Главная » Статьи » Ekologiya |
Chiqindi axlatlarni issiqxonalarda zararsizlantirish. Shahar chiqindi axlatlarini bemalol issiqxonalarda zararsiz holatga keltirilishi mumkin. Axlatlar tosh, temir, latta, oyna siniqlaridan holi qilingach, issiqxonalarning tuprog'i ostida fevral. Mart oylarida solinadi. Axlatdagi bioximik jarayonlar ekzotermik /energiya ajralib chiqadi/ holda o'tgani uchun yuqori harorat issiqxonani isitadi, bu issiqlikdan foydlanib issiqxonaga har xil erta pishar ekinlar ekish mumkin. Axlatlardan hosil bo'lgan chiqindi o'simlik uchun yaxshi ozuqa o'rnini bosadi. Takomillashgan axlatxonalar. Xammaga ma'lumki yig'ilgan axlatlar hamma vaqt ham qishloq xo'jaligiga ishlatilavermaydi. Shuning uchun ham ortiqcha axlatlarni zararsiz holatga keltirish maqsadida takomillashtirilgan shahar chetida axlatxonalar, kamida 1 km masofada uyushtiriladi. Keltirilgan axlatlar usti 50 sm qalinlikda tuproq yopiladi. Keyinchalik bu axlatxonalar daraxtzorlarga aylanadi. Keyingi vaqtlarda axlatlarni mexanizmlar yerda ishda qayta ishlash uchun zavodlar qurilmoqda, masalan, har yili 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodida Sankt-Peterburgda qurildi. Zavod organik azot o'g'itlarni qishloq xo'jaligi ehtiyoji uchun ishlab chiqadi. Sivilizasiyalashgan mamlakatlardagi shahar va qishloq ko'chalarining bir joyida axlatning to'kilib yotganini ko'rmaymiz. Ro'zg'or va korxonalardan chiqqan chiqindilar maxsus joylarga to'kilib, o'z vaqtida qayta ishlovchi zavodlarga olib boriladi. Bu zavodlarning texnologiyasi ham ekologik jihatdan sog'lom, ya'ni ularning trubalaridan zaharli tutun emas, toza bug' chiqadi. Sexlari gigienik jihatdan toza, ishchilar maxsus orasta kiyintirilgan. Eng asosiysi ularga to'lanadigan ish haqi boshqa korxonalardagiga qaraganda yuqoridir. Ko'pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo'lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig'ini maxsus ko'rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to'lanadi. Agar axlatni to'g'ri kelgan joyga to'kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvesariyada tabiatni buzish borasida biror nojo'ya ish qilinsa, uni ko'rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O't o'chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko'chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o'rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo'lar edi. Chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hozircha respublikamizning hamma viloyatlarida yo'qligi uchun axlatlarni maxsus joylarga to'kib, ko'mib tashlash davom etmoqda. Axlatxonalar manzilgohlar va daryolarning o'zanlari, ariqlar yaqiniga joylashtirilishi aslo mumkin emas. Ular devor yoki sim setkalar bilan o'ralib qo'yilishi kerak. Axlatlarni to'kish uchun chuqurligi 3- 4 m ga etkazib xandak qazish va ularga to'kilgan axlat ustidan xlorli ohak sepib qo'yish lozim. Xandaklar to'lgach, ular ko'mib tashlanadi. Qarshi shahrining shimoli sharqida ya'ni Ko'ng'ir tog'i etagidagi axlatxona shahardan chetroqda bo'lsa, ham aytilgan talablarga to'liq javob bermaydi, axlatlar pala – partish to'kib tashlanadi, xlorli ohak o'z vaqtida sepilmaydi. Shaharning markaziy ko'chalarini toza saqlash bo'yicha nazorat qattiq bo'lsa ham, chetroqdagi ko'p ko'chalarda ahvol yomon, ko'p joylarda axlatlar to'dasi ko'zga tashlanib turadi. Ba'zi mahallalardagi axlat to'kiladigan maxsus handaklar ham doimo o'z vaqtida tozalanib, chiqindilar olib ketilmaydi. Bizda chiqindi va axlatlarning joylarda to'planib qolayotgani bilan xorijiy mamlakatlarning ishbilarmonlari qiziqmoqdalar. Masalan, chiqindilarni qayta ishlashda nemislar bilan hamkorlik yuzaga kelmoqda. Ispanlar Angren ko'mir havzvalarida to'planib qolgan chiqindini ishlatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishgan. Shunday qilib, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo'lib, ularni yig'ishtirib qayta ishlash yoki gigienik talablar bo'yicha sarishta qilinsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko'ramiz, balki erni, havoni suvni, oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog'lig'ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo'lar edi.
| |
Просмотров: 2999 | |
Всего комментариев: 0 | |