Главная » Статьи » Ekologiya |
Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik sistema tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o'z ichiga oladigan funksional sistema ekologik sistema deyiladi. O'rmon, cho'l, o'tloq, suv havzasi va boshqalar ekosistemaga misol bo'la oladi. Ma'lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashganlar. Bunday uzviy bog'lanishlar biogeosenozlarni tashkil etadi. Biogeosenoz umumiy, tabiiy kompleks biogeosenozning birqismidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologik A. Tensli tomonidan kiritilgan. Biogeosenoz (bios-hayot, geo – Yer, senoz – umumiy, jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif etgan. Shunday qilib, biogeosenoz (yoki ekosistema) deyilganda o'zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo'lgan, o'ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan Yer yuzining muayyan qqismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o'ziga xos tarzda ta'sir etuvchi birikmalar yig'indisi tushuniladi. Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog' jinslari, o'simlik va hayvonot dunyosi (o'simlik, hayvonlar, zamburug'lar, mikroorganizmlar) biotsenoz deb atalib, muhit esa ekotop deyiladi. Ekotop o'z navbatida klimatop (atmosfera), gidrotop (gidrosfera) va edafatop (tuproq) degan tarkibiy qismlardan iborat. Biogeotsenoz va ekositema atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. Ular to'la o'xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular guruhlarining yig'indisi, bir-birlari va muhit bilan munosabatni ifodalaydi. V.N. Sukachevning fikricha, biogeotsenoz, bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy to'planishi va muhit bilan doim muloqotdagi o'ziga xos yashash formasidir. Biogeosenozlar Yer yuzining har xil joyida hosil bo'lishi mumkin. Ekosistemalar komponentlari va ulardagi mavjud jarayonlar, biologik tirik, energiya kelishi va moddalar almashinishdan iborat. Bu Yerda quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo'nalib, biologik tirik tomonidan o'zgarib, sifat jihatdan murakkab organik moddaga o'tadi va energiyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi. Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan ekosistemalar energiya kelishi, unga organizmlar immigrasiyasi va emigrasiyasi qilishida energiya kirishi va chiqishida o'zini boshqarib turadi. | |
Просмотров: 6089 | |
Всего комментариев: 0 | |