Главная » Статьи » Ekologiya

Chiqindi turlari

 

 

Shahar posyolka va qishloqlarni toza tutishning epidemiologik va gigienik ahamiyati juda katta. Turar joylarni tozaligi, obodonligi irrigasiya ariqlaridan suvlarni oqib turishi, daraxtzor va ko'kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. (turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali tashkiliy sanitar texnik va xo'jalik tadbirlarni ishlab chiqiladi).

Shahar va qishloqlarning aholi yashaydigan joylarda turli xo'jalik chiqindilarni to'planishi patogen mikroblar to'planishiga olib keladi.

Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarini o'z vaqtida yig'ib, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba'zi bir chiqindilarni (qog'oz, latta, paxta, temir, shisha va oynalarni) yuziga ishlashga jo'natishi lozim.

Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni, ya'ni atmosferani, suv zalarini va tuproqni ifloslantiradi.

Uy xo'jalik axlatlari, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko'p organik moddalarni ushlagani uchun tezda chiriy boshlaydi. Oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, skatol va boshqalar paydo bo'ladi va yog'ingarchilik oqibatida er yuzasidan yuvilib chiqindilar najas, siydik xojatxonalardan er osti suvlariga sizilib uyb ularni ifloslantirishi mumkin. Chiqindi axlatlarda turli  mikroorganizmlarni mavjudligi va ularni uzoq vaqt yashashlari aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug', sip, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi.

Axlat va chiqindilar faqtgina turli infeksion va gijja kasalliklarini keltirib chiqarib qolmay, ular odamlarda hazm qilish, ko'ngil aynish holatini chiqaradi.

Hamma chiqindilar mikki guruhga bo'linadi, suyuq va qattiq chiqindilar. Ikki guruxga bo'linadigan chiqindi, axlatlarni yo'q qilish uchun har xil tadbirlar qo'llaniladi.

Suyuq chiqindilar.

xojatxonadan chiqadigan najas, siydik.

Cho'milishda, xona pollari va kirni yuvganda hosil bo'ladigan chiqindi suvlar. Xo'jalik, sanoat korxonalari, inshootlar chiqindi suvlari.

Qattiq chiqindilar:

Uy chiqindilar axlatlari, ko'cha suprindisi, jamoat ovqatlanish korxonalarining axlatlari, sanoat korxonalari, savdo ob'ektlarining axlatlari, go'ng, hayvonlarni o'lik tanasi, qurilish axlatlari.

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 3807 | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 0
avatar