Главная » Статьи » Avtoolam |
Avtomobil transporti davlat iqtisodiyotini muvaffaqiyatli rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlarning muhim tarkibiy qismidan biridir. Avtomobil transporti nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ham ega. Avtomobil transporti o’z vazifalarni bajarishda o’ziga xos fazilatlarni ishga soladi: • yuklarni aniq grafik bo’yicha yetkazib berish imkoniyati; • yuklarni yuqori tezlik bilan tashish; bu esa aylanma mablag’larga talabni kamaytiradi va kapital aylanishini tezlashtiradi; • yuklarni iste’molchining talabiga binoan mayda partiyalarda yetkazib berish imkoniyati; • yuklarni tashishda tezkorlik. Avtotransport kompleksini takomillashtirish transport xarajatlarini pasaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishga zamin yaratadi. Iqtisodiy munosabatlar bilan avtotransport kompleksining boshqarish va yo’naltirish tizimini izchil takomillashtirish hamda avtomobil transporti faoliyati va transport turlarining o’zaro munosabatlari, undagi innovatsiya va invetsitsiya siyosatini jadallashtirishni ta’minlaydigan me’yoriy-xuquqiy bazani tobora takomillashtirish sodir bo’lmoqda. Avtotransport kompleksini boshqarish va yo’naltirish tizimini iqtisodiy munosabatlar bilan ischil takomillashtirish hamda avtomobil transporti faoliyati va transport turlarining o’zaro munosabatlari, undagi inovastiya va investistiya siyosatini jadallashtirishni ta’minlaydigan me’yoriy-huquqiy ba’zani tobora takomillashtirish sodir bo’lmoqda. Yuk oqimlari O’zbekiston Respublikasi orqali o’tishini hisobga oladigan istiqbolli xalqaro transport yo’laklari shakllanayapti, o’zbek avtoyuktashuvchilarining xalqaro transport kommunikastiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayapti va multimodal yuk tashishlar rivojlanayapti. Avtotransportning barqaror rivojlanishi sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish, yangi texnika, diagnostika va ta’mirlashning ilg’or texnologiyasini tatbiq etish, avtotransport vositalari parkini yangilash, avtoyuktashish xavfsizligini tekshirish va nazorat qilishning izchil mexanizmini kuchaytirish bilan bog’liq. Ishlarning samaradorligi ijtimoiy himoya va kadrlar bilan ishlash siyosatining samaradorligiga, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlarini takomillashtirishga bog’liq. Avtotransport vositalaridan foydalanish transport vositalarini ishlatish jarayonini ta’minlaydigan, shu jumladan, avtotransport vositalarini texnik ishga layoqatli holatda tutib turishga yo’naltirilgan tadbirlar majmui (kompleksi)dir. Texnik foydalanish resurslarni oqilona sarf qilib, avtotransport vositalarini ishga layoqatli holatda tutib turishdan iboratdir. Texnik foydalanish konstrukstiyalash va ishlab chiqarishda ko’zda tutilgan yuk tashish jarayoni imkoniyatlarini, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tiborga olgan holda, yo’lovchilarni va yuklarni tashishda muntazamlilikni va xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltirilgan. Texnik foydalanish yana quyidagilarni ko’zda tutadi: • mehnat va moddiy resuslardan oqilona foydalanib, avtomobilni ishga layoqatli holatda tutib turish; • harakatdagi tarkibning tavsiflarini ekologik xavfsizlik va harakat xavfsizligi sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash; • xodimlarga me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga mos ish sharoiti yaratish va ularni yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hisobiga bundan keyin ham yaxshilash. Avtomobil transporti korxonasi xodimlarining malakasini oshirish, xizmatchilar mehnatini maqsadga muvofiq rag’batlantirib borish, kadrlarni rivojlantirish siyosati kompaniyaning bozordagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Zamonning yangi talablaridan biri – transport vositalaridan texnik foydalanish sifatini boshqarish tizimini joriy etishdir. Avtotransport vositalaridan texnik foydalanish-jo’shqin o’zgaruvchi tarmoq. Texnik foydalanishning hozirgi holatiga avtotransport vositalari konstrukstiyasining o’zgarishlari, birinchi navbatda, mustahkamligini oshirish, bevosita o’rnatilgan diagnostika vositalari bilan to’la ta’min etish, mikroprostessor texnikasini keng qo’llash katta ta’sir o’tkazadi. Zamonaviy texnik foydalanish xususiyatlaridan biri-an’anaviy konstrukstiyadagi avtomobillar bilan bir qatorda ichki mikroprostessor texnikasi bilan jihozlangan avtomobillarning borligidir. Murakkablik darajasining oshishi va avtotransport vositalari qiymatining ko’tarilishi ulardan texnik foydalanishga alohida talablar qo’yadi. Iqtisodiyotni va jamiyatni avtomobillashtirish texnik foydalanish sohasi mutaxassislari oldiga ko’p talablar qo’yadi, bu kasbning ahamiyatini oshiradi. Zamonaviy ekologik talablar avtotransport vositalari ko’pgina uzel va tizimlarining texnik holatiga ayniqsa, yonilg’i sarfi va uni yuqori darajada yoqilishiga ta’sir etuvchi tizimlarga alohida talablar qo’yadi. «Avtomobillardan texnik foydalanish» fanining asosiy vazifasi, yangi bozor munosabatlari talablarini hisobga olgan holda, xalq xo’jaligining avtotransport tarmog’iga malakali bakalavrlar etkazib berishdan iborat. Foydalanish jarayonida avtomobillarning texnik holatini o’zgarish qonuniyatlarini ochishga va bashorat qilishga, avtomobillarni ishga layoqatli holatda tutib turishga yo’naltirilgan usullar va vositalarni o’rganishga, issiq iqlim sharoitida foydalanishni hisobga olib, tayinlab qo’yilgan ishonchligini ta’minlash uchun, avtotransport vositalarining texnik holatini boshqarish usullariga katta e’tibor beriladi. 1. Avtomobil transporti vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari. Avtomobil transporti vositasi (ATV) belgilangan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi zarur. ATV ning sifati – uning vazifasiga muvofiq holda belgilangan talablarni qondirishga yaroqliligini ta’minlaydigan xususiyatlar majmuidir. Xususiyat deganda biror predmetning(narsaning) boshqa predmetlar bilan o’xshashligi yoki farqini bildiradigan qandaydir tomoni tushunilib, u o’sha predmetlarga nisbatan aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish vazifasi yuk va yo’lovchilarni tashish hisoblangan suv, havo va erusti transport vositalari, o’zi ishlayotgan muhitga bog’liq ravishda har xil xususiyatlarga egadir. Avtotransport vositasi deb harakatlanishi g’ildiraklar va yo’lning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keluvchi kuch orqali amalga oshiriladigan erusti mashinasiga aytiladi. Foydalanish sharoitlari ATV ning ixtisoslashuviga ta’sir etadi. ATV muayyan sharoitlarda ishlashni ta’minlaydigan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Loyihalovchi–mutaxassis, ATV o’z vazifalarini bajarishi uchun qanday xususiyatlar majmuiga ega bo’lishini bilishi zarur. Foydalanish mutaxassisiga esa har xil ATV ning xususiyatlarini bilishi ularni tashish sharoitlariga mos ravishda tanlashga hamda loyihalash va ishlab chiqarish jarayonida asos solingan ekspluatastion xususiyatlarni uzoq vaqt davomida optimal saqlab turish usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Harakatni tashkil etish mutaxassisi yo’l-transport hodisalarining sodir bo’lish ehtimolligi mumkin qadar kam bo’lishi uchun ATV qanday xususiyatlarga ega bo’lishini bilishi kerak. Umuman olganda, ATV ishonchlilik, ekologik, estetik, ekspluatastion va boshqa juda ko’p sifat xususiyatlariga ega. ATV ning o’ziga xos transport vositasi sifatidagi foydalanishga moslashganlik darajasini tortish–tezlik, tormozlanish, yonilg’i tejamliligi, boshqariluvchanlik, turg’unlik, harakatchanlik (buriluv), yurish ravonligi, o’tuvchanlik, dinamiklik, TXK va JT ga moyillik xususiyatlari ko’rsatadi. ATV ning turi, bajarayotgan ishi, muayyan ishlash sharoitlariga qarab ularning xususiyatlariga qo’yiladigan talablar ham har xil bo’ladi. «Avtomobil-haydovchi-yo’l-muhit» tizimining bir qismi avtomobil bo’lib, uning xususiyatlari ushbu tizim elementlari bilan o’zaro ta’sir natijasida namoyon bo’ladi. Shuning uchun qandaydir, muayyan ekspluatastion xususiyatning avtomobil sifatini yoki qo’llash samaradorligini baholashdagi ahamiyati foydalanish sharoitlariga bog’liq. Foydalanish sharoitlari esa yo’l (yo’l plani va profili elementlari, er relefi, yo’l qoplamasining turi va tekisligi, harakatning jadalligi va tartibotlari, yo’l holatining barqarorligi va boshqalar), transport (yuk turi, yo’lovchilar tashish hajmi, yuk tashish bo’laklari, tashish masofasi, ish tartibotlari, saqlash, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sharoitlari va boshqalar), tabiiy – iqlim (mu’tadil, sovuq, issiq va baland tog’ iqlimi mintaqalarining o’ziga xos xususiyatlari) sharoitlari bilan belgilanadi. Endi, ATV ning asosiy ekspluatastion xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. 1. Tortish–tezlik xususiyatlari deb dvigatel xarakteristikalari yoki etaklovchi g’ildiraklarning yo’l bilan ilashuvi bo’yicha harakat tezliklari o’zgarishining diapazonlari va avtomobil tezlab ketish chegaraviy jadalligining har xil yo’l sharoitlarida tortish tartibotidagi ishini belgilaydigan xususiyatlari majmuiga aytiladi. Tortish–tezlik xususiyatlarining asosiy baholash ko’rsatkichlari: maksimal tezlik, berilgan tezlikka chiqish uchun tezlanish olish vaqti, tezlanib olish – inerstiya bilan yurish tezlik xarakteristikasi, minimal barqaror tezlik, maksimal o’tiladigan ko’tarilish, tezlanish olishdagi chegaraviy tezlanish, kryukdagi tortish kuchi va boshqalar. 2. Tormozlanish xususiyatlari – tormoz tartibotida va har xil yo’l sharoitlarida harakatlanganda avtomobilning maksimal sekinlashuvi hamda tashqi kuchlarning chegaraviy miqdorini belgilaydigan xususiyatlar majmuidir. Tashqi kuchlar ta’sir etganda tormozlangan avtomobil joyida qimirlamay turadi yoki qiya tomonga harakatlanganda kerakli minimal turg’un (barqaror) tezlikka ega bo’ladi. Ayrim baholash ko’rsatkichlari: turg’un sekinlashish, minimal tormozlanish yo’li, umumiy tormozlanish kuchi (to’xtovdagi tormoz tizimi uchun), qiyalikdagi turg’un tezlik (yordamchi tormoz tizimi uchun). 3. Boshqariluvchanlik deb kuch tizimi kinematikasining boshqaruv ta’sirlariga ko’rsatgan reakstiyalari majmuiga aytiladi. Baholash ko’rsatkichlari: traektoriya boshqaruvining barqarorligi, kurs boshqaruvining barqarorligi, tormozlanishdagi traektoriya boshqaruvining barqarorligi, tormozlanishdagi kurs boshqaruvi barqarorligi, manyovrni bajarishning chegaraviy tezligi va boshqalar. 4.Turg’unlik – ATV yoki uning bo’laklarining holati va harakat turg’unligi bo’yicha tang (kritik) parametrlarni belgilaydigan xususiyatlar majmuidir. Asosiy baholash ko’rsatkichlari: yon siljish va yon ag’darilishga olib keladigan tang tezliklar, qiyalik burchaklari, ko’ndalang turg’unlik koeffistienti, kurs turg’unligi va avtopoezd tirkamasini lapanglatadigan tang tezliklar va boshqalar. 5. Harakatchanlik (buriluvchanlik) deb ATV ning katta egrilik traektoriyalari bo’yicha harakat talab etiladigan sharoitlarda cheklangan maydonda o’z holatini o’zgartirish (shu jumladan orqaga yurish) imkonini belgilaydigan xususiyatlari guruhiga aytiladi. Asosiy baholash ko’rsatkichlari: ATV ning minimal burilish radiusi, tashqi gabarit burilish radiusi, ichki gabarit burilish radiusi, harakatning gabarit tasmasi, orqaga yurish boshqaruv harakatini amalga oshirishning murakkabligi va boshqalar. 6. Yurish ravonligi deb, haydovchi, yo’lovchilar, yuk, shassi va kuzov elementlari tebranishi yuklamalarining belgilangan me’yorlar chegaralarida cheklanishini ta’minlovchi xususiyatlar majmuiga aytiladi. Asosiy baholash ko’rsatkichlari: haydovchi, yo’lovchilar, yuk, shassi va kuzov xarakterli elementlarining tebranishi yuklamalari darajalari. 7. O’tuvchanlik xususiyati deb avtomobilning og’irlashgan yo’l sharoitlarida, yo’lsizlikda va har xil to’siqlarni engib harakat qilishda imkoniyatini belgilaydigan ekspluatastion xususiyatlarga aytiladi. O’tuvchanlik profil va tayanch o’tuvchanlikka bo’linadi. Profil o’tuvchanlik yo’l notekisliklari va to’siqlarini engib o’tish imkoniyatlarini xarakterlaydi va talab etilgan harakat tasmasiga mos tushadi. Uning birlik ko’rsatkichlari ATV ning geometrik parametrlarini ifodalaydi: yo’l oralig’i, old (orqa chiqiq), old (orqa) chiqiq burchagi, o’tuvchanlikning bo’ylama radiusi, o’tiladigan ko’tarilishning eng katta burchagi, ko’priklarning qiyshayish burchagi va boshqalar. Tayanch o’tuvchanlik deformastiyalangan va og’irlashgan yo’l sharoitlarida harakat qilish imkonini belgilaydi. Asosiy baholash ko’rsatkichlari: tirkalish massasi, tirkalish massasining koeffistienti, solishtirma quvvat, dumalashga qarshilik quvvati, harakatga qarshilik quvvati, to’liq tortish kuchi, erkin tortish kuchi, kryukdagi tortish kuchi, g’ildiraklarning yo’l qoplamasiga bosimi va boshqalar. 8. Yonilg’i tejamliligi xususiyati deb har xil foydalanish sharoitlarida avtomobil transporti ish bajarishidagi yonilg’i sarfini belgilovchi xususiyatlar majmuiga aytiladi. U dvigatelning quyidagi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi: bir soatdagi yonilg’i sarfi GT , kg/soat, solishtirma yonilg’i sarfi ge , g/kVt.soat (dvigatel quvvat birligining bir soat davomidagi yonilg’i sarfi massasi). Yonilg’i tejamliligining asosiy mezoni bo’lib 100km yo’lga sarflanadigan litrlar hisobidagi yonilg’i sarfi hisoblanadi. Baholash ko’rsatkichlari: nazorat yonilg’i sarfi, magistral yo’ldagi yonilg’i sarfi, shahar ichidagi yonilg’i sarfi, barqaror harakat yonilg’i xarakteristikasi, magistral (past–baland) yo’ldagi yonilg’i–tezlik xarakteristikasi va boshqalar. Ekspluatastion xususiyatlar ko’rsatkichlari maxsus ilmiy-tekshirish tadqiqotlari hamda avtomobillardan foydalanish tajribasini umumlashtirish va tahlil etish natijasida aniqlanadi. Ekspluatastion xususiyatlarni bilish avtomobil konstrukstiyasini takomilashtirish borasida texnik foydalanish tajribasidan foydalanish imkonini beradi. Avtomobillarning tavsifi yuqorida keltirilgan ekspluatastion xususiyatlari ko’rsatkichlarini o’z me’yor talablari darajalarida ushlab turishi transport vositalari yuqori texnik holatini uzoq davr mobaynida saqlashga xizmat qiladi. 2. Avtotransport vositalaridan texnik foydalanish. Tushuncha va ta’riflar Avtomobillardan texnik foydalanish fani avtomobil texnik holatining o’zgarishi sabablari va qonuniyatlari hamda uni yuqori darajada saqlab turish usullari va vositalari to’g’risidagi fandir. Avtomobillardan texnik foydalanishga texnik foydalanish, texnik (servis) xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash va texnik xizmat ko’rsatish texnologik jarayonlarini tashkil etish kiradi. Avtomobildan texnik foydalanish deb tegishli foydalanish sharoitlarida, uning vazifasi va belgilangan me’yorlarga xos tartibotlarda uning ishini ta’minlash orqali texnik imkoniyatlarini amalga oshirish tushuniladi. Avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish deganda yuvish–tozalash, nazorat–sozlash, mahkamlash ishlari, joriy ta’mirlash va yonilg’i bilan ta’minlash orqali avtomobilning tashqi ko’rinishi va ishlash qobiliyatini saqlab turish yoki tiklash tushuniladi. Avtomobilni saqlash – uning almashinuvlararo vaqtlarda texnik saqlanishini va ishga tayyorligini ta’minlashdir. Undan tashqari, saqlash, agar avtomobil uzoq muddat davomida ishlatilmasa, uni konservastiya qilishni, ehtiyot qismlar, yonilg’i–moylash va boshqa ekspluatastion materiallarning texnik saqlanishini ham o’z ichiga oladi. Avtomobildan texnik foydalanishning maqsadi – uning texnik holati va ekspluatastion xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada saqlab turishdir. Texnik foydalanishning asosiy masalalari-avtomobil parki texnik holati va ishlash qobiliyatini boshqarish yo’llari va eng samarali usullarini aniqlashdir. Avtomobildan texnik foydalanishning samaradorligi uning sifati va ishonchliligiga bog’liq. Sifat – buyum (avtomobil) o’z vazifasi bo’yicha ishlatilganda, uning yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmuidir. Avtomobilning ishonchliligi deb uning belgilangan davr (masofa) mobaynida va ma’lum foydalanish sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo’l qo’yilgan chegaralarda saqlab qolgan holda o’z vazifalarini bajarish xususiyatiga aytiladi. Boshqacha ibora bilan aytganda, ishonchlilik – avtomobil sifatining vaqt bo’yicha yoyilmasidir. Ishonchlilik, avtomobil muayyan foydalanish sharoitlarida ishlaganda, uning sifat ko’rsatkichlari qay darajada tez o’zgarishini izohlaydi va miqdoran baholash imkonini beradi. 3. Foydalanish sharoitlarining tavsifi va ularning avtotransport vositalari texnik holatiga ta’siri Transport vositasining texnik holati ko’rsatkichlari unga texnik xizmat ko’rsatish jarayonida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, birinchidan, avtomobilning sozligini nazorat etuvchi hamda sozlash va ta’mirlash ishlari hajmini aniqlovchi vosita bo’lsa, ikkinchidan, texnik resursni bashoratlash vositasidir, ya’ni navbatdagi texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan buzilmay ishlash zahirasini oldindan aytib beradi. Shuning uchun texnik holat ko’rsatkichlarining chegaraviy me’yorlarini va ularning yo’lga bog’liq holda o’zgarishi dinamikasini bilish zarur, chunki ko’rsatkichlar o’zgarishining qonuniyatlari bo’yicha navbatdagi texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan resursni aniqlash mumkin. Transport vositasining foydalanish muddati oshgan sari detallarning eyilishi va nosozliklar natijasida uning texnik holati asta-sekin yomonlashib boradi: dvigatel quvvati va harakat texnik tezligi pasayadi, yonilg’i sarfi va eyilish jadalligi o’sadi, boshqaruv qulayligi yomonlashadi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi. Transport vositasining texnik holatiga ko’pgina ekspluatastion omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar: - ekspluatastion materiallar sifati (benzin, dizel yonilg’isi, gaz yonilg’isi, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar - antifriz, tormoz suyuqligi va boshqalar); - yo’l sharoitlari; - iqlim sharoitlari; - transport vositasidan texnik foydalanish (quvvatdan foydalanish tartibotlari, avtomobilni haydash sifati); - texnik xizmat ko’rsatishning sifati; - transport vositasini saqlash sifati va h.k. Yonilg’i–moylash materiallariga qo’yiladigan asosiy talab – ularning Davlat standartlariga va avtomobil dvigateli konstrukstiyasiga hamda iqlim sharoitlari va avtomobildan foydalanishning tartibotlariga mos kelishidadir. Shuning uchun yonilg’ilar vazifasi (karbyurator va dizel dvigatellari uchun, yoz va qish uchun) va sifati bo’yicha (oktan va stetan sonlari) rusumlarga bo’linadi. Yonilg’i–moylash materiallari yonilg’i iqtisodiyoti, ishonchlilik, dvigatel quvvati, harakat tezligi kabi transport vositasining ekspluatastion sifat ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Yonilg’i–moylash materiallarining sifatini saqlab qolish ularni tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida juda muhimdir. Benzinning asosiy sifatlari – bug’lanish (frakstion tarkib), detonastion va korrozion xususiyatlari hamda mexanik aralashmalar va suvning yo’qligidir. Uning detonastiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi stilindrporshen guruhi va klapanlarning korrozion–mexanik eyilishlarini keltirib chiqaradi. Oltingugurt miqdori qancha ko’p bo’lsa, dvigatel stilindrlarining eyilish jadalligi va yonilg’i sarfi shuncha oshib boradi, dvigatel quvvati esa kamayib ketadi. Yonilg’i tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini ifloslantiradi, yonilg’i aralashmasining paydo bo’lishini qiyinlashtiradi, avtomobilning tortish sifatlarini va yonilg’i iqtisodiyotini yomonlashtiradi. Eng asosiysi-mexanik aralashmalar dvigatel stilindr–porshen guruhining eyilish darajasini oshirib yuboradi. Dizel yonilg’isining stetan soni, qovushqoqlik, bug’lanish, korrozion xususiyatlari va mexanik aralashmalarning mavjudligi kabi sifatlari avtotransport vositasining ekspluatastion ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Agar stetan soni dvigatelning chidamliligi va yonilg’i iqtisodiga kuchli ta’sir etsa, yonilg’ining qovushqoqligi uning purkalishiga, havo bilan aralashma hosil qilishiga va yonishiga hamda yonilg’i apparaturasidagi nozik juftlarning eyilishiga sababchidir. Dizel yonilg’isining korrozion xususiyati uning tarkibidagi oltingugurtning miqdoriga bog’liq: u qanchalik ko’p bo’lsa, dvigatel stilindrlari va porshen halqalarining korrozion-mexanik eyilishlari shunchalik ko’payadi. Eyilishlar, ayniqsa, dvigatelning past haroratlarida ortadi. Dizel yonilg’isi tarkibida mexanik aralashmalarning bo’lishi yonilg’i etkazib berish apparaturasidagi nozik juftliklar eyilishiga sabab bo’ladi. Mexanik aralashmalarni dizel yonilg’isidan ajratishning eng oddiy usuli – uni bir necha kun davomida tindirishdir. Gaz yonilg’ilari yuqori ekspluatastion sifatlarga ega. Ularning qo’llanishi dvigatel eyilishlarini pasaytiradi, detonastiyasiz ish tartibotini ta’minlaydi, ishlatilgan gazlar zaharliligini kamaytiradi, motor moyi xizmat muddatini uzaytiradi. Foydalanishda yonilg’ini dvigatel konstrukstiyasiga, tabiiy-iqlim sharoitlariga va standart talablariga mos ravishda qo’llash, saqlash, tashish va tarqatishda bug’lanib ketishiga yo’l qo’ymaslik, uning tarkibida mexanik aralashmalar va suvning bo’lmasligini ta’minlash lozim. Moylash materiallari ham (yonilg’ilar singari) vazifasi bo’yicha (karbyurator va dizel dvigatellari uchun karter moylari, transmissiya moylari), sifati bo’yicha (tozalash turi, qovushqoqligi, qo’shilma (prisadka) ning mavjudligi va h.k.) rusumlashtiriladi va standartlashtiriladi. Moy va moylash materiallari suyuq yoki chegaraviy ishqalanishni ta’minlash, ishqalanish ishi va eyilishni kamaytirish, issiqlikni ishqalanish juftliklaridan, eyilish mahsulotlarini tirqishlardan haydash, tirqishlarni zichlash, moylash sirtlarini zanglashdan himoya qilish uchun ishlatiladi. Dvigatel moyi yuqori harorat va solishtirma bosimlarda ishlaydi. Bunda zanglash mahsulotlari, qatron (saqich, smola) va qasmoq hosil bo’lishi mumkin. Uning asosiy ekspluatastion xususiyatlari – qovushqoqlik, yuvish va zanglashga qarshilik, mexanik aralashmalar va suvning yo’qligidir. Dvigatel moylarining ekspluatastion xususiyatlarini yaxshilash ularga har xil kimyoviy modda (qo’shilma)lar qo’shish bilan erishiladi. Qo’shilmalar ishqalanayotgan detallar eyilish jadalligini kamida ikki barobar kamaytiradi. Transmissiya moylari juda og’ir sharoitlarda ishlaydi, chunki transmissiya agregatlari uchun ishlayotgan detallarning ishqalanish sirtlarida yuqori solishtirma bosimlar yuzaga keladi. Bu holat chegaraviy ishqalanishga, tirnalishga va jiddiy eyilishlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, transmissiya moylari qish oylarida quyulib ketadi va natijada, agregatlarda ishqalanishga qarshilik o’sib, transmissiyaning foydali ish koeffistienti pasayadi va yonilg’i sarfi ortadi. Moyning quyulishi agregatlardagi tishli ilashmalarning moy bilan ta’minlanishini yomonlashtiradi. Shuning uchun transmissiya moylari yuqori qovushqoq-harorat, eyilishga qarshi xususiyatlarga hamda cho’kindi va quyqumlar hosil bo’lishini oldini oluvchi barqarorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Konsistent moylar ishqalanishga qarshi va saqlash vazifalaridan tashqari ishqalanish juftliklarida (masalan, ressora barmoqlari, buriluvchi shkvoren) zichlagich vazifasini ham o’taydi. Konsistent moylar natriy yoki kalstiy sovunlari bilan quyuqlashtirilgan mineral moylardir. Ish sharoitlariga bog’liq holda, ular ancha qiyin eriydigan (tomchi tushish harorati 1400S, konstalinlar) va kamroq qiyin eriydigan (tomchi tushish harorati 1000S, solidollar) guruhlarga bo’linadi. Moylarning bu xossalari harorat oshganda tirqishlardan oqib ketmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari dvigatelning sovutish tizimida antifriz va suv kabi sovutish suyuqliklari ishlatiladi. Eng ko’p qo’llanadigan etilenglikolli antifriz 65 va 45 rusumlarga bo’linib, ularning muzlash harorati tegishlicha minus 65 va minus 4500S ni tashkil etadi. Etilenglikolli antifriz zaharli, isitganda hajmiy kengayish koeffistienti katta. Unga neft mahsulotlari tushsa, ko’pirish xususiyatiga ega. Agar dvigatelning sovutish tizimida suv ishlatilsa, unda qasmoq yig’ilib, stilindrlar devorlarining issiqlik o’tkazuvchanligini pasaytiradi va, natijada, dvigatel qizib ketadi, eyilish jadalligi va yonilg’i sarfi ortadi, detonastiya sodir bo’ladi, dvigatelning quvvati pasayib ketadi. Qasmoq maxsus kimyoviy eritmalar yordamida yuvib tashlanadi. Yo’l sharoitlari yo’l kiyimining sifati va turi, avtomobil harakatiga qarshiligi, plandagi yo’l elementlari, yo’l qoplamasining tekisligi, harakat sharoitlari va jadalligi bilan tavsiflanadi. Yo’llar turi va libosining tavsifi bo’yicha kapital, qoplamasi takomillashtirilgan, engil va tuproqli bo’ladi. Kapital yo’llar uchun libos sifatida beton, asfalt, engil yo’llar uchun tosh va chaqilgan tosh xizmat qiladi. Tuproqli yo’llar ishlangan va tabiiy bo’lishi mumkin. Harakatga qarshilik dumalashga qarshilik koeffistienti va yo’lning nishabligi bilan aniqlanadi. Yo’lning plandagi elementlari (yo’l tasmasining eni, harakatlanayotgan avtomobildan yo’l sirtining ko’rinish masofasi, burilishning eng kichik radiusi) xavfsiz harakatni ta’minlaydi. Yo’l qoplamasining tekisligi prof.Birulya koeffistienti orqali baholanadi – S sm/km. Bu koeffistient yo’l qismidagi notekisliklar balandliklari yig’indisining shu qism uzunligiga nisbati bilan aniqlanadi va “sm/km” bilan o’lchanadi. Odatda S= 200…600 sm/km. Yo’lning g’adir–budurligi dumalash qarshiligi va avtomobil mexanizmlariga tushadigan dinamik yuklamalarning o’sishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, eyilish jarayonlarini jadallashtiradi, yonilg’i sarfini orttiradi, harakat tezligini pasaytiradi. Harakat jadalligi vaqt birligi davomida yo’ldan o’tayotgan avtomobillar soni bilan aniqlanadi. Harakat sharoitlari esa shahar va shahardan tashqari sharoitlarga bo’linadi. Avtomobildan shahar sharoitlarida foydalanganda yuk va yo’lovchilar yaqin masofaga tashiladi, harakat past texnik tezliklarda kechadi, to’xtashlar, tormozlanishlar, shig’ov olish, ilashuvni uzishlar, uzatmalarni o’zgartirishlar tez-tez ro’y beradi. Shahardan tashqarida ishlatilganda nisbatan uzun masofalarga tashiladi va yuqori o’rta tezliklar bilan yuriladi. Avtomobilning texnik holatiga yo’l sharoitlariga bog’liq bo’lgan quyidagi omillar ta’sir etadi: - ayrim asosiy detallar ishqalanish yo’lining ko’payishi; - avtomobil mexanizmlariga yuklamaning ortishi va uning tez-tez o’zgarishi; - yonilg’i va moylarga abraziv moddalarning aralashuvi. Yo’l sharoitlarining yomonlashuv bilan dvigatel va transmissiya detallari ishqalanish yo’lining ko’payishi past uzatmalarga majburan o’tishdan kelib chiqadi. Agar, masalan, bir kilometr asfalt yo’lda dvigatel tirsakli vali 2600 marta aylansa, tuproqli yo’lda bu ko’rsatkich 3…3,5 barobar ortib ketadi. Yo’l qarshiligi koeffistienti oshgan sari avtomobil detallariga tushayotgan yuklama ham oshib boradi. Yuklamaning o’zgarishi avtomobilning shig’ov va tormozlanishlaridagi ish tartibotlarining o’zgarish chastotasiga bog’liq. Bu o’zgarishlar avtomobil harakati jarayonidagi to’xtashlar va yo’l notekisliklari tufayli sodir bo’ladi. Moskva avtomobil – yo’llar instituti olimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, avtomobil tuproq g(runtli) yo’lda harakatlanganida asfalt yo’lda harakatlanganiga nisbatan yo’l birligiga to’g’ri keladigan tormozlanishlar soni 40…50 barobar, uzatmalarni uzib-ulash soni esa 8…10 barobar oshib ketar ekan. Yo’l sharoitlari qanchalik yomon bo’lsa, avtomobil harakati natijasida vujudga keladigan chang (abraziv) va boshqa qattiq jinslar uning texnik holatiga salbiy ta’sir etadi. Changning sifati uning kimyoviy tarkibi va yirikligiga, ya’ni zarralarning o’lchamlariga bog’liq. Changning 60…85 % foizini kremniy oksidi tashkil etadi. Uning qattiqligi ko’pgina avtomobil detallari qattiqligidan yuqori. Havoda uchib yuruvchi zarralarning o’lchamlari 10…80 mikronga teng. Detallarning eyilishiga jiddiy ta’sir etadigan zarralarning o’lchami 15 mikronga teng. Dvigatel stilindrlariga tushadigan chang miqdori uning havodagi miqdoriga, dvigatel yutayotgan havo hajmiga va havo tozalagich yordamida tozalanish darajasiga bog’liq. Dvigatel yutayotgan havodagi 95…99 foiz chang havo tozalagichda ushlab qolinadi, 1…5 foizi esa dvigatel stilindrlariga kiradi. Stilindrlarga tushgan changning oltidan bir qismi ishlatilgan gazlar bilan chiqib ketadi, qolgan qismi esa moy bilan aralashib, abraziv eyilishni vujudga keltiradi. Chang, birinchi galda stilindr, porshen va porshen halqalarini, keyin dvigatel karteriga tushgandan so’ng, krivoship-shatun mexanizmini eyiltiradi. Demak, dvigatel mexanizmlari, uzel va detallarining eyilish darajasi havo tozalagichning samarali ishlashiga ko’p jihatdan bog’liq ekan. Havo tozalagichning xarakteristikasi (tozalash darajasi va havo qarshiligi) va muayyan foydalanish sharoitlari uchun havodagi changning miqdori hamda tozalash darajasi va havo tozalagich qarshiligining yo’l qo’yilgan chegaraviy miqdorlari ma’lum bo’lsa, uni yuvib tashlash davriyligini aniqlasa bo’ladi. Avtomobil texnik holatiga ta’sir etuvchi va uni belgilovchi tabiiy iqlimning asosiy parametrlari quyidagilardir: atrof-muhit havosi harorati va uning o’zgarish diapazoni; namlik; shamol yuklamasi; quyosh radiastiyasi darajasi; barometrik bosim. Atrof-muhit havosi harorati avtomobil texnik holatiga juda kuchli ta’sir qiladi. Avtomobilning normal ishlashi uchun +50S dan +200S gacha bo’lgan havo harorati diapazoni kifoya qiladi. Bu oraliqda avtomobil agregatlari va uzellarining optimal issiqlik holatini saqlab turish va ularning ish qobiliyatini ta’minlash mumkin. Yuqori haroratlar dvigatel mas’ul detallarining issiqlik kuchlanishini oshiradi va uni haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi. Dvigatel, ajratilayotgan va chiqarilayotgan issiqlik miqdorlari orasidagi muvozanatning buzilishi natijasida, qizib ketadi. Agar sovutish tizimidagi suyuqlikning harorati +900S dan oshib ketsa, dvigatel qizib ketadi. Buning natijasida suv nasosining unumdorligi pasayadi, porshen halqalarini qurum bosadi, porshen tubining kuyish, kuzatiladi, stilindrlar deformastiyaga uchraydi va stilindr–porshen guruhining eyilishlari keskin ortadi. Benzinda ishlaydigan dvigatelning qizib ketishi detonastiya holatini vujudga keltiradi, bu esa o’z navbatida, dvigatel quvvati, yonilg’i iqtisodiyoti va chidamliligini pasaytiradi. Havoning va dvigatel detallarining yuqori harorati, stilindrlarning to’ldirilish koeffistientini pasaytiradi, yonilg’i aralashmasini boyitadi, yonilg’i sarfi va ishlatilgan gazlar zaharliligini oshirib yuboradi. Dizel dvigatellarida ham havoning yuqori harorati quvvatning pasayishiga, yonilg’i sarfining va ishlatilgan gazlar zaharliligining o’sishiga olib keladi. Avtomobilning boshqa agregatlarida eyilish jadalligi ortadi, chunki havo tarkibidagi changning miqdori ko’payadi, moylash sharoitlari moyning qovushqoqligi tushib ketishi oqibatida yomonlashadi. Dvigatel qizib ketmasligi uchun sovutish tizimidagi suyuqlikning miqdorini nazorat qilish, radiator sirtlarini tozalash, sovutish tizimini quyqa cho’kindilardan va qasmoqlardan tozalash, o’t oldirishni to’g’ri o’rnatish, ventilyator tasmasining tarangligini ta’minlash, termostat ishini nazorat qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish lozim. Past havo haroratining avtomobilga ta’siri sovuq dvigatelni ishga tushirishda, eyilish miqdorlarining o’sishida, harorat sharoitlarining yomonlashishida va yonilg’i sarflarining ortishida namoyon bo’ladi. Sovuq dvigatelni ishga tushirish yonilg’i bug’lanishining yomonlashuvi, sovuq havo zichligining o’sishi, yonilg’i qovushqoqligining o’sishi natijasida jiklerlar o’tkazish qobiliyatining pasayishi, o’t oldirish chaqmoqlaridagi uchqun kuchining kamayishi va boshqa sabablarga ko’ra, yonilg’i aralashmasining siyraklashuvi, akkumulyator batareyasi toki sarfining ortishi va kuchlanishining pasayishi va chaqmoq elektrodlaridagi kuchlanishning o’sishi kuzatiladi. Foydalanish sharoitlari avtomobillar texnik holatiga, agregat va detallarning ish tartibotlariga ta’sir etib, ularning texnik holati parametrlari o’zgarishini tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin. Avtomobillar ishonchliligining ko’rsatkichlari miqdorlari har xil foydalanish sharoitlarida bir-biridan farq qiladi, bu esa texnik foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining o’zgarishida ham o’z aksini topadi. Avval qayd etib o’tilganidek, foydalanish sharoitlarini hisobga olish ishlab chiqarish-texnik baza, xodimlar, ehtiyot qismlar, ekspluatastion materiallar va boshqa ehtiyojlarni aniqlashda kerak bo’ladi. Foydalanish sharoitlari yo’l, harakat, transport sharoitlari, tabiiy-iqlim va mavsumiy sharoitlarga bo’linadi. Yo’l sharoitlari avtomobilning ish tartibotlarini aniqlaydi va yo’lning texnik toifasi, yo’l qoplamasining turi va sifati, yo’lning eni, burilish radiuslari, ko’tarilish va pasayish nishabliklari bilan tavsiflanadi. Shu bilan bir qatorda, avtomobil ishi tartiboti uning ishonchlilik ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Masalan, yo’l qoplamasining buzilishi avtomobil ishonchliligini 14…33 foizga kamaytiradi. Harakat sharoitlari tashqi omillarning harakat tartibotlariga, ya’ni avtomobil va uning agregatlari ishiga ta’siri bilan baholanadi. Masalan, bir xil qoplamali shahar va shahardan tashqari yo’llarda harakatlangan, yuk avtomobillari ishlari quyidagicha farqlanadi: shahar sharoitlarida tezlik 50…52 foiz, tirsakli val aylanishiing o’rtacha chastotasi 130…136 foiz, uzatmalarni o’zgartirish soni – 3…3,5 marta, tormoz mexanizmlari ishqalanishining solishtirma ishi 8…8,5 marta ko’p. Transport sharoitlari: harakat tezligi, yuk bilan yurish uzunligi, yo’ldan foydalanish koeffistienti, yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffistienti, tirkamalardan foydalanish koeffistienti, yuk turi. Tabiiy–iqlim sharoitlari: atrof-muhit havosining harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh radiastiyasining darajasi. Mavsumiy sharoitlar havo haroratining o’zgarishiga, yo’l sharoitlarining mavsum bo’yicha o’zgarishiga, ayrim omillarning (masalan, chang, namlik va iflosliklar) avtomobillar texnik holati parametrlari o’zgarishining jadalligiga ta’siri bilan baholanadi. Atrof-muhitning tajovuzkorligi Orolbo’yi mintaqasi uchun xarakterli bo’lgan havoning yuqori zanglatish faolligi bilan bog’liq. Bunday sharoitlar avtomobil detallarining jadal zanglanishiga, TXK va JT mehnat hajmlari va ehtiyot qismlarga bo’lgan ehtiyojning ortishiga, avtomobilning ishlash muddati va TXK davriyliklarining qisqarishiga olib keladi.
| |
Просмотров: 11310 | |
Всего комментариев: 0 | |