Главная » Статьи » Avtoolam

Avtomobil gaz ballonli uskunalarining o'rnatilishi va tuzilishi

Bugungi kunda avtomobillarni gaz bilan ishlashga o'tkazish uchun 4 ta avlod uskunalari mavjud (hozirgi kunda 5-avlodi sinab ko'rilmoqda). Bulardan eng ko'p tarqalgani II va IV avlod gaz ballonli uskunalar hisoblanadi. І avlod  gaz ballonli uskunalarning ishlash prinsipi quyidagi ketma ketlikda bo'ladi.Gaz balloni 200 atm bosim ostida metan bilan to'ldiriladi va u po'lat quvurcha orqali reduktor bilan ulangan. Reduktorda gaz 1 atm gacha kamayib aralashtirgichga va yonish kamerasiga keladi. Aralashtirgichdan oldin bosimni mexanik rostlagich o'rnatilgan . “Benzin-gaz” qo'shgichi ikkita elektromagnit klapanni ajratib qo'shadi.

1- rasm. І avlod  gaz ballonli uskunalarning o'rnatilishi sxemasi.

1-gaz ballon; 2-yonilg'i quyish uzeli; 3- metall gaz quvur; 4- elektromanit klapan;

 5- quvvat registri; 6-reduktor; 7-aralashtirgich; 8-yonilg'i turini qo'shgich

Siqilgan gaz bosim ostida ballon 1 dan yuqori bosimli gaz magistrali 3 ga keladi. Ballondan kelayotgan gaz sarfi multiklapan 2 orqali amalga oshiriladi va bu klapan orqali yonilg'i quyish qurimasi 4 yordamida yonilg'i ham quyiladi. Ballondan chiqayotgan gaz gaz magistrali orqali gaz klapan-filtr 5 ga keladi va u erda gazning tarkibidagi har xil qo'shimchalar va smolalar qoldiqlaridan tozalanadi. Shuningdek klapan-filtr dvigatel ishlashi to'xtaganda va benzinga ishlayotganda kelayotgan gazni yopadi.

         Keyinchalik tozalangan gaz quvurlar bo'ylab ikki bosqichli reduktor-bo'g'latgich 6 ning birinchi bosqichiga kiradi. Bu erda gaz bosimi 0,2 MPa gacha kamayadi va keyin ikkinchi bosqichga o'tib gazning bosimi atmosfera bosimi qiymatigacha kamayadi. Reduktor va bo'g'latgich hamda sovutuvchi suyuqliklar hisobiga gaz suyuq fazadan gazsimon holatga o'tadi.

         Avtomobil dvigatelining ishlashi bilan kirish kollektorida hosil bo'ladigan so'rish tasirida reduktor-bo'g'latgich ikkinchi bosqichidan gaz dozalash qurilmasiga keladi. Keyinchalik kichik bosimli shlang bo'ylab oqib dozator 7 orqali havo filtri va karbyurator drosselioralig'iga o'rnatilgan aralashtirgich 8 ga keladi. Dvigatelning gaz yoki benzin rejilarida ishlashini boshqarish asboblar joylashgan panelda o'rnatilgan yonilg'i turini qo'shgich 10 yordamida amalga oshiriladi. “Gaz” pozisiyasi tanlanganda elektromagnit gaz klapani 5 da kuchlanish pasayadi va elektromagnit benzin klapanini yopadi. Va, aksincha, gazdan benzinga o'tishda qo'shgich gaz klapanini yopadi va benzin klapanini ochadi. Yorug'lik diodlari yordamida dvigatel qanday yonilg'iga ishlayotganini nazorat qilib turiladi. Shuningdek qo'shgich gaz aralashmasini boyitishni boshqaruvchi maxsus tugmachaga ham ega.

ІІІ avlod  (lambda-nazorat tizimi) sxemasida ІІ avlod uskunalari ishlash prinsipi saqlangan bo'lib, undan farqi quvvat registri dvigatel chiqish kollektorida lambda-zond ko'rsatkichlari asoslarida elektron sxema orqali boshqariladi. Bu orqali dvigatelning joriy ishlash rejimi uchun yonish kamerasidagi aralashmaning maqbul tarkibi avtomatik ravishda rostlanadi. Bu esa yonilg'ini tejash imkonini beradi va quvvatning yuqolishini kamaytiradi. Lambda-nazorat tizimi lambda-zond bilan jihozlangan injektorli avtomobillarda qo'llaniladi.

Avtomobillar uchun gaz ballonli uskunalar IV avlodi sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Bu turdagi gaz ballonli uskunalar gazni taqsimlab tarqatishga konstruktsiya qilingan.   

Gazni taqsimlab purkash har bir silindrga alohida forsunkalar orqali zaruriy miqdordagi gazni uzatish ketma-ket purkash prinsipiga asoslangan. Bunda avtomobil dvigatelini ishga tushirish benzin yordamida amalga oshiriladi. Dvigatel ishga tushirilgandan keyin gaz rejimiga o'tish qo'shgich orqali amalga oshiriladi.

 Bosim ostida ballonda bo'lgan siqilgan gaz tarkibi va atrof muhit haroratiga bog'liq ravishda reduktorda bo'g'lanadi. Bunda chiqishdagi bosim kirish kolleкtoridagi bosimga ko'ra 0,95 bar yuqori bo'ladi. Dvigatel harorati  gazni qo'shish uchun etarlicha isiganda multiklapan va reduktor-bo'g'latgichlardagi elektroklapanlar ochiladi va bu holatda qo'shgich orqali yonig'i turini nazorat qilish va tanlash imkonito'g'iladi.

Gaz ballonli uskunalar jamlanmasi asosiy uzellari quyidagilar hisoblanadi.

1. Reduktor-bo'g'latgich. Yonilg'i aralashmasini isitish, uni bo'g'latish va bosimni atmosfera bosimiga yaqin qiymatlargacha pasaytirish uchun xizmat qiladi.

2. Gaz  reduktori. Gaz reduktori bir, ikki, uch bosqichli qilib ishlab chiqariladi. Avtomomobillar-da asosan ikki bosqichli gaz reduktorlar qo'llaniladi 

3.Dozalash qurilmalari. Gazlarni dozalash va gaz havo aralashma sifatini ta'minlab berish uchun xizmat qiladi. Dvigatelnng ishlash rejimini o'rnatadi

4.Gaz aralashtirgichlar. Ishchi aralashmalarni tayyorlash va ularni uzatishni rostlash, hamda dvigatel ish rejimiga bog'liq ravishda gaz aralashmasini uzatish uchun xizmat qiladi.

5. Elektro-magnit gaz klapani. Gaz magistralini avtomobil to'xtab turgandayoki dvigatel benzinga ishlagan-da yopish uchun xizmat qiladi. Yonilg'i aralashmasini tozalash uchun filtr bilan jihozlangan.

6. Elektro-magnit benzin klapani. Karbyuratorli dvigatellarda gaz bilan ishlashda benzin kelishini yopadi. Injek-torli avtomobillarda uning funksiyasini forsunka emulyatori bajaradi. 

7.. Yonilg'i turini qo'shgich.  Avtomobil saloniga o’rnatiladi. “Benzin yoki gaz” ga qo’shish ishlari bajariladi.

8. Multiklapan. Ballon bo'g'ziga o'rnatiladi. Zapravka qiladigan, sarf klapanlarni, gaz sathini ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi

9. Ventquti. Ballon bo'g'ziga o'rnatiladi. Ichiga multiklapan joylashtiriladi. Gaz chiqqanda ventquti ballondan uning bo'g'larini bagajdan tashqariga olib chiqib ketadi. 

10. . Quyish qurilmalari. Yonilg'i quyish paytida quyish shlangini gaz balloni bilan bog'laydi. Odatda orqa bamperdan qo'yiladi. 

11. . Gaz ballonlari. Siqilgan gazlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Silindrik va toroid ko'rinishlarda bo'ladi. Texnika havfsizligiga ko'ra to'liq hajmining 80% dan ortiq bo'lmagan holda to'ldiriladi. Propan-butan va metanli gazlar uchun alohida-alohida bajarilishlarda ishlab chiqariladi.

12.Uzatuvchi po'lat quvurlar Yuqori bosimli gazni gaz reduktoridan past bosimli reduktorgacha uzatish uchun xizmat qiladi.

Категория: Avtoolam | Добавил: azizjon_ibragimov (20.04.2016)
Просмотров: 4635 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar