Главная » Статьи » Iqtisod va Moliya

В категории материалов: 142
Показано материалов: 1-10
Страницы: 1 2 3 ... 14 15 »

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам

Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyatini tasavvurga sig’dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga bog’liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o’lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so’zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq kirib kelgan so’zlar qatoridan joy oldi.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 8218 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Bizni o'rab turgan borliqni o'rganish usullari fanning uslubiyotini tashkil etadi. Boshqa fanlar kabi «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining uslubiy asosini ilmiy tafakkurning dialektika usuli tashkil etadi. Dialektik usul hamma hodisalar va jarayonlar doimiy o'zgarishda va ozaro bog'liqlikda rivojlanadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi deb tushuntiradi. Dialektik usul rivojlanish jarayonini oddiy o'sish jarayoni deb emas, balki oddiylikdan murakkablikka, miqdor o'zgarishlaridan sifat o'zgarishlariga o'sib o'tuvchi murakkab jarayon deb baholaydi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, korxonaning hozirgi darajasi mutlaq emasligini, ma’lum sharoitlar o'zgarishi bilan o'zgarib turishi, hamma ishlab chiqarish tarmoqlari va omillari ozaro bogliqlikda harakatlanishini tushunib yetishi kerak. Masalan, chorvachilik tarmog'i dehqonchilikka bevosita bog'liqligini, o'z navbatida chorvachilik tarmog'i dehqonchilik tarmog'ining rivojlanishiga ta’sir etishini tushunib yetish lozim.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 3735 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Qishloq xo’jaligi asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi mahsulotlar etishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Korxonalar, birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika) miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni amalga oshirish zarur.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 5970 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. 

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 9986 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda. Bu haqda respublika 1-Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma Majlisidagi ma’ruzasida quyidagi fikrlarini bildirganlar. “Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi... Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o’ajmi o’tgan yili 10,1 foizga oshdi... Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o’zgarmoqda, fermerlik qishloqda xo’jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o’rinni egallamoqda- deb yakun yasagan. Lekin, erishilgan natijalar hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondiraolmaydi. Shuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan “bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish” asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Yeng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizasiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 4377 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Иқтисодий назарияда кўпинча иқтисодий тизим тушунчасини ишлаб чиқарувчи кучларнинг ривожланиш даражаси билан боғлаб туркумлашга ҳаракат қилинади. Шу асосда дунёдаги ривожланган мамлакатлар иқтисодий тизимининг учта нусхасига киритилади: анъанавий иқтисодиёт, маъмурий буйруқбозлик иқтисодиёти ва бозор иқтисодиёти тизимлари.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 4077 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 18.07.2016

Хусусийлаштиришнинг усуллари ҳам турли-туман бўлиб, уларни 3 гуруҳга ажратиш мумкин: 1) давлат мулкини бепул бўлиб бериш орқали хусусийлаштириш; 2) давлат мулкини сотиш орқали хусусийлаштириш; 3) давлат мулкини бепул бўлиб бериш ҳамда сотишни уйғунлаштириш орқали хусусийлаштириш.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 1796 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 18.07.2016

Кишилик жамияти ишлаб чиқариш муносабатлари ва ишлаб чиқарувчи кучларнинг ўзаро бирлиги ва зиддияти асосида тараққий этиб бориб, унинг турли босқичларига ўзига хос бўлган иқтисодий тизимлар мувофиқ келади. Инсоният тараққиёти босқичлари ва ҳар бир босқичга хос бўлган иқтисодий тизимларни ўрганиш иқтисодий жараёнларни, уларни ўзгарувчан эканлигини билишда муҳим аҳамиятга эгадир.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 2052 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 18.07.2016

Иқтисодий ислоҳотларни амалга оширишнинг биринчи босқичи натижасида кичик хусусийлаштириш амалда тугалланди, давлат мулкини бошқариш ва уни мулкчиликнинг бошқа шаклларига айлантириш учун керак бўлган муассасалар тизими вужудга келтирилди.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 1463 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 18.07.2016

Жамият ривожининг ҳозирги босқичида мулкчилик муносабатлари ўз ичига давлат мулкини, ишлаб чиқариш, хизмат кўрсатиш ва матлубот соҳаларидаги жамоа мулкининг хилма-хил турларини, ижтимоий ташкилотлар мулкини, уй хўжалиги ва шахсий томорқа хўжалиги ҳамда якка тартибдаги меҳнат фаолияти билан боғлиқ бўлган меҳнаткашларнинг шахсий мулкини, ташқи иқтисодий муносабатлар соҳасидаги аралаш мулк шаклларини ва хусусий мулкларни олади.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 3450 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 18.07.2016

1-10 11-20 21-30 ... 131-140 141-142