Главная » Статьи » Ekologiya |
Ekosistemalarda materiyaning bir formasidan ikkinchi formaga o'tishi, kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya'ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga o'tishi elementlarni doimiy sirkulyasiya qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar katta yoki kichik berk aylanma holati bo'lib, u biogeoximik sikl deb ataladi. Hayotga kerakli elementlar, moddalar va noorganik birikmalar harakati ozuqa elementlarining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishiga ikki holat ajratiladi: 1) Rezerv fondi – nobiologik komponentlaridan hosil bo'lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko'p massasi; 2) Harakatchan yoki almashinadigan fondi – bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun organizmlar o'rtasida va ularni o'rab turgan muhitda tez almashish xarakterlidir. Tabiatda uchraydigan 90 dan ortiq elementlarning 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni zarurdir. Ular ichida eng kerakli – uglerod, azot, vodorood, kislorod, fosfor kabilar bo'lib, boshqalari uncha ko'p bo'lmagan holda talab qilinadigan kalsiy, temir, kaliy, magniy elementlaridir. Bu elementlar vaqti-bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o'tib, ma'lum darajada murakkab bioximik sikllarda qatnashadi. Biogeoximik sikllarning gazsimon moddalar va cho'kma sikllar aylanishiga bo'linishi va shu sikllarning bir turida uglerod, azot yoki kislorod qatnashadi. Ular uchun atmosfera yoki okean kabi katta fondlar bo'lib, shu fondlarga gazlar miqdori buzilsa, tezda to'ldirib turadi. Masalan, bir joyda CO2 ning ortiqcha to'planishi, havo to'lqinlari bilan tezda tarqatib yuboriladi yoki o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi va dengizlarga yutilib karbonatlarga aylanishidan domi bir darajada (0,03%) bo'ladi. Cho'kma sikllarda fosfor, temir, magniy kabi elementlar qatnashib, ular o'z-o'zlarining miqdorini boshqara olmaydi, chunki ular kam aktiv va kam harakatli Yer qobig'ida joylashgan.
| |
Просмотров: 1168 | |
Всего комментариев: 0 | |