Главная » Статьи » Tibbiyot

Zararli odatlar kashandalik, spirtli ichimliklar

Tamaki chekish zararli odatlardan biri bo`lib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutunining tarkibida 3000 dan ko`proq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir ko`rsatadi. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim organlarni kislorod bilan normal ta‘minlanishini buzib, bosh og`rig`i, yurakni sanchish    holatlarini yuzaga  keltiradi.

Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan ko`proq kimyoviy modda bor. Shuning uchun ham chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga nisbatan rak kasalligi 20marta ko`p uchraydi. Ugtka raki bilan kasallanganlarni 95 foizi tamaki chekuvchilardir. Tamaki tutuny tarkibidagi kimyoviy moddalar rak kasalligidan tashqari, juda ko`p kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchidir. Jumladan, gipertoniya, yurakning ishemik va miokard infarkt kasalliklari, surunkali bronxit va o`pka enfizemasi, surunkali gastrit, me`daning yara kasalligi, allergiya va boshqa kasalliklar. Eng xavfli xastaliklardan biri bo`lgan yurakning miokard infarkti chekuvchilarda, chekmaydiganlarga nisbatan 12marta ko`p uchraydi. Amerikalik olimlarning ma‘lumotiga ko`ra, yurak kasalligi natijasida o`lganlarning o`rtacha yoshi chekmaydiganlarda 67 bo`lgan bo`lsa, chekuvchilarda 47 yoshni tashkil qilgan. Ko`rinib turibdiki, chekish kishi umrini 20yilga qisqartirar ekan.

Xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotining ma‘lumotiga ko`ra, har yili dunyoda chekish oqibatida yuzaga kelgan kasalliklardan 2,5 million kishi yoshlik chog`idayoq hayotdan ko`z yumadi.

Tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy chikuvchining jinsiy organlarini zararlab, uning bolalarida nasl kasalliklarni yuzaga keltirish mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan. Bunday bolalarni ayniqsa aqlni faoliyati kuchsiz  rivojlanishi   aniqlangan.

Chekuvchi o`zining organizmini zaharlashdan tashqari, u atrofdagilar sog`ligi uchun ham katta ziyon yetkazadi. Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof muhit havosini zaharlaydi va havo bilan atrofdagi kishilarning nafas organlariga kiradi.

Kuzatishlarning aniqlashicha, chekuvchilarning xotinlari chekmaydiganlarning xotinlariga nisbatan o`rtacha to`rt yil kam umr ko`rar ekan. Ular ayniqsa rak, gipertoniya, yurak va o`pka kasalliklari bilan ko`proq kasallanadi. Sigaretaning tutunidagi zaharli moddalar ayniqsa homilador ayol organizmiga katta zarar yetkazadi. Chunonchi, bu moddalar ayolning ichki sekretsiya bezlarini zaharlashi natijasida ulardan homilani normal o`sishi uchun zarur bo`lgan garmonlarning ajralishi kamayadi.Bundan tashqari, homylador ayolning nafas organlariga kirgan zaharli moddalar o`ning qonga, undan esa bachadon orqali bolaning qoniga 'o`tadi va uning miyasini, yuragini, jigarini zaharlaydi.Binobarin, bunday bolalar kasalmand bo`lib tug`iladilar. Ularning organizmi tug`ilganda kuchsiz bo`lgani sababli turli xil kasalliklarga ko`proq beriluvchandir.

Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zaharlangan havodan nafas olganligi tufayli, ular nafas organlarining yallig`lanishi, ayniqsa astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklarga beriluvchan bo`ladilar. Bu bolalarning organizmi sigaret tutunidagi kimyoviy moddalardan doimiy ravishda zaharlanib turganligi uchun, ularda har qanday kasallik ham og`ir o`tadi va uzoq davom etadi, tez-tez qaytalanadi.

Vrachlarning kuzatishlariga ko`ra chekuvchi oilasida yashovchi bolalarning nafas organlarning surunkali astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklari otasi uzoq muddatga biror sayohatga, ta‘tilga ketgan paytlari qo`zg`almas ekan, ya‘ni bolalar o`zlarini yaxshi sezadilar. Otasi uyga qaytib kelishi bilanoq 2-3 kun ichida ularning kasalligi qo`zg`alib qolgani ma‘lum bo`lgan.

Sigaretaning tutuni tarkibidagi zaharli moddalar emizuvchi onaning ko`krak sutini kamaytiradi. Natijada bolani boshqa ovqatla rbilan ovqatlantirish zaruriyati yuzaga keladi. Shuning uchun   ham chekuvchilar oilasidagi yosh bolalarning ko`pchiligi ona suti yetishmasligi  sababidan sun‘iy  ovqatlanishiga majbur bo`ladilar.Katta yoshdagi chekuvchilar yoshlarga, ayniqsa, o`smirlarga, zararli «o`rnak» bo`lib hisoblanadilar. Chunki, bolalar va o`smirlar kundalik hayotlarida asosan kattalardan o`rnak oladilar. Ular tezroq kattalar safiga qo`shilib, mustaqil bo`lish uchun kattalarning qiliqlarini, odatlarini o`zlariga  o`zlashtiradilar,  takrorlaydilar. Shuning uchun ham qo`liga sigaret ushlagan o`smirlarning 60foizidan ko`prog`i chekuvchilar oilasidandirlar.

Chekishning iqtisodiy zarari ham katta. Chekuvchilarning ko`pchiligi tez-tez kasal bo`lib turganligi sababli ularning ishga chiqmaydigan kunlari ko`p bo`ladi. Ish kuni davomida chekish uchun talaygina vaqt sarflaydilar. Ularning kasalligini davolash uchun dori-darmonlar sarflanadi. Davolashda xizmat qilgani uchun meditsina xodimlari maosh oladilar. Bularning hammasi davlat iqtisodiyotiga ma`lum darajada zarar yetkazadi.

Bundan tashqari,chekuvchi o`z oilasining iqtisodiyotiga ham zarar yetkazadi. Agar har kuni bir quti sigareta cheksa, sigaretaning turiga qarab bir yilda u 2000—5000 so`mgacha va undan ko`proq pul sarflaydi. Chekishning zararli oqibatlari chekuvchilarning o`zining sog`lig`iga, ularning oila-a‘zolarining sog`lig`iga, ishlab chiqarish jarayoniga, yoshlar tarbiyasiga, davlat va oila iqtisodiyotiga tobora ortib borayotganligi uchun keyingi yillarda jahonning barcha mamlakatlarida bu ijtimoiy-illatga qarshi kurash kuchaytirilmoqda.

Chunonchi, Amerikaning rak kasalliklari bo`yyacha prezidentlik kengashi, o`pkani rak kasalligning yuzaga kiltiruvchi asosiy sabablaridan biri bo`lgan chekishni 2000 yilda ancha qisqartirish to`g`risida xalqqa murojaatnomya qabul qildi.AQSHning ko`pgina firmalarida chekmaydigan va chekishni tashlangan ishlovchilarga, chekayotganlarga nisbatan ish haqi anchagina   ko`proq  to`lanishi  joriy  etilgan,

Belgiyada ishlab chiqarish va jamoatchilik joylarida chekkan kishilarga 300 dollar jarima to`latadilar, Fransiya olimlari  keynigi  yilllarda   chekishga  qarshi  ko`rashni  kengaytarish,  ayniqsa maktab o`quvchilari o`rtasida tarbiyaviy tushuntirish ishlariga e‘tiborni oshrish   masalalarini hukumat   oldiga   keskin   qo`ymoqdalar.

Bizning mamlakatimizda ham chekish illatiga qarshi tadbirlar kun sayin kuchaytirilmoqda. Ayniqsa, bolalar  va o`smirlarga chekishning zararli oqibatlarini har tomonlama tushuntirish  ishlari   keng ko`lamda  olib    borilmoqda va o`zining  ijobiy  natijalarini  bermoqda.O`zbekistonda yoshlar orasida zararli odatlarga nisbatan ancha kam.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (01.08.2016)
Просмотров: 4060 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar