Главная » Статьи » Ekologiya

Tabiatni muhofaza qilishda huquqiy bazaning yaratilishi

 

 

 

 

Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari qonuniy aktlar (farmonlar, ko'rsatmalar, qarorlar) ilmiy tavsiyalar, ishlanmalar, tabiatni muhofaza qilish ta'limi asosida, nazorat boshqaruv organlari faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash, ushbu faoliyatning tashkil qilinishi, amalga oshirilishi va qonuniy ta'minlashnishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi, amalga oshirilishi va qonuniy ta'minlashiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi turli davlatlarda farqlanadi. Har bir davlatning rivojlanish darajasi, mulkchilik shakllari o'ziga xos boshqaruv tizimining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Alohida davlatlarda tabiatni muhofaza qilish sohasida qonunlar, farmon va bo'yruqlar qabul qilinadi. Maxsus davlat tashkilotlari tabiatni muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiradi. Bundan tashqari tabiatni muhofaza qilish va ekologik ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi jamoat tashkilotlari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu yo'nalishda maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Har bir davlatning qonunlarida ekologik jinoyatlar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik normlari belgilanadi. Alohida davlatlarda atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi – monitoring faoliyat ko'rsatadi. Monitoring tizimini keng qamrovligi ko'p jihatdan atrof muhit holatini ishonchli baholash imkonini beradi

 

 

 

 

 

Категория: Ekologiya | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 1235 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar