Главная » Статьи » Tibbiyot

Yurak-qon tomirlar tizimi a'zolai kasalliklari haqida qisqacha anatomik-fiziologik ma’lumotlar

 

Yurak ko‘krak qafasi — to‘sh suyagidan chap tomonda joylashgan konussimon shakldagi murakkab mushakli a’zodir. Yurakning katta (2/3) qismi ko‘krak qafasining chap tomonida, kichik (1/3) qismi o‘ng tomonida joylashgan. Yurakning kattaligi har bir kishining mushtumidek keladi deb hisoblanadi.

Yoshi kattalarda yurakning og‘irligi gavda vaznining 1/200 qismiga teng yoki 300 g atrofida, o‘rta yoshdagilarda yurakning uzunligi 13—14,5 sm, eni 9—10,5 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uzunligi 6—7 sm.ga teng. O‘rta yashar odamning yuragi minutiga o‘rta hisobda 70—75 marta, bir sutkada esa 100000 marta qisqara oladi. Bu shu vaqt ichida 20 tonna yukni bir metr balandlikka ko‘tarish kuchiga teng demakdir. Yurak (tinch holatda) bir minutda 5,5 litr qonni haydaydi. Zo‘r berib jismoniy harakat qilinganda, bu ko‘rsatkich minutiga 30 litr yetishi mumkin.

Yurakning keng asosi yuqoriga va orqa tomonga; tor qismi — uchi (cho‘qqisi) pastga, oldinga, chap tomonga qaragan. Yurakda uchta: old — to‘sh va qovurg‘alarga qaragan, pastki — diafragmal va o‘pkaga, qizilo‘ngachga va tushuvchi aortaga qaragan orqa o‘pka yuzalari bor.

Yurak devorlari uch qavatdan iborat. Ichki qavat endokard yurak bo‘shlig‘ining ichkarisidan qoplangan bo‘lib, uning o‘simta- lari yurak klapanlarini tashkil etadi. Endokard yupqa, yassi, silliq endotelial to‘qimalardan tashkil topgan qatlamlardan iborat.

O‘rta qavat—miokard ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalardan tuzilgan. Tashqi qavat—epikard yurakning ustki va aortaning yurakka yaqin qismini, o‘pka dastagi hamda kovak venalarini tashkil etadi. U epitelial hujayralardan tashkil topgan. Perikard (yurakni o‘rab turadigan parda)ning ichki va tashqi varaqlari o‘rtasidagi tor bo‘shliqda turadigan seroz suyuqlik yurak ishlayotganida uning devorlari ishqalanishini kamaytiradi. Yurak uzunasiga ketgan to‘siq orqali va o‘zaro tutashmagan ikkita (o‘ng va chap) bo‘lakka bo‘lingan. Har ikki bo‘lakning yuqori qismida o‘ng va chap yurak bo‘l- machalari, pastki qismida esa o‘ng va chap yurak qorinchalari joylashgan. O‘ng bo‘lakdan venoz qon, chap bo‘lakdan esa arte­rial qon oqadi. Odam yuragi to‘rt kamerali bo‘lib, ikkita bo‘lmacha va ikkita qorinchadan tarkib topgan. Ikkala bo‘lmacha qorinchalar bilan bo‘lmacha-qorincha teshiklari orqali tutashadi. Bo‘lma- chalarning maxsus do‘mboqchalari o‘ng va chap yurak quloq- chalarini hosil qiladi. Qorinchalarning ichki yuzasida so‘rg‘ichsimon muskullar bor. O‘ng bo‘lmachaga ikkita yuqori va pastki kovak venalar, chap bo‘lmachaga to‘rtta o‘pka venalari qo‘yiladi, o‘ng qorinchadan o‘pka dastagi chiqib, undan o‘pkaga venoz qon keladi.

O‘pka dastagidan kichik qon aylanishi doirasi boshlanadi. Chap qorinchadan butun organlar uchun arterial qon tashuvchi aorta chiqadi. Aortadan katta qon aylanish doirasi boshlanadi. Bo‘lmacha- qorincha teshiklari tavaqali klapanlar bilan yopiladi. Chap bo‘lmacha bilan qorincha o‘rtasidagi klapan ikki tavaqali yoki mi­tral, o‘ng bo‘lmacha o‘rtasidagi esa uch tavaqali klapanlardan iborat.

Klapanlar tavaqasining qirralari pay iplari yordamida so‘rg‘ich- simon muskullarga yopishgan. Ular klapanlar tavaqalarining bo‘lmachaga qarab burilishiga va qonning qorinchadan bo‘lmachaga qaytib oqishiga to‘sqinlik qiladi. Aorta bilan, o‘pka arteriyasi asosida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Klapanlar shu tomirlarning yo‘nalish tomoniga ochiladigan uch tavaqadan iborat. Yurak qorinchalarida bosim pasayganda ular qonga to‘ladi va qirralari bir- biriga yopishib, aorta va o‘pka dastagini bekitib qo‘yadi. Bu bilan qonning yurakka qaytib kirishiga yo‘l bermaydi.

Yurakning o‘tkazuvchi, tomir va nerv sistemasi farq qilinadi. Bo‘lmacha bilan qorinchalarning to‘g‘ri ketma-ket qisqarishi o‘tkazuvchi sistema orqali amalga oshadi. Bu sistema maxsus tuzilgan muskul tolalaridan iborat bo‘lib, ular bo‘lmacha va qorinchalar miokardida tugun hamda tutamlar hosil qiladi. O‘tkazuvchi sistema qo‘zg‘alishni sinus tugunidan yurakning barcha muskul hujayralariga o‘tkazadi. Sinus tuguni o‘ng bo‘lmacha devorida joylashgan maxsus to‘qimadan paydo bo‘lgan. Bu yerda ro‘y bergan qo‘zg‘alish uchta o‘tkazuvchi tutam tolalari orqali bo‘lmachaga va o‘ng bo‘lmacha bilan qorincha o‘rtasida joylashgan boshqa tugunchaga tarqaladi. Ana o‘sha tugunchadan Gis tutami boshlanadi. Bu tutam qorinchalararo to‘siqdan o‘ta turib, o‘ziga tegishli qorinchalarga boruvchi chap va o‘ng oyoqchalarga ajraladi. Oyoqchalar juda keng maxsus hujayralar bilan tugallanadi. Ulardan qo‘zg‘alish bevosita qisqaruvchi hujayralarga o‘tadi.

Yurakning tomir sistemasi ikkita toj (koronar) arteriyalar va ular bilan birga boradigan venalardan iborat. Almashinuv jarayonining intensivligi tufayli yurakda kapillarlar juda ko‘p bo‘lib, har bir muskul tolasiga bitta kapillar to‘g‘ri keladi. Yurak faoliyatini nerv sistemasi rostlab turadi. Yurakka adashgan va simpatik nervlardan tolalar keladi (15-rasm).

Qo‘zg‘aluvchanlik, avtomatizm, o‘tkazuvchanlik va qisqa- ruvchanlik miokardning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Miokardning hamma hujayralari qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatiga ega. Avtomatizm xususiyati shundan iboratki, miokardning ba’zi hujayralari o‘z- o‘zidan qisqarish layoqatiga egadir. Sinus tuguni hujayralari 1 minutda eng ko‘p qo‘zg‘aladi va yurakning bir maromda qisqarishini ta’minlaydi. Me’yorda yurak minutiga 60—80 marta qisqaradi. Miokardda impulslarni o‘tkazish, hujayralarning o‘zaro elektro- kimyoviy ta’sirlanishi tufayli amalga oshadi. Buning natijasida impulslar butun miokardga tarqaladi va gavdaning xohlagan joyidan yozib olish mumkin bo‘lgan intensivlikda elektr yurituvchi kuch paydo bo‘ladi.

Yurakning elektr yurituvchi kuchi ta’sir etayotgan vaqtdagi o‘zgarishni aks ettiruvchi egri chiziq elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi (elektrokardiograf yordamida yozib olinadi).

Yurak siklik ravishda ishlaydi. Sinus tugunida impulslar paydo bo‘lgan vaqt siklning boshlanishi hisoblanadi. Bo‘shashgan bo‘l- macha va qorinchalar bu vaqtda qonga to‘lgan bo‘ladi. Impulslar ta’sirida bo‘lmachalar qisqaradi. Natijada, qorinchalarga qo‘shimcha qon oqib keladi, bundan ular ta’sirlanadi. Impulslar tarqalishi bilan bo‘lajak qisqarish to‘lqinlari ham harakat qila boshlaydi (asinxron qisqarish fazasi) qisqarish kuchi ko‘paygan zahoti, qorinchalar bosimi bo‘lmachalar bosimidan oshib ketadi va tavaqali klapanlar yopiladi. Shu ondan izometrik qisqarish fazasi boshlanadi. Bu faza qorinchalar bosimi aorta va yurakdan chiqqan boshqa tomirlardagi bosimdan oshgach, tugaydi va yarimoysimon klapanlar ochiladi.

Keyin qonni haydash fazasi boshlanadi, qon qorinchalardan tomirlarga otilib chiqadi. Izometrik va asinxron qisqarish fazalari va qonni haydash fazasi yurak sistolasini tashkil etadi. Qonni haydash fazasidan keyin yurak bo‘shashib qoladi, tomirlardagi bosim ta’sirida yarimoysimon klapanlar yopiladi, yurakning bo‘shashishi davom etadi. Bu izometrik bo‘shashish fazasi deb ataladi. Qorinchalardagi bosim bo‘lmachalarda shu vaqtda yig‘ilgan qon bosimidan pastga tushganda tavaqali klapanlar ochilib, qorinchalarga qon to‘la boshlaydi. So‘ngra keyingi sikllar boshlanadi. Izometrik bo‘shashish, qorinchalarning qonga to‘lish fazalari va bo‘lmachalar sistolasi yurak diastolasini tashkil etadi.

Yurak-tomir sistemasi:

a—qon tomir sistemasi: 1—oyoq tagidagi vena ravog‘i; 2—katta boldir suyagining orqa venalari; 3—katta boldir suyagining oldingi venalari; 4—taqim venasi; 5—son venasi; 6—katta teriosti venasi; 7—yonboshning tashqi venasi; 8—yonboshning ichki venasi; 9—moyak (jinsiy bez) venasi; 10—kaft-bar- moqlarning o‘z arteriya va venalari; 11—kaftning yuza arteriya ravog‘i; 12—bilak venasi; 13—tirsak venasi; 14—tirsakning o‘rtadagi venasi; 15—o‘ng buyrakning arteriya va venalari; 16—darvoza vena; 17—yelkaning teriosti venasi; 18—yelka venalari; 19—pastki qovaq vena; 20—qo‘ltiq venasi; 21—o‘mrovosti venasi; 22—yelka-bosh venasi; 23—tashqi bo‘yinturuq venasi; 24—ichki bo‘yinturuq venasi; 25—umumiy uyqu arteriyasi; 26—o‘mrovosti arteriyasi; 27—aorta ravog‘i; 28—o‘ng va chap o‘pka arteriyalari; 29—o‘pka dastagi; 30—yelka arteriyasi; 31—me’daning chap arteriyasi va venasi; 32—bilak arteriyasi; 33—tirsak arteriyasi; 34—yonboshning umumiy arteriyasi; 35—yonboshning tashqi arterisi; 36—yonboshning ichki arteriyasi; 37—kaft ustidagi arteriya to‘ri; 38—sonning chuqur arteriyasi; 39—barmoqlarning ustki tomonidagi arteriyalar; 40—son arteriyasi; 41—taqim arteriyasi; 42—orqa katta boldir arteriyasi; 43—oldingi katta boldir arteriyasi; 44—oyoq panjasi ustidagi arteriya; 45—oyoq tagining tashqi arteriyasi; 46—oyoq barmoqlari ustidagi arteriya; 47—oyoq tagining ichki arteriyasi.

b—qon aylanish sxemasi: 1—oyoq kapillarlari to‘ri; 2—buyrak kapillarlari to‘ri; 3—darvoza vena; 4—jigarning kapillar to‘ri; 5—pastki kovak vena; 6—yurakning chap qorinchasi; 7—yurakning o‘ng qorinchasi; 8—o‘ng bo‘lmacha; 9—chap bo‘lmacha; 10—o‘pka stvoli; 11—yuqori kovak vena;12—bosh sohasidagi kapillarlar to‘ri; 13—aorta; 14—o‘pka venalari; 15—qo‘l kapillarlari to‘ri; 16—o‘pka kapillarlari to‘ri; 17—me’da kapillarlari to‘ri; 18—taloq kapillarlari to‘ri; 19—ichaklar kapillarlari to‘ri.

d—yurakning ichki tuzilishi: 1—epikard (seroz parda); 2—o‘ng qorinchaning muskul qavati (miokard); 3—o‘ng qorinchaning so‘rg‘ichsimon muskullari; 4—ichki qavat (endokard); 5—pay iplar; 6—o‘ng bo‘lmacha bilan qorincha teshigini yopadigan uch tavaqali klapan; 7—qorinchalar o‘rtasidagi devorchaning pardali qismi; 8—o‘ng bo‘lmacha; 9—o‘ng bo‘lmachaning muskul qavati; 10—yuqori kovak vena; 11—aortaning yarimoysimon klapanlari; 12—aorta (ko‘tariluvchi qismi); 13—yelka-bosh stvoli; 14—chap umumiy uyqu arteriyasi; 15—chap o‘mrovosti arteriyasi; 16—aorta ravog‘i;17—o‘ng o‘pka arteriyasi; 18—chap o‘pka arteriyasi; 19—o‘pka stvoli; 20—chap o‘pka venalari; 21—chap bo‘lmacha; 22—chap bo‘lmacha bilan qorincha teshigini yopadigan ikki tavaqali (mitral) klapan; 23—pay iplar; 24—chap qorinchaning so‘rg‘ichsimon muskullari; 25—chap qorinchaning muskul qavati (miokard); 26—qorinchalar o‘rtasidagi devorchaning muskulli qismi; 27—etli to‘sinchalar; 28—yurak cho‘qqisi

e—yurak va yirik tomirlar klapanlari (bo‘lmachalar kesib olingandan keyin yuqoridan ko‘rinishi): 1—ikki tavaqali (mitral) klapan; 2—chap bo‘lmacha- qorincha teshigi; 3—aorta klapanining yarimoysimon qopqog‘i; 4—o‘pka stvoli klapanining yarimoysimon qopqog‘i; 5—o‘pka stvolining teshigi; 6—aorta teshigi; 7—o‘ng bo‘lmacha-qorincha teshigi; 8—pay halqa; 9—uch tavaqali klapan; 10—muskul qavati (miokard).

f—yurakni qon bilan ta’minlaydigan tomirlar: 1—yurakning oldingi venalari;2—oldingi toj (koronar) arteriya; 3—yurakning o‘ng quloqchasi; 4—yuqori kovak vena; 5—o‘ng bo‘lmacha; 6—chap bo‘lmacha; 7—chap o‘pka venalari; 8—aorta; 9—yurakning chap quloqchasi; 10—chap toj (koronar) atreriya;11—yurakning o‘ng venasi; 12—o‘pka stvoli; 13—chap toj arteriyasining qorinchalararo oldingi tarmog‘i; 14—chap qorincha; 15—yurak cho‘qqisi;1.o‘ng qorincha.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 5836 | Рейтинг: 4.2/4
Всего комментариев: 0
avatar