyaga so’zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi.

Buyuk Britaniyaning hindistonda talonchilikdan iborat mustamlakachilik siyosati mahalliy knyazliklar va hind jamiyati turli tabaqalarining tarqoqligi tufayli tobora chuqurlashib bordi. Ayni paytda ular milliy va diniy jihatdan ham kamsitilar edi. Ularning diniy his-tuyg’ulari hisobga olinmasdi. Oqibatda mana shu yagona uyushgan, sipohilardan iborat harbiy kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora kuchayib borgan.

Sipohilar qo’zg’oloni. Sipohilar qo’zg’oloning boshlanishiga bevosita turtki qo’shinda patron bilan o’qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo’ldi. Yangi patronning usti qog’oz po’stlog’i bilan qoplangan bo’lib, uni miltiq stvoliga solishdan oldin po’stloqni tish bilan yirtib tashlashi kerak edi. Bu qog’oz ustiga esa yog’ surtilgan edi. Sipohilar orasida shu yog’ sigir va cho’chqa yog’ining aralashmasidan tayyorlangan, degan gap tarqalib ketgan.

Hinduiylik diniga ko’ra, hindlarda sigir muqaddas hisoblanardi va uning go’shti ham yeyilmaydi. Hind sipohi sigir yog’i ishlatiladigan patronni tishi bilan tishlashni o’z dininina qattiq tahqirlanishi, sipohi musulmon esa cho’chqa yog’i ishlatilgan patronni tishi bilan tishlashni islom dinininh ongli ravishda qattiq tahqirlanishi (islomda cho’chqa g’oshti harom hisoblanardi) deb qabul qildilar.

Oqibarda ular yangi patronni olishdan bosh tortdilar. Oxiri bu hodisa qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keldi. Qo’zg’olon 1857-yilda boshlandi. Sipohilar tez orada Dehli shahrini egalladilar. Shoh saroyiga bostirib kirishib, Boburiy hukmdor Bahodirshoh II ni hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo’zg’olan ko’tarishi haqidagi chaqiriqqa imzo qo’yishga majbur etdilar.

Qo’zg’olonning bostirilishi. Buyuk Britaniya Hindistonga qo’shimcha harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo’ldi. Shundan so’ng harbiy kuch ustunligi ingliz bosqinchilari tomoniga o’tdi. Ingliz qo’shinlari qo’zg’olonchilar egallagan qamal qilib, ularni shturm bilan egalladi. Aholi o’zini qahramonona himoya qildi. Jangler ko’chalarda olib borildi. Inglizlar to’plarni fillarga ortib Dehliga olib kirdilar va bu tadbir jang taqdirini hal qildi.

Ammo qo’zg’olonchilar kurashni davom ettirdilar, partisan otryadlarni tuzdilar. Partizanlar harakatiga Tantiya Topi boshchilik qildi. Qo’zg’olon qatnashchilari orasida hind xalqining jasur va mard qizi, aslzoda Lakshmi Bay alohida o’zin egallaydi. Dushman Jxansi shahriga bostirib kirganida, u oxirgi o’qi qolguncha jang qildi. So’ng arqondan yasalgan narvonda shahar minorasidan pastga tushib, dushman qo’liga tushmay qochib ketdi.

Keyinchalik u partizanlar otryadida kurashni davom ettirdi va janglarning birida halok bo’ldi. Uning jasadi hinduiylik diniy an’anasiga ko’ra kuydirib, xoki muqaddas hisoblanuvchi Ganga daryosiga tashlandi.

Qo’zg’olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qilindi.ingliz soldatlari na xotin-qizlarni, na bolalarni, na keksalarni ayashdi. Asir tushganlarni bir joyga to’plangan olomon oldida to’p og’ziga bog’lardilar va to’pdan o’q otib, parcha-parcha qilib tashlardilar. Qo’zg’olonchilarning jasoratli harbiy boshchisi Tantiya Topini xoinlar inglizlarga ushlab berishdi. Dunyoning ilg’or fikrli kishilari hindiston xalqiga qizg’in xayrixohlik bilan qaradilar. Ular ingliz mustamlakachilarining vahshiyligini g’azab bilan fosh etdilar. Qo’zg’olonchilar tor-mor keltirilgan bo’lsa-da,mustamlakachilar o’z hukmronliklarini mustahkamlash uchun ba’zi islohotlar o’tkazishga majbur bo’ldilar. 1858-yilda Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi. Pomeshchiklarning soliqlarini oshirishi taqiqlab qo’yildi. Mahalliy knyazlarning o’z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi. “Ost-Indiya” kompaniyasi tugatildi. Hindistonni boshqarish Britaniya ma’murlari qo’liga o’tdi.

Hind ziyolisining shakllanishi. Buyuk Britaniya hukumati 1857-1859-yillardagi qo’zg’olondan zarur xulosalar chiqardi. Endi hukumat mahalliy aholiga qator imtiyozlar joriy etish yo’iga o’tdi. Chunonchi, hindlarning ilm olishlariga yo’q ochdi. Maktablar, kollejlar va boshqa o’quv yurtlari ochila boshlandi. Shu tariqa hind ziyolisi shakllana bordi. Hindlar Yevropa davlatlari universitetlarida ham ilm olish imkoniga ega bo’ldilar.

Yevropacha ma’lumotga ega bo’lgan hindlar davlat xizmatiga qabul qilina boshlandi. Ular orqali ingliz tilining tarqalishi yanada kengaya bordi. To’g’ri, dastlabki yillarda ingliz tilini biluvchi hindlar juda ozchilikni tashkil etgan. Biroq shu ozchilik ham hindlar jamiyatiga liberalizm va demokratiya g’oyalarining kirib kela boshlashiga asos solgan.

Категория: Tarix | Добавил: azizjon_ibragimov (09.06.2016)
Просмотров: 3781 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar