Главная » Статьи » Huquq

Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar

“Partiya” so`zining kelib chiqishi lotincha “qism”, “bo`lak” ma`nosini bildirib dastlab Qadimmgi Gretsiya va Yunonistonla paydo bo`lgan. Bugungi siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy xayotida munosib o`ringa ega  bshlishi, avvalo siyosiy maqomni aniq tasavvur etishi, jamiyat siyosiy xayotida tutgan o`rni, maqsad va vazifalariga mos amaliy faoliyat ko`rsatishi bilan belgilanadi.

AQShda partiyalar faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunchilik tizimi mavjud. Bu qonunchilikni asosiy qismini shtatlarning aloxida qonunlari tashkil etadi. AQShda 2 ta asosiy partiya qolgan partiyalardan ustunlikka ega.

Bu partiyalardan biri «Respublika» partiyasi bo`lib, 1854 yili tashkil topgan. «Respublika» partiyasi faoliyati AQSH halqining turli tabaqalarni o`z orqasidan ergashtirsa ham, asosiy maqsadi monopoliyalar manfaatini ximoya etish.

«Respublika» partiyasi raqibi «Demokratik» partiyadir. U 1928 yili tashkil topgan, halq orasida katta eotiborga ega. Asosiy maqsadi millatni rivojlantirish uchun, tadbirkorlikka qaratilgan. Tadbirkorlarga sharoitlar yaratib berish, buning uchun har xil ko`rinishlar o`tkazish kerakligini talab qilinadi. Ularni saylov paytida ayniqsa uyushmalar qo`llab quvvatlaydi. Tashqi siyosatda harbiy ustunlikka erishishni maqsad qilib qo`ygan.

Ikkala partiya ham kuchli bo`lib, AQSH Kongressida o`z fraksiyalariga ega. Aynan shu ikkala partiya orasidan prezidentlikka nomzod qo`yiladi. Bu partiyalar bir biriga juda o`xshash. Bu partiyalardan tashqari boshqa partiyalar ham mavjud. Masalan, proxibitsionistlar partiyasi(alkogol ichimliklar savdosini taqiqlashni maqsad qilib olgan). Yana uchta partiya bor(sotsial demokrat, ishchilar sotsialistlar, sotsialistik leyboristlar partiyasi), ammo ulraning mavqei baland emas.

Meksika davlatida siyosiy partiyalar huquqiy xolati 1977 yilgi siyosiy partiyalar to`g`risidagi federal qonun bilan tartibga solinadi. Bunga ko`ra partiyalar o`z nomzodlarini saylovga qo`yishi uchun 2 shartni bajarishi lozim.

-nomzodlarni qo`llash haqida 85 ming imzo yig'ish,

-shtatlarning yarmi va har bir shtatdan 3 000 ovoz yiish darkor.

Meksikadagi ko`zga ko`ringan partiyalardan biri «Institutsion revolyutsion partiya»dir. U  1929 yili tashkil etilgan, o`z orqasidan aholining keng qatlamini ergashtira oldi. 

1963 yili mustaqillikka erishgan bir paytda Keniyada ikkita umummilliy parlament bor edi.

Keniyaning Afrika milliy itifoqi partiyasi kuchli siyosiy iashkilot bo`lib, ular o`z saflariga mamlakatning turli qatlamlarini birlashtirgan va mustaqillikka erishishga harakat qilgan. Keniyaning Afrika milliy itifoqi partiyasi 1960 yili 30dan ortiq tashkilot  va partiya va qabila guruhlaridan tashkil topgan. Bu partiya aozolari asosan dexqonlar ishchilar va ziyolilar edi. U xukumat tepasida bo`lgan yillari iqtisodni mustahkamlashga harakat qildi. Partiya nizomiga ko`ra Keniyaning 14 yoshli fuqarosi 2 yilga partiya biletini sotib olib unga aozo bo`lishi mumkin. partiyaga aozo bo`lish har xil ishlarni bajarishni talab etmaydi. Partiyaning yuqori organlari partiya konferensiyasi va partiya komiteti xisoblanadi. Partiyaning 150-200 ming aozosi bor.

Keniyaning yana bir partiyasi Afrikaliklar demokratik partiyasi bo`lib, ular mayda qabilalarni ximoya qilish, Keniyada demokratik davlat tuzish tarafdoridir.

1963 yili parlament saylovlarida Milliy ittifoq partiyasi demokratik partiya ustidan alabaga erishdi. Bu partiya parlamentda 2/3 o`rinlarga ega bo`ldi. Bundan so`ng demokratik partiya tarqatildi va uning aozolari Keniya milli yittifrqi partiyasiga aozo bo`lishdi.

1968 yili parlament tomonidan qonun qabul qilingan bo`lib unga ko`ra hokimiyat har qanday davlat manfaatlariga zara yetkazadigan siyosatni olib boruvchi partiyani ro`yxatdan o`tkazmasligi mumkin. 1969 yili xukumat ushbu qonun talablariga javob bermaydigan KPU partiyasini ish faoliyatini to`xtatdi.

Bundan so`ng mamlakatda hech qanday partiya faoliyat qursatmay qoldi. Keniyada KAPU partiyasi faoliyat ko`rsatmoqda, YA`ni bu yerda yakkapartiyaviylik tizimi o`rnatildi.

Buyuk Britaniyada konservatorlar partiyasi muhim urin tutadi. U monopolistlarni va yirik yer egalarini manfaatlarini kuvvatlaydi. Bu partiya o`z orqasida ishchilarni ham ergashtira oldi. Konservatorlar partiyasi aozolari badallik to`loqlarini to`lamaydi. Bu partiyani moliyaviy jixatdan monopolistlar ta`minlaydi. Bu partiyaning kariyb 9 mln. aozosi bor. Ular xususiy tadbirkorlikni maoqullaydi.

Konservatorlar partiyasi asosiy raqibi liberallar partiyasidir. Bu partiya 20 asr boshlarida kasaba uyushmalar yordamida tashkil etilgan. Bu partiyaga butun bir tashkilot yoki jismoniy shaxslar ham aozo bo`la oladi. Xozirgi kunda leyboristlar partiyasiga 280 ming aholi, 6.5 mln. odamlar kasaba uyushma orqali 43 ming odam boshqa tashkilotlar orqali aozo bo`lgan. Bu partiya ishchilar partiyasidir. 1983 yilgi saylovlarda bu partiya yirik malubiyatga erishdi u 27.6 % ovoz oldi xolos. Buyuk Britaniya xayotida neofashistik partiya, «Milliy front », o`z o`rniga ega. bu partiya 19767 yili to`zilgan.

Liberallar partiyasi 1877 yili tashkil topgan. 20 asr boshlarida konservatorlar bmilan kurash olib borgan, ammo keyinchalik o`z ahamiyatini yo`qotdi.

Hindiston qonunchiligida partiyalar xaqida aytilmagan. Hindistonda partiyalar tez almashadi va parchalanadi.

Eng nufo`zli partiya «Xind Milliy Kongressi»partiyasi bo`lib, u 1885 yili to`zilgan. Bu partiya 1947-1977 yillarda hokimiyat tepasida bo`lgan. 1976 yili bu partiyadan «Indira Xind Milliy kongressi» partiyaisi ajralib chiqdi.

O`ng kuchlarni «Bharatiya djakata partiyasi», «Djanata parti», «Domet mazdur kisan parti» birlashtiradi.

Hindiston kommunistik partiyasi 1925 yili tashkil etilgan bo`lib, u so`l kuchlarni birlashtiradi. Bu partiya asosan Bihar va Utar provesh shtatlarida o`rni katta.

Yaponiya konstitutsiyasida partiyalar xaqida hech narsa deyilmagan, ammo ijtimoiy fondlarni nazorat qiluvchi qonun bor.

Yaponiyada asosiy partiyalardan biri Liberal demokratik partiyadir. U 1955 yili tashkil topgan. Bu partiya Yaponiya va AQSH o`rtasidagi aoloqalarni mustahkamlash tarafdori. 1955 yildan beri LDP Yaponiyada saylovlarda muntazam olib keladi. 1986 yili LDP parlamentdagi 500 o`rindan 300 o`rinni egallagan.

1964 yili buddistlar «Adolatli boshqarish patiyasini»tuzishgan. Ularning maqsad noaniq tuzum «gumon sotsializm»dir.

Yaponiya sotsialislarning eng o`ng guruhi 1960 yili Demokratik sotsializm partiyasini tuzishdi. Bu partiya kommunizmga qarshidir.

Yaponiya sotsialistik partiyasi ishchilarga juda zo`r ta`sir etadi, chunki uni Kasaba uyushmasi bosh kengashi quvvatlaydi. Ularning maqsada Yaponiyada sotsialistik jamiyat qurishdir. Ular kommunistlar bilan birga ishlasada, xukumat tuzishda aloxidadir.

Yaponiya kommunistik partiyasi 1920 yili to`zilgan. Uning 480 ming aozosi bor. Ularning maqsadi AQSH va Yaponiya monopoliyalariga qarshi kurashdir. Ularning oyasi Yaponiya demokratik davlat qurish.

Yaponiya partiya tizimida LDP xukmronlik qiladi. Saylovda hech bir partiya unga qarshi chiqmaydi. LDP va YAKP birlashishi ularning mavqeini mustahkamlab qo`ydi.

Italiyada siyosiy partiyalar ma`lum darajada konstitutsiyaviylashtirilgan bo`lib, konstitutsiyada fuqarolarning erkin birlashishi va davlatni boshqarishda katnashishi aloxida belgilab qo`yilgan. 1974 yilgi qonun amalda partiyalarning davlat moliyaviy ta`minlaydi. Partiyalar davlatga kelgan daromad manbai xaqida ma`lumot beradilar. Italiyada ta`sirchan va nufo`zli partiya bu Xristan demokratik partiyadir. U 1993 yilda Vatikan bilan uzviy bog`liq xolda tashkil etilgan. Bu partiya Italpyan monopolistik guruhlarning eng qudratlilarni manfaatlarini ximoya qiladi.

O`z siyosiy kuchi orqali dehkonlarni va shaharli ishchilarni nazorat qiladi va ushlab turadi. XDP saflarida 1,8 mln. aozo bor. XDP katolik cherkov bilan uzviy bog`liqdir. XDP bir necha jamoa tashkilotlarni va kasaba uyushmalarni ximoya qiladi. XDPning asosiy siyosiy oyasi katolik cherkovni kuvvatlaydi, xususiy mulk daxlsizligini tarib qiladi, ishchi va dexqonlar harakatiga qarshi chiqadi. Tashqi siyosatda AQSH harbiy aloqalarni mustahkamlash tarafdori. Italiyada neofashistik partiyalar ta`siri kam. Urushdan keyin fashistlar tarafdori birlashdi. 1947 yilda Italpn sotsial kafolat partiyasini to`zdilar.

1972 yilda monarxistlar bilan qo`shilib yangi nom «Italpyan sotsial harakati»nomini oldi. Bu partiya tarafdorlari turli xildir. Bu partiya teroristik guruhlar bilan doimiy aloqadadir. Ishchi va dexqon partiyalarni birlashmalariga qarshidir. Bu partiya konstitutsion isloxotlar o`tkazish tarafdoridir. Italiya liberal partiyasi 1848 yilda tashkil topgan va xozirda nufo`zi baland emas. Ularinng oyasi xususiy tadbirkorlikka erk berish va davlatning bunga aralashmasligi. Italiyaning respublikachilar partiyasi liberallar partiyasiga o`xshab obro`yi katta emas.

Italiya sotsial demokratik partiyasi 1952 yilda to`zilgan. 1966 yilda sotsialistlarga ko`shilgan, oradan 3 yil o`tgach yana ajralgan. Bu partiyada asosan o`rta xol aholi, xizmatchilar, yuqori xaq oluvchi ishchilar birlashgan. Bu partiya safida 30000 aozo bor. Uning arboblari Italiya mehnat ittifoqiga raxbarlik qiladi. Ularning asosiy oyasi huquqiy davlat qurishdir. Ichki va tashqi siyosatda XDP bilan bolanib ketadi. Italiya sotsialistik partiyasi mamlakatdagi so`l partiyalardan xisoblanib 1892 yilda to`zilgan. Dastlab kommunistlar bilan keyin kapitalistlar bilan hamkorlik qildi. Uning saflarida 500 ming aozo bo`lib, 2/3 qismi xizmatchilar va ziyolilar. ISP vakillari, Kasaba uyushmalar va birlashmalar mahalliy davlat hokimiyat organlarida hamkorlik qilsada,ahamiyati kamdir. Mamlakatdagi yirik partiyalardan biri Italiya kommunistik partiyasi bo`lib, 1921 yilda tashkil topgan. IKP ommaviy partiyadir. O`z orqasida ishchilar sinfini, dexqonlarin va ziyolilarni demokratik doirasiga ergashtirdi. IKP SDP bilan birgalikda mamlakatdagi yirik ishchi- dexqonlar ittifoqlari, kasaba uyushmalari va birlashmalarini boshqardi. Italiya partiyaviy ommasi ko`p partiyaviylik tizimiga kiradi. Xukumatni 4-5 partiya tashkil etadi. Garchi XDP va IKP boshqfalardan ustun bo`lsada boshqa partiyalar madadisiz hech narsa qilolmaydi. 1946 yil 2 iyunpda referendum o`tkazildi. Unda asosiy masala davlat boshqaruv shakli va «ta`sis  yiilishiga» saylov edi.

Категория: Huquq | Добавил: azizjon_ibragimov (01.08.2016)
Просмотров: 3035 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar