Главная » Статьи » Ekologiya |
Ma’lumki, so’nggi yillarda “Ekologiya” so’zi juda ommaviylashib ketdi. Ko’pincha atrof – muhitning nomaqbul holati haqida gapirganda bu so’z tez-tez tilga olinadi. Ba’zan bu atama “Jamiyat”, “Oila”, “Inson”, “Salomatlik” kabi so’zlar bilan birgalikda ishlatiladi. Ekologiya biologiya fanlari tur-kumiga mansub bo’lib, hozirgi vaqtdamus-taqil fan sifatida shakllanadi. Shuningdek, bugungi kunda ekologiya fani ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog’liq holda rivojlan-moqda. Uning ijtimoiy ekologiya sohasi vujudga keldi. Ekologiya tirik jonzotlarning yashash sharoiti va ularning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari va shu asosda tug’ilgan qonuniyatlarni o’rganadi. Bundan tashqari, ekologiya fani insonning tabiat bilan o’zaro ta’sirini eng maqbul tarzda tashkil etish uchun ilmiy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bunda ekologiya tirik jon-zotlarning tuzulishi va funksiyasini o’rganuvchi biologiya, botanika, zoologiya, fiziologiya, biokimyo, morfologiya, mole-kular biologiya, mikrobiologiya va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlarga tayanadi. Zero, fanlarning tarmoqlanish bosqichidan so’ng qonuniy ravishda, tegishli sohalarda to’plan-gan bilimlarni umumiylashtirish, birlash-tirish, tasniflash, tizimlashtirish lozim bo’ladi. Inson o’z taraqqiyotining dastlabki bos-qichlaridayoq tabiat bilan uzluksiz bog’liqdir. U hamisha o’simlik va hayvonot olami, ularning resurslari bilan uzviy bog’lanishda yashagan. Demak, inson doimo hayvonlar, baliqlar, qushlar va boshqalarning hayot tarzi hamda taqsimlanish xususiyatlarini e’tiborga olishga majbur bo’lgan. Albatta, qadimgi insonlarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari ilmiy harakterga ega bo’lgan emas. Ular atrof-muhitdagi o’zga-rishlar mohiyatini hamisha ham to’g’ri anglayvermagan. Ammo vaqt o’tishi bilan ularning aynan tabiat yoki atrof - muhit haqidagi tasavvurlari ekologik bilmlar to’p-lanishi uchun manba bo’lib xizmat qilgan. Bizgacha yetib kelgan qadimgi qo’lyozmalarda nafaqat turli xil hayvonlar va o’simliklar tilga olinib o’tiladi, balki ularning hayot tarzi, atrof - muhitning ahamiyati haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilib o’tiladi. Ekologiya atamasini fanga birinchi marta 1866 – yilda nemis biologi Ernst Gekkel kiritgan. “Ekologiya” so’zi ( yunoncha oykos- uy, yashash joyi, maskan, logos - fan ) o’z mazmuniga ko’ra, “uy haqidagi, o’zi-ning yashash joyi haqidagi fan” degan ma’-noni anglatadi. Yanada umumiyroq ma’noda ekologiya - bu organizmlarning ularni o’rab turgan yashash muhiti bilan o’zaro muno-sabati ( shu bilan birga ularning boshqa organizmlar va turkumlar bilan o’zaro bog’-liqligi (xilma -xilligi )ni o’rganuvchi fandir. Ekologiya faqat XX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi va rasmiylashdi. Haqiqatda esa, ekologiyaning fan sifatida katta ahamiyati yaqin vaqtlardan boshlab tushinila boshlandi. Bu quyidagi holatga bog’liq holda tushuntiriladi. Yer yuzida aholi sonining ortishi va tabiiy muhitga bo’lgan ta’sirining kuchayishi inson oldiga hal etilishi zarur bo’lgan qator yangi hayotiy muhim masalalarni qo’ydi. Inson endilikda o’zini o’rab turgan tabiatning qanday tuzulgani va “qanday ishlashi” haqida to’la ma’lumotga ega bo’lishi, to’g’rirog’i, uni yaxshi bilishi kerak. Ekologiya fani xuddi ana shu muammolarni o’rganadi. Ekologiya g’oyasi fundamental ilmiy fan sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Agar biz bu fanning dolzarbligini e’tirof etadigan bo’lsak, eng avvalo, biz uning qonunlari, tushunchalari, atamalaridan to’g’ri foydalanishni o’rganib olishimiz kerak. Axir, ular odamlarga o’zlarini o’rab turgan tabiiy muhitda o’z o’rnini aniqlashda, tabiat boyliklaridan to’g’ri va oqilona foydalanish-da juda katta yordam beradi. Hozirgi zamon biologik bilimlarning sintezi asosida yuzaga kelgan ekologiya biologic yo’nalishida to’plangan bilimlarni umum-lashtiruvchi yangi fan tarzida maydonga keldi. Organizmlar tuzulishining u yoki bu xususiyatlarini va ularda sodir bo’luvchi jarayonlarni o’rganuvchi boshqa biologik fanlardan farqli o’laroq ekologiyada alohida-alohida organizmlarni bir butunlikka bir-lashtirgan yirik biologik tizimlarni (masalan, faqat chumolini emas, balki barcha chu-molilar va ular yashaydigan muhitni o’rganish) tadqiq etishga, organizmning o’zi yashaydigan muhit va boshqa yirik jonzotlar bilan o’zaro bog’liqligini o’rganishga jiddiy e’tibor beriladi. XX asrning ikkinchi yarmida hozirgi zamon fanlarini o’ziga xos tarzda “ekologiyalastirish”yuz berdi. Bu, albatta, ekologik bilmlarning katta ahamiyatini aniqlash, inson faoliyati ko’pgina hollarda nafaqat atrof-muhitga zarar keltirishini, balki unga salbiy ta’sir ko’rsatib, yashash sharoitlarini o’zgar-tirib yuborishi insoniyat hayoti uchun xavf-xatar tug’dirishi mumkinligini tushunish bilan bog’liqdir.
| |
Просмотров: 9033 | |
Всего комментариев: 0 | |