Главная » Статьи » Ekologiya

Ekologik ta'lim-tarbiyaning yo'nalishlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ekologiyaning ta'lim-tarbiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri jumhuriyatimizda tabiatni saqlash, uning turli boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish borasida uzluksiz ekologik ta'limni tashkil qilish va shu sohaga oid umumiy ta'limni bog'chadan tortib turli korxonalarning xizmatchilari, rahbarlari orasida olib borishdan iborat.

Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:

1.     Tabiat muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiyani kuchaytirish va to'g'ri yo'lga qo'yish uchun pedagogik tajribalar, kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda o'quv darsliklarini yaratish, etarli darajadagi yuqori ma'lumotli mutaxasislar tayyorlash shart;

2.     Ekologik ta'lim-tarbiyani hamma joyda aholining turli guruhlari o'rtasida uzluksiz olib borish, o'quvchilarga tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish, ularning malakalarini oshirish, tabiiy boyliklarni saqlash, tejash borasida yoshlarni ekologik iqtisodchi qilib yetishtirish kerak;

3.     Voqelikni o'rganish, muhitni muhofaza qilish borasida bog'cha, maktab bolalaridan toritib, yuqori yoshdagi rahbarlarda ekologik ta'lim-tarbiyaga nisbatan chidam, bartosh, toqat ko'nikmalar hosil qilib, ularga atrof-muhitga oid ta'lim beradigan qisqa va ko'p yillik kurslarni tashkil qilish shart;

4.     Ekologik ta'lim-tarbiya olgan kishilar o'zlari yashab turgan joylarning ekologik holatidan xabardor bo'lishlari, yoshlarga o'rgatishlari, tabiatda biror-bir ekologik o'zgarish sodir bo'lsa, kerakli tashkilotlarga xabar berish yo'llarini bilishlari kerak.

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 2578 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar