Главная » Статьи » Ekologiya

Axlatlarni yig'ish va olib chiqib tashlash

 

 

Xo'jalik axlatlarini yig'indisi va olib chiqib ketishi turar joylarning sharoitiga qarab alohida-alohida hal qilinishi kerak. Axlatlarni yig'ish uchun 12-15 litr xajmdagi qopqoqni yig'ichlardan foydalaniladi. Bunday yig'ichlar har sutkada bir marta bo'shatiladi.

Chiqindi axlatlarni sanitariya, epidimalogik tomonidan xavfligini hisobga olib, ularni axlat toshiydigan mashinalarga ortayotganda, tushirayotganda iloji boricha odamlar ishtirokini kamaytirish kerak.

Odatda 4-5 qavatli va undan ko'proq qavatli binolarda to'plangan axlatlarni olib chiqib ketishga mo'ljallab har bir uyda yuqoridan pastga o'tadigan quvurlar o'tkaziladi. Axlat tortgich trubalar tik o'rnatilgan kanal bo'lib, har bir qavatning zina pol maydonchasida axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama tuynuklar o'rnatiladi. Imoratning eng pastki qavatida axlat yig'adigan bunker qo'yiladi. Bunker yaqinida vintilyasiyasi o'rnatilgan bo'ladi. Kameradagi bunkerlarni xajmi xonadonlardan va necha marta olib chiqib ketishiga bog'liq..

Hovli joylarda yig'iladigan chiqindi axlatlarni sanitariya talablariga asosan muntazam ma'lum vaqtda maxsus transportlar yordamida olib ketish tartibi ham qo'yiladi. Maxsus jadaval bo'yicha axlati tashuvchi mashinalar yig'ilgan axlatlarni olib ketadi.

Suyuq axlatlarni kanalizasiya quvurlari yordamida olib chiqib ketiladi va chiqindilar kimyoviy usulda tozalangan, zararsizlantirilgach ochiq muhitga tushadi. Axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.

Umuman, aholi turar joylarda to'planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachon gigiena fani tomonidan qarlangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo'l qo'yadigan usuldir. Axlatlarni ikki yo'l  zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin.

1.Biotermik usul-ya'ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatlarda zararsiz holatga keltirish.

2. Axlatlarni kuydiradigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirish. Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik organik moddalar tez chiriydi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddalarni hosil bo'lishi bilan beradi. Kompostlash natijasida axlatlardan /gumus/ bir xil rangli, go'nga o'xshash modda paydo bo'ladi.

Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yilda davom etishi mumkin. Kompostlashda axlat o'z o'zidan qizishib harorati ko'tarilib, qattiq axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi. Bu jarayon vaqtida axlat harorati 60-750S ga ko'tarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar: gijja tuxumlari va hasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham kiradi, demak odamlar sog'ligi uchun xavfli bo'lgan ahvol o'z-o'zidan yo'qoladi.

Kompost tayyorlashda er tekislanadi, so'ngra garam uzunligi 25-30 metr, eni 3 mertr, balandligi esa 1-1,5 metr qilib tayyorlanadi. Joy tagiga shox-shabba yoki xashak tashlanib, uning ustiga axlat bosiladi. Garan 15-20 sm tuproq bilan berkititladi.

Kompost  yetilganda rangi qoramtir jigarrang, hidsiz, pashshalarni o'ziga tortmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach elanadi, ulardan tosh, temir bo'laklari, oyna siniqlari olib tashlanadi. Unsimon bu kompost bir gektar erga 25-50 tonna atrofida solinadi. U tuproq unumdorligini oshiradi.

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 1875 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar