Главная » Статьи » Ekologiya

Ekologiyani o'rganish uslublari va fanlararo aloqadorlik

 

 

Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko'pincha tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning modellashtirish  uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik jarayonlarni va shunga o'xshashlarni soddalashtirish yo'li bilan o'xshatish ma'nosida umumlashtirish, dinamik yoki statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir. Hozirgi kunda ekologiyaning ijtimoiy va tabiiy rivojlanayotgan ko'p tarmoqlari mavjud. Jumladan, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keldi.

Ekologiya tabiatdagi muvozanatni, tabiiy xodisalarni o'rganuvchi istiqboli keng fan hisoblanadi. Tabiat va uning mahsulotlari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlar va o'simliklarga bo'lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina Ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin.

Endilikda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika va uning yutuqlari ekologik nuqtai nazardan ko'rib chiqilishi lozim. Atrof muxitni muhofaza etish va tabiat ehsonlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish har bir insonga ta'lluqlidir. 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 5050 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar