Главная » Статьи » Iqtisod va Moliya |
Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta’kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo’q. Pulni tovar ayirboshlashni o’zi yaratdi.Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomalasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomalaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan maxsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomalasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Tarixiy manbalarga ko’ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’oz pullardan foydalanilgan.Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan holda pulni vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan bog’laydi: Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli. Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to’g’ri kelib tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda maxsulot ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortiqchasi tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat maxsulotining tovarga aylanganligini ifodalaydi. Ayriboshlash natijasida tovar maxsuloti o’ziga teng qiymatli ekvivalent maxsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste’molni qondirish birinchi darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash esa ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Masalan, 1 bolta = 20 kg don. Qiymatning to’la yoki kengaygan shakli Tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaytirilgan shakliga o’tilgan. Bunday ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki bir nechta tovarlar ishtirok etadi. Qiymatning umumiy (ekvivalent) shakli Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan maxsulotlar soni ham ortib boradi va ayirboshlashda murakkab holat vujudga keladi, biror bir tovar sohibi ushbu tovarni o’zining iste’moliga zarur bo’lgan boshqa bir tovarga ayirboshlanishi uchun avvalom bor o’zining tovariga ehtiyoji bo’lgan boshqa bir iste’molchini topmog’i kerak bo’ladi, ayirboshlash murakkablashib uning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va hamma tovarlar qiymatini o’zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha maxsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi. Qiymatning pul shakli Maxsulot ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar, mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiqni, tovar ayirboshlashning zaruriyatini yuzaga keltiradi. Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblangangaligi bu jaryonning taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi.Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqadiki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvavalent sifatida qo’llanila boshladi. Bu vazifani dastlab qimmatbaho metallar – mis va kumush, keyinchalik oltin bajaradigan bo’ldi.Oxir oqibatda oddiy tovar ko’rinishidagi umumiy ekvavalent o’rniga pul shaklidagi umumiy ekvavalent, ya’ni pul maydonga chiqdi. Umuman, pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan:
Shuni ta’kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo’lib:
Ayrim manbalarga ko’ra (“Ekonomicheskaya teoriya” pod.red.V.I.Vilyapina, Dobrinina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qog’oz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterina II-davrida Rossiyada paydo bo’lgan. Qog’oz pullar muomalasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), Dubasov I.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim. Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va 1710 yilda Fransiya davlat byudjeti daromadini oshirish bo’yicha hukumatga qog’oz pullar chiqarish bo’yicha taklif bilan chiqqan. O’sha paytda Fransiya Moliya Vaziri bo’lgan Djon Lo 1720 yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi. 1716-1720 yillardagi qog’oz pullar bo’yicha Djon Loni “Mashinnik i proroka” deyilsada, u Yevropa xalqini qog’oz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi. | |
Просмотров: 18464 | |
Всего комментариев: 0 | |