Главная » Статьи » Tibbiyot

В категории материалов: 77
Показано материалов: 11-20
Страницы: « 1 2 3 4 ... 7 8 »

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам

Bronxial astma infeksion, allergik kasallik bo‘lib, bronxlar muskulaturasi tortishib, qisqarishi natijasida odamning birdan nafasi qisib, bo‘g‘ilib qolishi, keyin yo‘talib yopishqoq balg‘am tashlashi bilan xarakterlanadi. Nafas chiqishining qiyinlashishi bu xurujning xarakterli xususiyatidir. Bu xurujlar o‘z-o‘zidan qaytalaydi. Ba’zi bemorlarda ular yilning ma’lum davrida paydo bo‘ladi. Xuruj soni turlicha bo‘ladi. Sutka davomida bir necha martadan bir necha kun, hatto hafta davomida bir-ikki martagacha.

Tibbiyot | Просмотров: 2227 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

O‘tkir pnevmoniyalar — zotiljam (krupoz), asosan, o‘pka alveolalari, oraliq to‘qimasi va tomirlar sistemasining (ya’ni o‘pka to‘qimasidagi o‘tkir yallig‘lanish jarayoni) o‘tkir yallig‘lanish kasalligidir. U erkaklarda ayollarga nisbatan taxminan 1,5 marta ko‘p uchraydi...

Tibbiyot | Просмотров: 1135 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

Etiologiyasi. Surunkali bronxit, ko‘pincha o‘z vaqtida davo qilinmagan va davosi oxirigacha olib borilmagan o‘tkir bronxitning oqibati hisoblanadi. Surunkali bronxit kelib chiqishida chekish, sovqotish, zararli bo‘g‘lar, gazlar, kimyoviy moddalar, sanoat korxonalaridan chiqadigan har xil zararli omillar, shuningdek, o‘pka va yurak hamda 

Tibbiyot | Просмотров: 8528 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

O‘choqli pnevmoniya yoki bronxopnevmoniya, o‘pkaning bir bo‘lagi, ba’zan undan ham kam qismining yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Yallig‘lanish o‘choqlari ko‘p bo‘lib, bir yoki har ikkala o‘pkada paydo bo‘lishi mumkin. Yallig‘lanish jarayonining, odatda, bronxit shaklida bronxlarda boshlanishi, so‘ng o‘pkaning bir yoki bir necha bo‘lagini qoplab, alveolar to‘qimaga o‘tishi bu kasallik uchun xosdir.

Tibbiyot | Просмотров: 5626 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

Plevrit — plevral varaqlar yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Har ikki o‘pka tashqi tomonida visseral plevra, u bilan ko‘krak qafasining ichki yuzasini qoplab turgan paretal plevra, ko‘ks oralig‘ining bir qismi va diafragmaning yuqori sathi orasida esa berk bo‘shliq — plevra bo‘shlig‘i bo‘lib, patologik holatlarda bu yerda suyuqlik to‘planadi. Quruq va ekssudativ (ho‘l) plevritlar farqlanadi.

 
Tibbiyot | Просмотров: 1211 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

Tibbiyot | Просмотров: 1471 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

Davolash. Pnevmoniyalarni davolash infeksiyaga qarshi kurashishdan boshlanadi. Shu maqsadda antibiotiklar (ampitsillin, oksatsillin, gentamitsin, neomitsin) va sulfanilamid preparatlari, sefalosporinlar (kefzol, sefozolin, seftriakson, subazon) buyuriladi.Balg‘am ko‘chiruvchi vositalardan (bronxolitin, pertussin, teofedrin, mukaltin, termopsis o‘ti damlamasi), yo‘talga qarshi dorilar (bromgeksin, tusupreks, libeksin, falimint, stoptussin, ambrobene) beriladi. 

Tibbiyot | Просмотров: 1392 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

Klinikasi. Ekssudativ plevrit bilan og‘rigan kasallar nafas olish vaqtida og‘riq turishi, quruq hamda og‘riqqa sabab bo‘ladigan yo‘tal, isitma, darmon qurishidan noliydi. Kasallik ko‘pincha et uvushishi va haroratning yuqori ko‘tarilishi bilan birdan boshlanadi. 

 
Tibbiyot | Просмотров: 4418 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

Nafas olish a’zolari kasalliklarining asosiy alomatlariga nafas qisishi, yo‘tal, balg‘am ajralishi, qon tupurish va og‘riq kiradi.Nafas qisishi. Dispnoe, nafas chastotasi, ritm va chuqurligining buzilishi, odatda, havo yetishmasligi bilan o‘tadi. O‘pkadan bo‘ladigan nafas qisishi ko‘krak qafasi shikastlanganda, o‘pka kuchli zaharlanganda, o‘pka yallig‘langanda, sil, bronxial astma, o‘pka emfizemasi, nafas yo‘llarida havo o‘tishi uchun qarshilik paydo bo‘lishi, o‘pka to‘qimasi elastikligining kamayishi yoki nafas yuzasining qisqarishi

Tibbiyot | Просмотров: 8952 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

O‘pka abssessi deb, o‘pka to‘qimasining chegaralanishiga moyil bo‘lgan yiringli chirishiga aytiladi.O‘pka gangrenasi deb, o‘pka to‘qimasining chegaralanmay yiringli chirishiga aytiladi.Etiologiyasi. O‘pka abssessini, asosan, streptokokklar, sta- filokokklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, Fridlender tayoq- chasi, ichak tayoqchasi, viruslar, bakteriyalar keltirib chiqargan o‘choqli zotiljamdan keyin rivojlanadi.

Tibbiyot | Просмотров: 9478 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 17.05.2016

1-10 11-20 21-30 31-40 ... 61-70 71-77