Главная » Статьи » Iqtisod va Moliya

IJTIMOIY JAMG’ARMALARGA MAJBURIY TO’LOVLAR

Yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasining rezidentlari Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lovchilardir.

Quyidagilar Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lmaydi:

notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

yagona soliq to’lovi to’lovchi yuridik shaxslar;

ixtisoslashtirilgan yo’l xo’jaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar, Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bo’yicha ishlarni bajarganlik uchun olingan daromadlar qismi bo’yicha.

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, sof tushum Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:

1) kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun – mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun – o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi qiymati;

3) vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo’yicha, vositachilik va topshiriq shartnomasi bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun – tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun – soliq Kodeksining 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun – moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.

Soliq Kodeksining 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.

Soliq to’lovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega bo’lgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashi shart.

Kalendarь yil soliq davridir.

Hisobot davri quyidagilardir:

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun – yil choragi;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar uchun – bir oy.

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.

          Respublika yo’l jamg’armasiga ajratmalar va yig’imlar stavkalari.

I. Majburiy ajratmalar

N

To’lovchilar

To’lash obyekti

To’lash obyektiga nisbatan stavkalar %larda

1.

Vositachilik, topshiriq shartnomalari va vositachilik xizmatlarini ko’rsatishga doir boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan korxona va tashkilotlar

 

QQSni chegirgan holda vositachilik haqi summasi

1,0

 

2.

Tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari

QQSni chegirgan holda tovar aylanmasi hajmi

1,0

3.

Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza - kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari

Yalpi daromad

1,0

4.

“O’zdonmahsulot” AK korxonalari (g’alla qabul qilish korxonalari va don qabul qilish faoliyatini amalga oshiruvchi donni qayta ishlash korxonalari)

QQSni chegirgan holda ta’minot-sotish ustamasi va chegirmasi

1,0

5.

Kredit va sug’urta tashkilotlari

 

daromad

1,5

6.

Moliyaviy ijara (lizing) xizmatlarini ko’rsatadigan korxonalar

foizli daromad

1,5

7.

Kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari

 

mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi hajmi, QQSni va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun - issiqlik energiyasi, suv ta’minoti korxonalari uchun - suv, gaz ta’minoti korxonalari uchun - tabiiy gazning xarid qiymatini chegirgan holda

1,5

8.

Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

QQSni chegirgan holda o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi

 

1,5

9.

Avtotransport korxonalari

QQSni chegirgan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hajmi

2,5

10.

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari

mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi hajmi, QQS va Aksiz solig’ini chegirgan holda

1,5

 

II. Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar va ajratmalar

N

Yig’imlar va ajratmalar turlari

foizlarda

 

1.

Sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan ushbu vositalarni sotib olganlar (foydalanuvchilar) tomonidan O’zbekiston Respublikasi IIV organlarida ro’yxatdan o’tkazish chog’ida to’lanadigan yig’imlar:

 

 

1.1

- sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari (shu jumladan maxsus avtomobillar) narxidan. Bundan 1.2- bandda ko’rsatilganlari mustasno

 

6,0

1.2

- sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari narxidan: qirqtagacha o’tirish joylari bo’lgan avtobuslar; 10 tonnagacha yuk ko’taradigan yuk avtotransport vositalari

 

20,0

2.

"O’zavtoyo’l" DAK korxona va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan tushgan mablag’larning byudjetga tushishi lozim bo’lgan umumiy summasidan ajratmalar

 

50,0

 

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan – har oyda, hisobot davridan keyingi oyning
25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Respublika yo’l jamg’armasi yig’imlariga quyidagilar kiradi:

avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im.

Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im to’lovchilardir.

Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im to’lovchilardir.

Yig’imlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:

avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tish.

Soliq solinadigan baza quyidagilardir:

olingan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalarining qiymati;

O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.

Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’imni to’lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo’l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;

2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog’idan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;

3) umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo’l xo’jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar – mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari bo’yicha;

4) faoliyatining asosiy turi yo’lovchilar tashish bo’lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo’lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo’lgan avtotransport korxonalari – yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo’yicha (engil avtomobillar va yo’nalishli taksilardan tashqari);

5) yuridik shaxslar – qirq tonnadan ortiq yuk ko’taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo’yicha;

6) homiylik (beg’araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;

7) yuridik shaxslar – avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo’jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o’tkazishda;

8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;

9) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3–5-bandlarida ko’rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.

Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im ular O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda, qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:

1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;

2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;

3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, soliq Kodeksi 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig’im taraflarning yozma kelishuviga ko’ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan taqdirda, yig’im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo’lgan avtotransport vositasi qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganida takroran yig’im undirilmaydi;

4) avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.

Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’im to’langanligi to’g’risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish yoki texnik ko’rikdan o’tkazish amalga oshirilmaydi.

Chet davlatlar avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im chet davlatning avtotransport vositasi O’zbekistonga kirayotganida undiriladi.

Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar to’lovchilari bo’lib, yagona soliq to’lovini to’laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.

 Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarga tortish obyekti bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

a) ulgurji va chakana dorixona muassasalari, ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika maxsuslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, voloyatlararo va tumanlararo) bazalari uchun - yalpi daromad;

b) QQS chegirilgan holda komission taqdirlash summasi - vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun;

v) QQSni chegirgan holda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi - qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun;

g) daromad - tijorat banklari, kredit uyushmalari, sug’urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko’rsatuv punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, video va audiomanbalarni ko’paytirish va ijaraga berishdan, pul yutuqli avtomatlardan foydalanishdan, lotereya o’yinlari o’tkazishdan va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlardan, shuningdek ommaviy kontsert-tomosha tadbirlaridan daromad oluvchi korxonalar uchun;

d) lizingga beruvchining daromadi (marja) lizing kompaniyalari uchun;

e) QQS chegirilgan holda tovar aylanmasi hajmi - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun;

j) QQSni va tegishli ravishda issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik energiyasini, suv ta’minoti korxonalari uchun - suvni, gaz ta’minoti korxonalari uchun - tabiiy gazni sotib olish qiymatini chegirgan holda, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmi - kommunal xo’jaligi tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun;

z) QQS va Aksiz solig’ini chegirgan holda, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun.

 Maktab ta’limi rivojlantirishga majburiy ajratmalar stavkasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar to’lashdan:

notijorat tashkilotlari, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadi va tushumlaridan tashqari;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ozod etiladi.

Jamg’armaga to’lanishi lozim bo’lgan maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar summasi belgilangan majburiy ajratmalarga tortish obyekti va stavkasidan kelib chiqqan holda to’lovchilar tomonidan aniqlanadi.

Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarning hisob-kitoblari davlat soliq xizmati organlariga o’sib boruvchi yakun bilan taqdim etiladi:

yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) – belgilangan shakl bo’yicha har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmasdan;

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - birinchi chorak, yarim yillik, 9 oy yakunlari bo’yicha hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan belgilangan shakl bo’yicha oylarga bo’lib, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda.

Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmasdan to’lanadi.

Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarning o’tkazilishi to’lovchilar tomonidan davlat soliq xizmatining tegishli tuman (shahar) organlari uchun xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan 901-son shartli raqamli (UNS) 20205-son tranzit hisob raqamlariga, byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg’armasi daromadlar va xarajatlar tasnifining 91-bo’limi 1 paragrafida aks ettirgan holda, amalga oshiriladi.

Kun davomida kelib tushgan majburiy to’lovlar summalari banklar tomonidan kun oxirida avtomatik rejimda xizmat ko’rsatuvchi banklardagi tranzit hisob raqamlaridan to’liq hajmda Jamg’armaning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahri Bosh boshqarmasining hisob-kitob-kassa markazida ochilgan maxsus hisob raqamiga ko’chiriladi.

 

Категория: Iqtisod va Moliya | Добавил: azizjon_ibragimov (27.01.2016)
Просмотров: 2126 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar