Главная » Статьи » Iqtisod va Moliya |
Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda. Bu haqda respublika 1-Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma Majlisidagi ma’ruzasida quyidagi fikrlarini bildirganlar. “Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi... Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o’ajmi o’tgan yili 10,1 foizga oshdi... Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o’zgarmoqda, fermerlik qishloqda xo’jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o’rinni egallamoqda,- deb yakun yasagan. Lekin, erishilgan natijalar hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondiraolmaydi. Shuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan “bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish” asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Yeng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizasiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir. Uni hal etish maqsadida qishloqxo’jaligini modernizasiya etish natijasida tarmoqni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlash zarur. Buning uchun qishloqxo’jaligidagi xususiy tarmoqni ustuvor darajada o’sishini ta’minlashga erishish lozim. Shuning bilan birgalikda “... kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirish” agrar islohotining ustuvor yo’nalishi deb belgilangan. Ularni ijobiy hal etilishini ta’minlashga qaratilgan aniq chora tadbirlar ham belgilangan. Jumladan, avval ta’kidlangan Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarorida 2005 2007 yillarda uch yil davomida rentabelligi past bo’lgan 1100 ta shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklarini to’g’ri tashkil etishga katta e’tibor berish zarur. Buning uchun bo’lajak fermer xo’jaliklarining rahbarlarini to’g’ri tanlash hamda ular talab etgan yer uchastkalarini belgilangan muddatlarda ajratib berish masalalarini oshkoralikda, adolatli tarzda va qat’iy tanlov, tender asosida o’tkazilishini ta’minlashga erishish lozim. “Bunda mahalliychilik, urug’- aymoqchilik va poraxo’rlik hollariga keskin barham berish lozim,- deb alohida ta’kidlagan Respublika Prezidenti I.A.Karimov. Fermerlikni ustuvor sur’atlarda rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish: -davlat tuzilmalarining qishloqda tadbirkorlik, kichik biznes sub’yekti hisoblangan fermerlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash; -fermerlarni tander asosida tanlovini o’tkazish, ularga yer ajratish ishlarini oshkoralikda, barcha qonunlar talabi asosida adolatli tarzda amalga oshirish, tender komissiyasining a’zoligiga yetuk, tajribali, bilimdon, halol ma’naviyatli rahbar, mutaxassislarni jalb etish, uning faoliyatini to’liq kompyuterlashtirish; -fermerlarga uzoq muddatga foydalanish uchun ajratib berilayotgan yerlarning sifatini yaxshilab, unumdorligini yuksalishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o’z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan miqdorda mablag’larni davlat byudjetidan ajratish imkoniyatlarini yaratib berish; -ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlariga belgilanayotgan davlat buyurtmasini rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan o’zaro manfaatli davlat dasturlari bilan almashtirish; -fermerlik faoliyatini moliyalashtirish, kreditlashtirish ishlarini soddalashtirish, shartlarining yukini yumshatish, muddatlarini va stavkalarini o’zaro manfaatli bo’lishini ta’minlash; -fermerlik faoliyatida zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini erkin sotib olish va o’z mahsulotlarini mustaqil sotish uchun bozorlarga chiqish (naqd pullarini o’z vaqtida olish) imkoniyatlarini kengaytirish; -fermerlarga barcha turdagi xizmatlarni ko’rsatadigan sub’yektlarni tashkil etish bozor infratuzilmasini shakllantirishni, ularni moddiy resurslar va texnikalar, kadrlar bilan ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni jadallashtirish; -fermer xo’jaliklari to’layotgan soliq va to’lovlar mazmunini, tartibini hamda stavkalarini qayta ko’rib chiqish; -fermer xo’jaliklariga chet yel investisiyalarini jalb etish masalalariga ko’maklashish va boshqalar maqsadga muvoffio’dir. “Biz bugun mamlakatimizni isloh qilish va yangilash maqsadida oldimizga qo’yayotgan va o’z tadbig’ini kutayotgan yeng muhim ustuvor vazifalar asosan mana shulardan iboratdir” | |
Просмотров: 4378 | |
Всего комментариев: 0 | |