Главная » Статьи » Ekologiya |
Turli davlatlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlaraor shartnomalar va konvensiyalar keng qo'llaniladi. Badiiy hamkorlik dastlab XIX asr ohirida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo'nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko'chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilish katta e'tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi halqaro konvensiya 1931 yilda tuzilib, unda Antarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlamaslik ko'rsatilgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963 yili Moskvada tuzilgan atmosfera suv osti va kosmik fazodagi yadro sinovlarni taqiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega. 1973 yilda nodir hayvon va o'simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to'g'risidagi halqaro konvensiya tuzildi. 1972 yili Stokgolmda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilgan BMT ning birinchi umumjahon kongressida 5 iyun halqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e'lon qilindi. 1973 yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaxarli ximikatlar bilan ifloslanishini oldini olish yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978 yil Ashxabodda o'tgan Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) General Assambliyasida jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. 1982 yil BMT da tabiatni muhofaza qilishning umumjahon partiyasi qabul qilindi. Bu muhim xujjatlarda tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va ko'p yilga mo'ljallangan yo'nalishlarii belgilab berilgan. Atrof muhitga inson ta'sirini kuchayishi 1985 yil Venada ozon qatlaminimuhofaza qilish konvensiyasi, 1992 yil Rio-de-Janeyroda biolgik xilma-xillikni saqlash, 1992 yili Nyu-Yorkda iqlim o'zgarishi bo'yicha, 1994 yili Parijda cho'llashishga qarshi kurash bo'yicha, 2002 yil Toshkentda organik moddalarni kam chiqarilishi, 1995-2001 yillarda Ashxabodda, Nukusda Orol dengizi muammosi bo'yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab bo'ldi. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik turli davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyatida ham amalga oshirilgan. Badiiy hamkorlik maqsadlari tuzilishi va faoliyati bilan farqli hamkorlik xarakteriga ko'ra ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama, regional va subregional bo'lishi mumkin. BMT ning 1973 yilda tuzilgan atrof muhit bo'yicha maxsus dasturi – YuNYEP (United Nation Environmental Programm) xalqaro xamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. 1948 yil tuzilgan nodavlat tashkilot Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi yuzdan ortiq davlatlarning 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan. Xozirgi vaqtda tabiatni muhofazasi sohasida 250 dan oriq nodavlat tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. BMT ning fan, maorif, ta'lim va san'at masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti YuNYESKO 1968 yilda qabul qilingan 14 loyixadan iborat “Inson va biosfera” (Man and Biosphere) dasturi xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik dastur hisoblanadi TMXI tomonidan 1966 yil birinchi xalqaro “Qizil kitob” chop qilindi.
| |
Просмотров: 1418 | |
Всего комментариев: 0 | |