Главная » Статьи » Ekologiya |
Tuproq resurslarini muhofaza qilishda yerlarni qayta sho'rlanishiga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega. Tuproqning qayta sho'rlanishiga qarshi kurashish uchun qo'yidagilarni amalga oshirish lozim: grunt suvi yer betiga yaqin bo'lgan ijoylarda zovurlar, drenajlar tashkil etish; sho'rlangan tuproqni yuvib turish; sug'orish normasiga va texnikasiga qat'iy rioya qilish; sug'orishning yangi usullarini (tuproq ostidan, shudgorsiz haydov, shlanglar va lotoklar yordamida, yomg'irlatish, tomchilab sug'orish va boshqalar) qo'llash; kanal va ariqlarni betonlash orqali filtrasiyani kamaytirish va boshqalar. Tuproqni injenerlik kommunikasiya ta'sirida ifloslanishdan saqlashda quyidagilarga amal qilish kerak: er osti injenerlik kommunikasiya qurilishlarida quvurlar kabellarni yotqizish qoidalariga to'la rioya qilish kerak; har xil quvurlar va kabellar yotqizilayotganda ekologik zonaning kengligiga rioya qilish zarur; injenerlik kommunikasiya quvurlari, har xil kabellar maxsus tunnel qazilib, usha tunnel orqali o'tkazilishi kerak. Bu tadbirlar amalga oshirilsa, birinchidan tuproq zaharlanib ifloslanmaydi, ikkinchidan o'sha kommunikasiya quvur va kabellarning ishlashi ustidan nazorat qilish osonlashadi. | |
Просмотров: 2276 | |
Всего комментариев: 0 | |