Главная » Статьи » Ekologiya

Atmosfera Havosining tabiiy tozalanishi

 

 

 

Insoniyatni, shu jumladan, butun jonivorlarni o'z bag'riga olgan tabiatni har qanday zararli modda haddan ziyod kyib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta'sirida zararli omillar o'z-o'zidan zararsizlanishi mumkin. Masalan, tuproqqa solinadigan go'ng 3-6 oy mobaynida bakteriyalar, tabiiy ta'sirlar yordamida noorganik moddalarga aylanadi,infeksiyalar qiriladi, natijada odam organizmigazarar etkazmaydigan  holatga keladi. Shuning dek atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan  gazsimon, bug'simon moddalar yoki changlar oz miqdorda o'tishi bilan o'z-o'zidan zaharlanishi mumkin. O'z-o'zicha zaharlanish atmosfera havosida kechadigan doimiy tabiiy, kimyoviy jarayonlar ta'sirida yuz beradi.

Umuman atmosfera havosining o'z-o'zicha tozalanish xususiyati juda sekin kechadi, unga tushadigan zararli iflosliklar salmog'i esa ortib boradi.

Atmosfera  havosini tozalanishida yog'inlar asosiy rol o'ynaydi. Havo tarkibidagi zararli omillar qor va yomg'ir yuvib ketadi.

Yog'ingarchilik qancha ko'p bo'lsa, havo tarkibi shuncha ko'p tozalanadi. Havoni tozalashda dov-daraxtlar, qolaversa butun o'simliklar olamining ahamiyati kattadir. Masalan daraxt barglari chang zarralarini ko'p miqdorda ushlab qoladi, zararli gazlarni o'ziga singdirib oladi.

Daraxt barglari havodan CO2 gazini fotosintez reaksiyalari vositasida olib, havoga toza oksigenni chiqarishda katta rol o'ynaydi.

Havoning iflosliklardan tozalanishida suv havzalarining roli ham bor. Okean va dengiz suvlari  ayniqsa ekvador mintaqalarida zararli moddalar xuddi nasosdek tortib havoni tozalashda yordam beradi.ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, katta daryolar - Volga, Angara, YEnisey vaboshqa daryolar havodan sulfit angidridridni, azot oksidini o'ziga singdirib, havoni tozalashda yordam beradi.

Shuni aytish kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar hamda gazlar kamayishida faol qatnashgan yog'in suvlar suv havzalarini ma'lum darajada ifloslantiradi. 

 

Yog'ingarchilikning atmosfera havosi tozalanishiga ta'siri.

 

Yog'ingarchilik miqdori (mm hisobida)

1 m3 havoda qurum cho'kishi ( g hisobida)

0-20

9,8

20-40

10,6

40 va undan ko‘p

16,9

 

            Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari atmosfera havosidagi har bir zararli moddaga gigienik jihatdan ikki xil me'yor belgilanadi. Katta, bir yo'la va o'rtacha sutkalik ruxsat etiladigan kichik bo'sag'a miqdor shular jumlasidandir. Bir yo'la, katta REM ni ishlab chiqish (20 minut) ifloslangan atmosfera havosining insonga qisqa muddatli ta'siri oqibatida paydo bo'ladigan reflektor (hidni sezish, miya yarim sharlarining bioelektrik faolligi, ko'zning sezgirligi va hokazo) reaksiyasiga asoslangan.

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 1988 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar