Главная » Статьи » Turli mavzular

20 yoshlarda qilish kerak bo`lgan 13 muhim narsa

 

 

 

 

 

1. KIRISHIMLI BO’LING. Odamlar bilan tez til topishib, yaxshi aloqalar o’rnatishga urining. Bu imkoniyat aynan sizning hayotingiz va karierangiz uchun foydalidir. “Ko’prik”larni imkon boricha ko’proq quring, qachondir ularni kesib o’tishingizga to’g’ri keladi.

2. KO'P O'QING. O'qishdan-da foydaliroq narsa bo’lmasa kerak. O’zingiz uchun foydali deb hisoblagan barcha narsani – kitob, yangiliklar, maslaharlarni o’qing. O'qish orqali atrofingizdagi odamlar, o'zingiz, dunyo haqida va muvafaqiyatga oson erishish yo'llari haqida mulohaza qila olasiz. O’qish sizga aql ravonligi va fikrlar xilma-xilligiga erishishingizni ta'minlaydi.

3. SOG’LIGINGIZ UCHUN E'TIBORLI BO'LING. Erta tongda yugurish, kundalik sport mashg'ulotlari uchun vaqt ajrating va gigiyeniyaga muhim ahamiyat bering. Umuman sog'liq uchun qayg'urish bu yosh o'tib borgani sari qo'llanadi degani emas, siz bunga yoshligingizdan amal qilsangiz bundan mamnun bo'lasiz. Qiladigan ishingizni alishtira olasiz, ammo sog’lom tanani hech qachon topa olmaysiz.

4.VAQTINGIZNI VA PULINGIZNI BILIM OLISHGA SARFLANG. Ta'lim, bilim olish bu eng qimmatli va foydali manbadir, unga sarflagan vaqtingiz va pulingiz uchun hech qachon afsuslanmaysiz. Dunyo qarashingini va fikrlashingizni kengaytirishga sarflangan pul va vaqt kelajagingiz va kasbingiz uchun albatta oz qotadi.

5. O'Z AQLIY FAOLIYATINGIZGA E'TIBORLI BO'LING. Sizning aqliy sog'ligingiz juda ham muhim, unga e'tibor qaratish uchun vaqt ajratishni unutmasligingiz kerak.Uni rag'batlanturib turing, ko'p zo'riqtirmang va asosiysi kun davomida siz undan kun tavomida qanday to'g'ri foydalanishni taqsimlang va o'zingizga g'amxo'rlik qiling.

6.YANGI QOBILIYATLARINGIZNI KASHF QILING. Siz o'z qiziqish va jo'shqinligingizni namoyish qildigan yangi qobilyatlarni o’rganing va bu sizga juda yaxshi natija beradi.

7. YAXSHI ODATLARNI SHAKILLANTIRING. Yaxshi odatlarni shakllantirishning eng qiyin qismi bu ularni boshlab olishdir. Ammo ularga ega bo’lganingizdan so’ng ularni hayotingizdagi ijobiy ta’siri judayam katta bo’ladi.

8. KO’PLAB DO’STONA ALOQALAR O’RNATING. Hozirgi ayni vaqtda haqiqiy do'stlar orttirishingiz vaqti va ular sizni hayotingizda to'g'ri yo'nalishiga ta'sir qiluvchi bo'lishlari mumkin. Siz aynan o'smir yoshdasiz bu payt sizni kelajagingizga salbiy ta’sir etadigan “do’stlar”dan yaxshisi uzoqroq yurganingiz ma’qul.

9.TO'G'RI OVQATLANING. Ovqatlanishning to'g'ri tartibi bo'yicha unga vaqt ajrating va va oziq ovqatlarning sog'lom retsepti bo'yicha bilimga ega bo'ling va ularni doimiy ovqatkanish tartibida qo'llang. Chipslar turli tez tayyor bo'luvchi taomlar va sodalarni siz o'tgan kunlaringizda qoldiring va endilikda siz kelajak hayotingizni saqlash uchun biroz urining bunga vaqt ajrating va keyinchalik siz o'zingizdagi kuch- quvvat, sog'lom tana va yoshlikdagidek ko'rinish uchun o'zingizga raxmat aytasiz.

10. O'Z SARMOYANGIZNI TO'G'RI TAQSIMLANG. Siz har doim bemalol o'z vaqtingizni qizg'anmay hisoblab chiqing ya'ni sarflayotgan pullaringizni, nima uchun sarflayotganingizni va sizning keyingi xarajatlaringizni biling. "Agar siz o'z mablag'laringizni bugundan boshlab tejashni boshlasangiz, keyin ular siz muhtoj bo'lganingizda sizga oz qotadi. Qariganingizda, kasal bo'lganingizda va bolalaringizni maktabga yuborishda kabilarda sizga yordam beradi.

11.SAYOHAT QILISH. Aynan yigirma yoshlarda kuch-quvvatingiz va o'zgaruvchanlikka bo'lgan sizning hissiyotlaringiz shakillanadi va siz o'z vaqtida ularga erkinlik yarating. Siz uni hayotingizda tajriba qiling, turli davlatlar, turli madaniyatlar va turlicha inson haqidagi ko'nikmaga ega bo'lasiz. Shuningdek ushbu joylarga borish davomida nimalarni o'zingiz bilan olishingiz va u yerdan uyingizga qaytishda qanday narsalarni keltirish haqidagi ko'nikmalarga ega bo'lasiz.

12. YAQINLARINGIZ BILAN KO’PROQ VAQT O’TKAZING. Tug'ilgan kun, bayramlar va muhim voqealar haqida eslashga urinib ko'ring. Sizning oilangiz, yaqin do'stlaringiz hatti harakatlaringizni doim qo'llab turishadi agar siz bunga muhtojlik sezsangiz, lekin siz samimiylikni o'zingiz bildirishingiz kerak. Kichkinagina im- ishora ham sizning ushbu odam haqida o'ylashingizni bildiradi ya’ni siz uzoq sevgan inson haqida, va shuningdek siz o'zingizni besh daqiqa vaqtingizni unga email yozish yoki u bilan skype orqali so'zlashishni tashkillatishga sarflang va siz bundan keyin afsuslanmaysiz.

13.HAYOTDAN ASLIDA NIMANI HOHLASHINGIZNI BILING. Siz 20 yoshlarda hamma narsa haqida o'ylash va ma'lumotlarga ega bo'la olish bu juda oson, keyinchalik esa odamlar hatto o'tirgan holda bemalol o'zlari hohlagan narsalar haqida o'ylasalar ham ularni unitib qo'yishadi. Xushyorlik va ziyraklik orqali siz dunyodagi barcha narsalarni tushuna oling. Faqatgina tashqi dunyo emas balki o'z o'ylaringizni ham. Ba'zan vaqtingizni yolg'izlikda o'tkazing va bu sizga o'zingizni yaxshi tushuna olishingiz uchun eng to'g'ri yo'l hisoblanadi. O'zingiz yoqtirgan ishlaringiz uchun ham vaqtingizni bir qolipda taqsimlang va bularni amalga oshirish uchun o'z rejalaringiz xaritasini tuzing!

Manba: http://milliard.uz/view.php?id=261&menu=6

 

 

 

 

 

 

 

 

Категория: Turli mavzular | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 1343 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar