Главная » Статьи » Ekologiya |
Ilmiy texnika taraqqiyoti davrida mineral resurslardan xalq xo'jaligining hamma sohasi uchun zarur bo'lgan universal xom ashyoga aylanib qoldi. Shu sababli agar inson XVIII asrgacha faqat 18 xil elementlardan foydalangan bo'lsa, XIX asrda 62 tasidan, hozir 200 ta element va ularning birikmalaridan, shuningdek, tabiiy sharoitda uchramaydigan, faqt laboratoriyada olish mumkin bo'lgan elementlarning izotoplaridan ham foydalanishga erishdi. Hozirgi davrda mineral resurslar har qanday davlatning ham iqtisodiy taraqqitini belgilab beruvchi asosiy omillarga aylanib qoldi. Shu sababli, hozir dunyo bo'yicha (S.A. Brilov, L.G. Grabchak , 1985 ma'lumotlariga ko'ra)har yili 150,0 mlrd. t mineral xom ashyo qazib olinmoqda. Sanoatning rivojalanishi uchun zarur bo'lgan temir rudalarning er kurrasida zahirasi ko'p bo'lib, Yerdan 260 mlrd. t qazib olish mumkin. Bundan 15 avval Sobiq ittifoqda 250 mln. t, Xitoyda 151, Avstraliyada 91, Braziliyada 70, AQShda 49, Kanadada 40, Shvesiyada 21, JARda 25, Fransiyada 67 mln. t qazib olingan. Qadim zamonlarda kishilar er yuzasiga va er osti boyliklariga yaxshiroq ta'sir etmaganlar. Sanoat ishlab chiqarish ya'ni kapitalizm davridan boshlab ahvol keskin o'zgargan. Xususan so'ngi 10 yillikda fan-texnika revolyutsiyasi ro'y berishi bilan kishilarning xo'jalik texnik ehtiyojlari va texnika qudrati tabiiy prosessoriga katta ta'sir etib, er qiyofasiga jiddiy o'zgartirib yubormoqda. Anna shuning uchun ham ba'zi bir olimlar biosfera Bilan birgalikda kishi aqli va qudrati ila yaratilgantexnika kirib borayotgan sfera – texnosfera mavjud demoqdadir. Bu sferaning tashkil topishiga mineral resurslar katta rol o'ynaydi. Yer osti boyliklari deganda, erning ichki qismida bo'lgan asosiy mineral resurslar tushuniladi. Yer usti boyliklari qum, shag'al, ba'zi bir tuzlar va boshqalar ham bor. Fan-texnika taraqqiyoti asrida er osti boyliklaridan foydalanishda uch xususiyat mavjud. 1. Ishlab chiqarishni rivojlanishi ko'p miqdorda mineral resurslarni talab etadi. 2. Sanoat va qishloq xo'jaligida foydali qazilmalarning yangidan-yangi turlaridan foydalanilmoqda va ularga yangi talablar qo'yilmoqda (neft, yoqilg'i edi, hozir xom-ashyo hisoblanadi). 3. Geologiya va tog' ishlarida er osti boyliklarining joylashishdagi konuniyatlarini topi shva ilmiy prognoz qilish gurkirab avj olmoqda. | |
Просмотров: 1621 | |
Всего комментариев: 0 | |