Главная » Статьи » Ekologiya |
Mexanik cho‘kmalar nurash mahsulotlarining loyqa, chang, sudraluvchi va dumalovchi bo‘laklar ko‘rinishida muzliklar, shamol, daryo va dengiz suvlari ta’sirida siljishi va saralanishi natijasida hosil bo‘ladi. Mexanik cho‘kma konlarni ikki turga, ya’ni bo‘lakli jins va sochma konlarga ajratish mumkin. Bulardan birinchisi qurilish mate- riallari sifatida, ikkinchisi esa, turli qimmatbaho minerallar sifatida sanoat ahamiyatiga ega. Mexanik cho‘kindi konlarning hosil bo‘lishi suv oqimining tezligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bunda suvning oqim tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u oqiza oluvchi jins bo‘laklarining o‘lchami shunchalik katta bo‘ladi. Qurilishda bo‘lakli jinslarning quyidagi xillari ishlatiladi: xar- sang tosh (bo‘laklari 200 mm va undan katta), tosh (10–200mm), sha- g‘al (1–10 mm), qum (0,1–1 mm), alevrit (00,1–0,1 mm), gil (zarralar kattaligi 0,01 mm va undan kichik). Xarsangtosh va toshlar daryolarning juda tezoqar yuqori qism- larida va dengizlarning qoyali qirg‘oqlarga bevosita urilishi joyida hosil bo‘ladi. Shag‘al konlari hosil bo‘lishi sharoiti bo‘yicha to‘rt xil bo‘lishi mumkin: 1) delyuvial; 2) allyuvial; 3) periglyatsial; 4) dengiz va ko‘l qirg‘oqbo‘yi konlari. Bularning hammasi hozirgi zamonda yoki geologik tarixning shunga yaqin davrlarida hosil bo‘ladi, «qadimgilari» esa, juda jipslashib, ishlatishga yaroqsiz holga kelib qoladi. Qum konlari hosil bo‘lishi sharoiti bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: 1) elyuvial konlar; 2) delyuvial konlar; 3) prolyuvial konlar; 4) allyuvial konlar; 5) flyuvioglyatsial (muzlik suvi to‘plashidan hosil bo‘lgan) kon- 6) ko‘l va dengiz konlari; 7) eol (shamol) konlari Bularning ichida allyuvial, ko‘l va dengiz konlari katta amaliyahamiyatga ega. Ular ham geosinklinal, ham platformalarda hosil bo‘lib, devondan to to‘rtlamchi davrgacha bo‘lgan yoshdagilari ma’- lum. Tarkibi bo‘yicha monomineral kvars, oligomikt (biroz «iflos- langan» kvars), arkoz (kvars va dala shpati ko‘proq) va aralashma qum konlariga ajraladi. Gil konlarini quyidagi genetik turlarga bo‘lish mumkin: 1) nurash qobig‘i konlari; 2) delyuvial konlar; 3) allyuvial konlar; 4) ko‘l va dengiz konlari; 5) flyuvioglyatsial konlar; 6) lyoss konlari. Asosiy minerallari kaolinit, galluazit, montmorillonit, pirofillit, allofan va gidroslyudalardir. Undan tashqari turli oksid va gidrooksidlar, kvars, dala shpati va boshqa tarkibdagi zarralar ham ko‘p. Gil ichidagi qum fraksiyasining (qumga oid kattalikdagi zarralarning) miqdori 50–60 %ga borsa suglinok, agar 80 %dan oshsa supes deb ataladi. Kembriydan hozirgacha yoshdagi gil konlari ma’lum.
| |
Просмотров: 1698 | |
Всего комментариев: 0 | |