Главная » Статьи » Iqtisod va Moliya |
Qonuniylik demokratik davlat tuzumining asosidir. Bu barchaning qonun oldida tengligi, jamiyatning har qanday a’zosi, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisining unga bir xil bo’ysunishi demakdir. O’zbekistan Konstitutsiyasiga muvofiq qonuniylikning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat. Yuridik hujjatlar tizimida qonunlarning ustunligi, ya’ni ushbu hujjatlarning qonunlarga muvofiq; bo’lishi; davlat boshqaruvi organlari qonunlar asosida va ularni bajarish yuzasidan chiqargan qarorlarning davlatning quyi organlari va mansabdor shaxslar hujjatlaridan ustun bo’lishi; • mahalliy organlar markaziy hokimiyat organlarining huj-jatlarini qati’an bajarishi, joylarda qonunlarga muvofiq borayotgan operativ faoliyatga markaziy organlarning aralashishiga yo’l qo’yilmasligiga; • fuqarolarning huquq va erkinliklarini og’ishmay amalga oshirish, davlat va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarga nisbatan biron-bir zo’ravonlik qilinishiga yo’l qo’ymaslik; • fuqarolariing jamiyat, davlat va boshqa fuqarolar oldidagi o’z huquqiy burchlarini qattiq turib bajarishlari. Qonuniylik jamiyat normal faoliyatining asosi, mustaqil davlatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishning zarur va g’oyat muhim shartdir. Uning yashashi huddi ana shunga bog’liq, qonuniylikning jamiyat xayotidagi real roli huddi ana shundan iborat. U ijtimoiy munosabatdaga barcha ishtirokchilarning harakat birligini, intizom va hukuqiy tartibni ta’minlaydiki, bularsiz iqtisodiyotni shakllantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo’lmaydi. Demokratizm qoidalarini (mansabdor shaxslarning xalq tomonidan nazorat qilinishini va x.k.) buzish qonunsizlik va o’zboshimchalikka, fuqarolarning demokratik huquqlari kamsitilishiga, ularning tashabbuskorligi va faolligi pasayishiga olib keladi. Lekin chinakam xalq hokimiyatini qonunlarning fuqarolar, ularning tashkilotlari va birlashmalari tomonidan bir xil tushunilishi va og’ishmay bajarilishini ham tasavvur etib bo’lmaydi. Demokratiyasiz qonuniylik yo’q, lekin qonunsizlik demokratiya ham yo’q;. Qonuniylikni mustahkamlashning asosiy maxsus vositalari ishontirish, oldini olish, qonunni bo’zuvchilarga bevosita jamoat ta’siri ko’rsatish, qonuniylikning yuridik kafolatlarini takomillashtirishchdan iboratdir. Qonuniylikni buzishlarga qarshi kurashda huquq talablarini bajarishga davlat tomonidan majbur qilishdan ham zarur darajada foydalaniladi. Yuridik javobgarlik - bu talablarning eng asosiy ifodasi-dir. U tartibbuzarlarga nisbatan qonuniy huquqiy sanktsiyalarni qo’llashdan iboratdir. Jinoiy javobgarlik (jinoyat sodir etganlik uchun), ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik (ma’muriy huquqbuzarlik uchun, xizmatda yoki ishda intizomiy nojo’ya harakat, fuqarolik huquqbuzarligi) farqlanadi. Yuridik javobgarlik-murakkabhuquqiy hodisa bo’lib uning mohiyati tushunchasi va mazmuni haqida huquq fanida uzoq va jushkin bahslar bormoqda. Ushbu bahslarning mohiyatiga chukurlashmagan holda yuridik javobgarlik - jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqiy norma sanktsiyasida nazarda tutilgan huquqbu-zarlikni sodir etganlik uchun muayyan shaxsiy yoki mulkiy nomakbul oqibatlarni boshdan kechirishga majburligidir. Hukukshunoslikda huquqning biron-bir sohasiga mansubligiga qarab, yuridik javobgarlikning quyidagi turlarini farqlash odat bo’lgan: a) intizomiy javobgarlik, b) yollanma mehnat kishilarining moddiy javobgarligi; v) ma’muriy; g) jinoiy; d) fuqaroviy-huquqiy javobgarlik. Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari va jihatlari bilan ajralib turadi. 1. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan uning vakolatli organlari orqali tegishli huquqiy hujjatlar - asosan qonunlar, ayrim hollarda esa - qonun asosidagi hujjatlarni chiqarish yo’li bilan joriy etiladi; 2. U vakil qilingan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan qattiq belgilangan protsessual tartibda qo’llaniladi; 3. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan majbur qilishning bir turi bo’lib, javobgarlik huquqiy normalarning sanktsiyalari bilan joriy etilishida ifodalanadi va davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarning o’z hukmini o’tkazishi, majbur qilishi vositasidagina amalga oshirilishi mumkin. Aybdor hatto chiqarilgan qarorni ixtiyoriy suratda bajargan yoki o’zi keltirgan zararni to’lagan taqdirda ham davlat ko’rgan choralarning majburiyligi o’zgarmaydi; 4. Yuridik javobgarlikka huquqbuzarlik, ya’ni sodir etganlik uchun qonunlarda, boshqa normativ hujjatlarda u yoki bu javobgarlik turi nazarda tutilgan aybli, qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik sabab bo’ladi. Intizomiy javobgarlikka intizomiy nojo’ya harakat, moddiy javobgarlikka moddiy ziyon etkazish, ma’muriy javobgarlikka ma’muriy huquqbuzarlik, jinoiy javobgarlikka jinoyat, fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka fuqarolik muomalasi sohasidagi mulkiy munosabatlarga, shuningdek, shaxsiy nomulkiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi huquqqa xilof harakatlar asos bo’ladi; 5. Yuridik javobgarlik hamma vaqt qonunbuzarga nisbatan muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog’liq bo’lib, salbiy oqibatlar deganda xar qanday noqulay natija - masalan litsen-ziya yoki erkinlikdan mahrum qilish, jarima yoki ishdan bo’shatishni va hokazolarni tushunmoq kerak. Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun soliq to’lovchilar (xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning mansabdor shaxslari, fuqarolar), ham davlat soliq organlari (ularning mansabdor shaxslari) ham yuridik javobgar bo’lishlari mumkin. Bu hol O’zbekiston Respublikasining Davlat Soliq organlari to’g’risidagi Nizomda, O’zbekiston Respublikasining Davlat Soliq qo’mitasi to’g’risidagi Nizomda, respublikaning ayrim soliq turlari to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilgan. Biroq yuqorida aytilganlardan sanab o’tilgan sub’ektlar javobgarlikning barcha turlariga jalb qilinadilar, degan ma’no chiqmaydi. Masalan, intizomiy va jinoiy javobgarlik sub’ektlari faqat jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik sub’ekt faqat jismoniy shaxslar (fuqarolar va mansabdor shaxslar) gina emas, balki korxona, muassasa, tashkilotlar ham bo’lishi mumkin deb aytish uchun hamma asoslar mavjud. Soliq to’g’risidagi qonunlar buzilishi munosabati bilan intizomiy, moddiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik masalasi hal qilish chog’ida tegishlicha O’zbekiston Respublikasining Mehnati kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ba’zi boshqa qonun hujjatlari joriy qilgan umumiy huquqiy tartibot amal qilishini nazarda tutish kerak. Xususan, O’zbekiston Respublikasining davlat soliq organlari to’g’risidagi Nizomning 6-bandi ''i" kichik bandiga muvofiq mazkur korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar qonunsiz bitimlardan va qonunda belgilanmagan asoslar bo’yicha olgan mablag’larini davlat daromadiga undirish haqida tegishli sudlarga da’vo bilan murojaat qilish huquqi berilgan. Bunday hol O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining normalari qo’llanilishi kerak. Ma’muriy javobgarlik - yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo’llashda ifodalanadi. Ma’muriy javobgarlik umuman yuridik javobgarlikka xos bo’lgan belgilarga egadir. Shu bilan birga, u bir qator o’ziga xos belgilarga ega bo’lib, ular ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning boshqa turlaridan ajratib turadi. Davlat Soliq organlari ko’rib chiqadigan qonunbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikning xususiyatlarini hisobga olgan holda ana shu belgilarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz: 1) Ma’muriy javobgarlik jinoiy javobgarlikdan farkli ularok faqat O’zbekiston Respublikasining qonunlari bilangina emas, balki Qorakalpogiston Respublikasining qonunlari, xalk deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan (jamoat tartibini saqlash masalalari, agar bu masalalar MJK bilan tartibga solingan bo’lmasa, shuningdek, tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalarida - MJK 56-moddasi) belgilanadi. Bu umumiy qoida bo’lib, undan joylardagi davlat hokimiyati organlari soliq solish masalalarida ma’muriy javobgarlik belgilashga haqli emasligi kelib chiqadi, ayni vaqtda viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati mahalliy organlari 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida"gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq bir qator mahalliy soliq va yig’imlarni joriy etishga haqli. Bundan tashqari joylardagi mazkur davlat hokimiyati organlariga ayrim savdo qoidalarini belgilash huquqi berilgan. Mahalliy soliqlar va yig’imlari, shuningdek, savdoga taalluqli qoidalarni buzganlik uchun aniq javobgarlik esa MJKning tegishli moddalarida nazarda tutiladi. Amaliyotda ma’muriy javobgarlikning ayrim masalalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan hal qilinadi. Masalan, Prezidentning 1995 yil 12 maydagi "Xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmonida soliq organlari debitorlik qarzi muddatida to’lanmaganligi uchun mulkchilikning hamma shakllariga mansub korxona va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga va bundan tashqari, korxonalarning hisob varaqlarida tegishli mablag’lari bo’lgani holda to’lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzgan tijorat banklari filiallarining rahbarlari va bosh buxgalterlariga eng kam ish haqining besh baravaridan to etti baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima solishi belgilab qo’yilgan. 2) Ma’muriy huquqbuzarlik, ya’ni shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ma’muriy javobgarlik uchun amaliy asos bo’ladi (MJK 10-moddasi). Ushbu ta’rifda ma’muriy huquqbuzarliklarning umumiy ob’ekti ko’rsatilgan. Davlat Soliq organlari ko’rishga vakil qilingan huquqbuzarlik ob’ekti soliq solish, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi, shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi munosabatlardir. Muayyan shart-sharoitlarda ma’muriy huquqbuzarlik jinoyatiga, ya’ni jinoyat kodeksi tomonidan jazo qo’llash xavfi bilan taqiqlab qo’yilgan (JK 14-moddasining 1-qismi) aybli, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ka aylanadi, Agar ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy jazo bajarilgan kundan boshlab bir yil mobaynida takror sodir etilgan bo’lsa, u jinoyatta aylanadi. Masalan, savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish (MJK 164-moddasining 1-qismi) ana shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilsa, JK 189-moddasi 1-qismi bo’yicha jinoiy javobgarlikka olib keladi. Etkazilgan ziyonning miqdori ham ma’muriy huquqbuzarlikni jinoyatdan farqlaydigan belgi bo’lishi mumkin. Masalan, foydani (daromadni) yoki boshqa soliq solish ob’ektlarini qasddan yashirish, kamaytirib ko’rsatish, shuningdek katga miqdordagi belgilangan soliqlar, yig’imlar, bojlar yoki boshqa to’lovlarni to’lashdan qasddan boshqacha bo’yin tovlash jinoiy tartibda JK 184-moddasi 1-qismi bo’yicha jazolanadi. Bu o’rinda katta miqdor eng kam ish haqining o’ndan o’ttiz barobarini tashkil etadi. Summa bundan kam bo’lganida aybdor MJK 174-moddasining 1-qismi bo’yicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak. 3) Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazolar nazarda tugilgan. Ularning ba’zilari jinoiy fuqaroviy va mehnat huquqining normalarida belgilangan sanktsiyalar bilan bir xil nomlanishga ega, lekin miqdori va qo’llanish tartibi bilan ajralib turadi. Masalan, MJK 25moddasiga muvofiq, fuqarolarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa o’n baravaridan ortiq bo’lishi mumkin emas (umumiy qoidaga ko’ra). Jinoyat kodeksining 44-moddasida jarima eng kam ish haqining besh baravaridan yuz baravarigacha qilib belgilangan. Mehnat intizomini buzganlik uchun korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati xodimga o’rtacha oylik ish haqining ko’pi bilan yigirma foizi miqdorida, mehnat intizomini muntazam buzganlik, uzrli sabablarsiz progul, ishga mast holda, narkotik yoki toksik sarxushlik holatida kelganlik uchun ko’pi bilan 40 foizi miqdorida jarima solishi mumkin. Amaldagi qonunlarga muvofiq davlat soliq organlari ma’muriy jazo sifatida faqat jarima solishga haqli bo’lib, uning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davomli huquqbuzarlik uchun esa - u ma’lum bo’lgan paytdagi eng kam oylik ish haqiga qarab belgilanadi. 4) Ma’muriy jazoning qo’llanilishi sudlanishga va ishchdan bo’shatishga olib bormaydi. Basharti, ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o’tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo’lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi (MJK 37-moddasi). Shuni nazarda tutish kerakki, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin. Ozmi-ko’pmi uzoq vaqt mobaynida uzluksiz amalga oshirib kelinayotgan huquqbuzarlik davom etayotgan huquqbuzarlik deb hisoblanadi. U yagona huquqqa xilof harakatning yagona tarkibini uzluksiz amalga oshirish bilan ajralib turadi. Masalan, foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish davom etayotgan huquqbuzarlikdir (MJK 175-moddasining 1-qismi). Bunda ikki oylik muddatning o’tishi davlat soliq yoki boshqa vakolatli organning mansabdor shaxsi hodisani aniqlagan kundan boshlanadi. Ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning boshqa turlaridan ajratib turadigan ayrim farqlar ana shulardan iborat bo’lib, davlat soliq organlarining qonunlarni qo’llash faoliyatida hisobga olish zarur. O’zbekistan Respublikasining ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi 1985 yilgi Kodeksi (keyinchalik kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar bilan) davlat soliq organlarining HUQUQ doirasiga to’rtta modda bo’yicha: dori-darmonlar yoki tibbiyot buyumlarini sotish tartibini buzganlik uchun (167-modda 1-qism); foydani (daromadni) yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni yashirish (hisobga olmaslik) va kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzish (175); tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish tartibini buzish yoki tadbirkorlik faoliyatining taqiqlangan turi bilan shug’ullanish (175 1); davlat soliq organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik (176) bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rishni kiritgan edi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi yangi Kodeks davlat soliq organlariga ko’rish uchun vakolat berilgan ishlar bilan bog’liq moddalar sonini ettitaga etkazib kengaytirdi. Unda tegishli huquqbuzarliklarning tarkibi yangicha ta’riflandi, ayrim toifadagi ishlarni ko’rib chiquvchi organlar o’zgartirildi. Davlat soliq organlariga ko’rib chiqish uchun vakolat berilgan ma’muriy huquqbuzarlik ob’ektlarining turlari: a) soliq solish; b) savdo va xizmat ko’rsatish; v) tadbirkorlik faoliyati sohasidagi munosabatlardir. Shunga muvofiq holda davlat soliq organlari ko’rib chiqadigan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin. "Soliqlar va boshqa to’lovlar to’lashdan bo’yin tovlash" deb ataladigan 174-modda ikki qismdan iborat. 1-qismda soliq solinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa ob’ektlarni qasddan yashirganlik (kamaytirib ko’rsatganlik) yohud soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Ko’rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning yuridik tarkibini tahlil qilishga o’tishdan oldin shuni aytish kerakki, soliq to’g’risidagi qonunlar muttasil rivojlanib bormoqda. Vaqti-vaqti bilan Soliq solinadigan ob’ektlarning ro’yxati o’zgartirilmoqda va tuldirilmoqda, soliq stavkalari o’zgartirilmoqda. soliqlar tizimining o’zi ham o’zgarmoqda - ba’zilari joriy etilmoqda, boshqalari bekor qilinmoqda. O’zbekistan Respublikasi Prezidentnning 1994 yil 30 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasida soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida"gi Farmoni bunga misoldir. Shu munosabat bilan davlat soliq organlarining mansabdor shaxslari mazkur o’zgartish va qo’shimchalarni doimo diqqat markazlarida tutishlari, soliq to’g’risidagi qonunlarni buzish hollarini baholashga doir aniq masalalarni hal qilishda ularni hisobga olishlari kerak. Soliq solishdan ozod qilishniig amaldaga tartibini, soliqlar sohasidagi imtiyozlar ro’yxatini bilish ham muhimdir. Soliq qonunchiligi asoslari Xolis qaralganida 174-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik soliq va boshqa majburiy to’lovlar tarzida belgilangan summalarni byudjetga o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan rasmiy hujjatlarda soliq solinadigan ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirmaslik yoki to’la aks ettirmaslikda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan holatda daromadlar deganda, masalan, xususiy mulk asosida faoliyat olib boradigan tadbirkorlarning daromadi, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan tushumlar, ko’rilgan ziyonni to’lash tarzida olingan summalar, korxonaga qarashli aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlar va h.k- tushuniladi. Boshqa to’lovlar deganda turli yig’imlar, shu jumladan, ro’yxatga olish haqi, bojlar, pul-buyum lotereyalari o’tkazishdan kelgan daromadlar va shu kabi soliqqa tortilmaydigan daromadlar tushuniladi. Korxonalar ayrim fondlarga, shu jumladan ijtimoiy sug’urta fondiga, aholining ish bilan bandligiga yordamlashuvchi davlat fondiga, respublika yo’l fondiga, ba’zi boshqa fondlarga badallar to’lashga ham majburdirlar. Soliq solishdan yashiriladigan summaning miqdori (bu tushunchaga yig’imlar, bojlar to’lash, boshqa to’lovlarni to’lash ham kiritiladi) alohida ahamiyatga ega, chunki agar bu summa eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmasa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. MJK 174-moddasining 1-qismi bo’yicha huquqbuzarlik sub’ektlari fuqarolar ham, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ham bo’lishi mymkin. Mansabdor shaxslar deganda soliq solish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etish vazifasi zimmasiga yuklatilgan rahbarlar, bosh (katga) buxgalterlarni anglamoq kerak. Bunda mulkning tsikli, xo’jalik yurituvchi sub’ektning kimga buysunishi huquqbuzarlikni baholash uchun ahamiyatga ega emas. Shuni ham nazarda tutish kerakki, buxgalteriya xizmatiga ega bo’lmagan korxona, muassasa, tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobot ishlarini ixtisoslashgan tashkilot yoki tegishli mutaxassis shartnoma asosida olib borishi mumkin. Ushbu moddani qo’llash paytida ma’muriy javobgarlikka ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda o’n olti "yoshga to’lgan aqli raso shaxslar tortilishi haqidagi umumiy qoidani hisobga olish kerak (MJK. 14, 20-moddalar), O’zbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolar (immunitetga ega bo’lganlaridan tashqari) va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim (MJK 17-moddasi). Shunday qilib, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bulmagan shaxslar MJK 174-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sub’ekti bo’lishlari mumkin. Uni sodir etish fuqarolarga eng kam ish xaqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 174-moddannng ikkinchi qismiga muvofiq eng kam ish haqi-ning bir baravaridan uch baravarigacha miqdordagi jarima daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin tovlaganlik, deklaratsiyani o’z vaqtida takdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun solinadi. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida daromadlar tutrisidagi deklaradiyalarni muayyan muddatlarda fuvarolar ham, korxonalar ham soliq organlariga takdim etib turishlari nazarda tutilgan. Chunonchi, respublika Vazirlar Maxkamasining "Savdoni erkinlashtirish va iste’mol bozorini tovarlar bilan to’latish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari, shu jumladan, umumiy ovkatlanish korxonalari, o’z daromadlari to’g’risida har oyda deklaratsiya (ma’lumotnoma), topshiradilar, deb belgilab qo’yilgan. 174-moddaning 2-qismi ushbu qismning dispozitsiyasida sanab ko’rsatilgan uch huquqbuzarlik: a) daromadlar to’g’risida deklaratsiya takdim etishdan bo’yin tovlash; b) deklaratsiyani o’z vaqtida takdim etmaslik; v) deklaratsiyada atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish hollaridan har qandayi sodir etilganida qo’llaniladi. Birinchi va uchinchi huquqbuzarlik hamma vaqt atayin, ikkinchisi ham atayin, ham extiyotsizlik orkasida sodir etiladi. Deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik deklaratsiya belgilangan muddat tamom bo’lganidan keyin taqdim etilishida ifodalanadi Deklaratsiyaga atayin noto’g’ri ma’lumotlarni kiritish haqiqiy daromadlarni kamaytirib ko’rsatadigan, mavjud bulmagan xarajatlarni ko’rsatadigan va hokazo ma’lumotlarni berishdan iborat bo’ladi. Agar mazkur huquqbuzarliklar Soliq solinadigan ob’ektlarni yashirish maqsadida qilinsa, ular miqdoriga karab, MJK 174-moddasining 1-qismi bilan yoki JK 184-moddasi bilan ham baholanishi kerak. 174-moddaning 2-qismi buyicha Soliq organlariga tegishli deklaratsiyalarni takdim etishga majbur bo’lgan fuqarolar ham, mansabdor shaxslar ham javobgar bo’ladilar. "Soliq solinadigan ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoki kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzish" deb ataladigan 175-modda uch qismdan iborat. Ushbu moddaning 1-qismiga muvofiq foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, shuningdek, soliqlarni, byudjetta va byudjetdan tashqari foizlarga boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur bo’lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini va boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, o’z vaqtida taqdim' etmasligi yoki belgilanmagan shaklda takdim etish, basharti bu harakatlar to’lanishi lozim bo’lgan soliq yoki boshqa to’lovlarning miqdorini kamaytirishga olib kelsa, eng kam ish haqining bir barovaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Kimga buysunishidan va mulk shaklidan kati nazar yuridik shaxs bo’lgan korxonalar va tashkilotlar (shu jumladan, chet el investitsiyasi yordamida tashkil etilgan korxonalar), shuningdek asosiy faoliyati byudjet mablaglari hisobidan moliyaviy ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlar uchun O’zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy (metodologik) asoslari O’zbekisshn Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizom bilan belgilanadi. Ushbu Nizom, shuningdek korxonalar moliyaviy-xujalik faoliyati buxgalteriya hisobotining hisobvaraqlar rejasi ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 26 martdagi qarori bilan tasdiqlangan. Nizomga muvofiq Moliya vazirligi buxgalteriya hisobi va hisobot buyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ular O’zbekiston xududidaga hamma korxonalar, muassasalar tomonidan bajarilishi shart. Soliq hisobotlari, hisob-kitoblarining va soliqlarni, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarning shakllari, masalan, mahsulot ishlab chiqarish (Ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) va ularni realizatsiya qilish buyicha amalga oshiriladigan va maxsulot (ishlar, xnzmatlar) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy naxijalarni chiqarish tartibi to’g’risidagi 1995 yil 27 yanvardagi Nizom, Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasining 1994 yil 22 dekabrdagi "Korxonalar foydasi (daromadi)dan byudjetga olinadigan Soliqni hisoblab chiqarish tartibi to’g’risida"gi yo’riqnomasi kabi hujjatlar bilan tasdiqlangan. O’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan turib amalga oshirishni xoxlagan xususiy tadbirkorga tikib boglangan va muxr bosib tasdiqlangan daromad va xarajatlar daftari (daromad va xarajatlar deklaradiyasi) beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, MJK 175-moddasining 1-qismida sanab o’tilgan huquqbuzarliklar, basharti bu harakatlar to’lanishi lozim bo’lgan soliq yoki boj to’lovlarning miqdorini kamaytirishga olib kelsa, ushbu moddaga muvofiq, javobgarlikka sabab bo’ladi. Agar bunday oqibatlar yuz bermagan bo’lsa, ko’rib chiqilayotgan huquqbuzarlik tarkibi yo’q bo’ladi, aybdor mansabdor shaxslar esa intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bulsa, MJK 175-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan javobgarlika tortilib, eng kam ish xaqning uch barovaridan besh barovarigacha miqdorda jarima solinadi. 175-moddaning 3-qismi kassa operatsiyalarini yuritish tar-tibini va to’lov intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan Нetti baravarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutadi. Kassa operatsiyalari deganda korxona muassasa va tashkilotlar kassalarpnpng nakd pullarni qabul qilish, saklash va berish bilan bog’liq, operatsiyalar tushuniladi. Tegishli qoidalar ko’proq aholi va kredit muassasalari bilan pul hisob-kitoblariga taalluqli bo’ladi Kassa opera tsiyalarini yuritish tartibini buzishning eng ko’p tarqalgan turlari kassa tushumini belgilangan normalardan ortiqcha sarflash, tushumni kredit muassasasiga o’z vaqtida topshirmaslik, kassadaga nakЙ pul koladigani limitdan oshirib yuborish, kredit muassasasidan olingan naqd pullarni noo’rin sarflash, ish haqi, nafakalar, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar to’lash uchun olingan va ishlatilmagan pul mablaglarini kredit muassasasiga o’z vaqtida qaytarmaslik, naqd pul bilan hisob-kitob qilish qoidalarini buzish va boshqalardan iboratdir. Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, bosh (katta) buxgalterlari, shartnoma asosida ishlaydigan buxgalterlari, moliyaviy bulinmalarning rahbarlari va kassirlari javobgar bo’ladilar. To’lov intizomi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarnig o’z to’lov majburiyatlari bo’yicha to’lovlarning muddatlari va tartibiga aniq, rioya etishidan iboratdir. Ushbu bobda tilga olingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi "Xalk, xo’jaligida hisob-kitoblar o’z vaqtida o’tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risidagi Farmoni to’lov intizomini mustaxkamlashga qaratilgan. Farmonda mulkchilikning hamma shakllariga mansub xujalik yurituvchi sub’ektlarga etkazib berilayotgan maxsulot (bajarilayotgan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15%ini oldindan to’lamasdan turib, iste’molchilar va buyutmachilarga mahsulot sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish taqiqlangan. Etkazib berilgan tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablaglarning tovarlar amalda jo’natilgan, xizmatlar, ko’rsatilgan, ishlar bajarilgan kundan boshlab oltmish kun o’tganidan keyin kelib tushmaganligi myddati o’tkazib yuborilgan debitorlik qarzi deyiladi. Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik qarzining mavjudligini, to’lovga qobiliyatsiz iste’molchilarga mahsulot etkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish)ni to’lov intizomini buzish deb hisoblash mumkin. Korxonalarning hisobvaraklarida tegishli mablag’lar bo’la turib, to’lovlarni o’tkazishning belgilangan muddatlariga rioya etmaslikni ham ana shunday to’lov intizomini buzish deb hisoblash kerak. 175-moddaning 3-qismi buyicha huquqbuzarlik sub’ektlari mulkning hamma shakllariga mansub korxona va tashkilotlarning, tijorat banklari filiallarining rahbarlari, shuningdek mazkur tashkilotlarning bosh buxgalterlari bo’lishi mumkin.
3.3. Soliq qonunchiligi tizimida moliyaviy va ma’muriy jazo choralari Soliqqa tortish va soliq siyosatini amaliyotga tadbiq qilish yo’lida o’rnatilgan tartibini nazorat qilish, davlat soliq idoralari zimmasiga yuklatilgan. Ushbu tartib va qonun – qoidalar buzilgan taqdirda, soliq to’lovchilarga nisbatan tegishli jarima va jazo choralari qo’llanilishi ko’zda tutilgan. Soliq qonunlarini buzilishida qo’llaniladigan jarimalarning turli mamlakatlarda turli xil (og’irroq va engilroq) bo’lishi, avvalo o’sha mamlakatning rivojlanish darajasiga, daromadlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishiga, pul inflyatsiyasiga, ishsizlik darajasi va boshqa iqtisodiy elementlarga bog’liqdir. Lekin mamlakatni rivojlanish darajasidan qat’i nazar, uning iqtisodiy ko’rsatkichlariga qaramasdan, ularning hammasida davlat manfaatlarini saqlash hamda uni himoya qilish muammolari mavjuddir. Soliqlardan qochish, ularni yashirish va to’lamaslik kabi masalalar bo’yicha har bir mamlakatning o’ziga yarasha himoyasi, unga qarshi kurash olib borish va qonunbuzarlikni oldini olish strategiyasi mavjud. Soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash deganda yuridik va jismoniy shaxslarning soliq idoralarida ro’yxatdan o’tmay va soliq to’lashdan bo’yin tovlaydigan faoliyatlari tushuniladi. Bunday faoliyatlar ochiq oshkor tusda ham bo’lishi mumkin. Bunda soliq to’lovchilar soliq idoralaridan ro’yxatdan o’tadilar, tegishli hisob-kitob va soliq hisobotlarini topshiradilar, lekin olgan daromadlarini hisobotlarda to’liq ko’rsatmasdan bir qismini yashiradilar. Soliq to’lovchilar umuman tegishli idoralardan ro’yxatdan o’tmay, hech qanday soliq to’lamasdan yashirin faoliyat olib borishlari ham mumkin. §arb ekspertlarining ma’lumotlariga qaraganda, yalpi milliy mahsulotda hufiya iqtisodiyotning hajmi Belorussiyada 18-25, Bolgariyada 29-32, Qozog’istonda 35-40, Rossiyada 40-45, Ukrainada 45-48, Ozarboyjonda 58-68, Gruziyada 64-69 foizga teng. Rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimlarini va ularning me’yoriy hujjatlarini tahlillari shuni ko’rsatadiki, har bir mamlakatda soliq va to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash va ularni yashirish uchun bir qator usullar ishlatiladi. Ularni oldini olish, bunday faoliyatlar natijasida davlat byudjetiga keltirilayotgan zararlarni qoplash va kelgusida bunday faoliyat yurgizmaslikka qarshi kurashda qo’llaniladigan jarimalar ham muhim o’rin tutadi. Mamlakatda barcha koorporatsiyalar daromad olgan yoki olmaganliklaridan qat’iy nazar tegishli formadagi deklaratsiyalarni to’ldirishlari shart. Deklaratsiyada ko’rsatilgan soliq summalarini muddatida kamida 90 foizini to’lamagan soliq to’lovchilarga nisbatan jarima summalari belgilanadi. Deklaratsiya topshirish muddatini uzrli sabablarga ko’ra uzaytirilishi ham mumkin, lekin kechiktirilgan vaqt uchun tegishli foizlar hisobida ustamalar hisoblanadi. Odatda koorporatsiyalar soliq summalarini yil davomida taxminiy baholash usuli bilan byudjetga o’tkazib boradilar. To’lov muddatlari esa yiliga 4ga bo’lingan holatda hisob-kitob qilinadi. Jarima summalari quyidagi hollarda hisoblanmaydi: -soliq stavkalari to’g’ri qo’llanilib hisoblanmagan bo’lsa; -o’tgan yil uchun deklaratsiyada ko’rsatilgan taxminiy hisoblangan soliq summalari o’z muddatlarida tegishli byudjetga o’tkazilsa; -joriy yillik to’lanadigan summaning kamida 90 foizi to’langan bo’lsa va h.k. Fuqarolar uchun jarimalar asosan deklaratsiyalarni topshirmaganliklari yoki deklaratsiyada ko’rsatilgan soliq summalarini to’lamaganliklari uchun qo’llaniladi. Fuqarolarni deklaratsiyalarni to’ldirishda kriminal ishlarni amalga oshirganliklari aniqlansa, deklaratsiya to’ldirilgan vaqtdan boshlab 3 yil muddat davomida jinoiy ish qo’zg’atishga huquq berilgan. Agar soliq deklaratsiyalari firibgarlik yo’li bilan to’ldirilganligi aniqlansa hamda unda ko’rsatilgan soliq summasini ko’pi bilan 25 foizigina to’langan bo’lsa jinoiy ish qo’zg’atish muddati 3 yildan 6 yilgacha qilib o’zaytiriladi. Bu muddatga soliq deklaratsiyalarini umuman topshirmagan, olgan daromadlarida jinoyat alomati bor bo’lgan fuqarolar ham kiradi. Mamlakatda deklaratsiyada ko’rsatilgan summani to’lash muddati joriy yil uchun keyingi yilning 15 apreligacha qilib belgilangan bo’lib, to’langan soliq summasi deklaratsiyada ko’rsatilgan summaning 10 foizidan kam bo’lsa, avtomatik tarzda jarimaga tortiladi. Har yili o’rtacha 100 milliondan ko’proq deklaratsiyalarni hisob – kitob qiluvchi ichki daromadlar byurosining faoliyatiga keyingi yillarda ancha o’zgarishlar kiritilgan bo’lib, u o’zgarishlar asosan soliq to’lovchilarningmanfaatlari himoya qilingan. Masalan; yillik soliq summalarini birdaniga emas tegishli muddatlarda bo’lib to’lash, mol – mulkini musodara qilish to’g’risida 30 kun avval xabardor qilish kabilardir. Davlatning bunday yo’l tutishiga sabab, o’rta va kichiq korxonalarni bankrotlikka, fuqarolarni esa uy – joylaridan mahrum bo’lishi kabi negativ holatlarning ko’payib ketganligidadir. Agarda soliq summalari qasddan yashirganligi aniqlansa, u holda aniqlangan summa 100 foiz miqdorda jarimasi bilan byudjetga hisoblanib, javobgarlikka tortiladi. Agar soliq to’lovchi o’z majburiyatlarini bajarmasa, qonun yuridik javogarlikni nazarda tutadi. Chunonchi, soliq to’lashdan bosh tortish degani aldov, yashirish yoki boshqa usullar bilan soliq to’lashdan qochish uchun qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni buzish maqsadlarida soliq to’lovchilarning atayin sodir qiladigan g’ayriqonuniy faoliyati anglaniladi. «Oson pul topish»ni ko’zlagan noinsof soliq to’lovchilar moliyaviy hisobotga oid buxgalteriya hujjatlarini qalbakilashtirish yoki yo’q qilish, soliqqa tortish obe’ktlarini pasaytirish va yashirish, ishlab chiqarish chiqimlarini oshirib ko’rsatish, keyin uchinchi bir shaxslardan olish bilan boshqa shaxslarga daromadlarini berishga ham urinadilar. Soliq intizomi, soliq to’langanligi to’g’riligini tekshirish yakunlari bo’yicha tegishli hujjatlar nashrida moliyaviy choralarni qo’llash ham nazarda tutilgan. Soliq idoralariga to’lov muddatini kechiktirib to’lagan shaxslar esa soliq miqdoridan tashqari, kechiktirilgan har bir kun uchun 0, 07 foiz miqdorida penya to’laydilar. Soliq idoralari, shuningdek, qonun buzuvchilarning bank hisob varaqlaridan mablag’larni aktseptsiz hisobdan chiqarish, kvitantsiyalarni tortib olish, berilgan litsenziyalarni bekor qilish choralarini ko’rishga xaqlidirlar. Shu bilan birga, qonunni buzgan soliq to’lovchilarga nisbatan sudga tortish choralari ham qo’llanilishi mumkin. Moliyaviy jarimalar – soliq organlari tomonidan soliqqa tortish to’g’risida amaldagi qonunlarga rioya qilmaydigan soliq to’lovchilar va mansabdor shaxslarga davlat yo’li bilan iqtisodiy ta’sir o’tkazish quroli bo’lib, foyda va daromalarni yashirganlik uchun, soliq summalarini o’z vaqtida o’tkazmaganlik, buxgalteriya hisob –kitoblarini olib bormaganlik va tegishli hisobotlarni muddatlarida topshirmaganliklari uchun byudjetga undiriladigan moliyaviy mablag’lar. Jarimalar to’lovchilarga qonuniy tarzda yuklatilgan majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun qo’llaniladi. Soliq qonunlarini buzuvchilarga nisbatan davlat majbur qilish choralarini qo’llashi ham mumkindir. Yuridik javobgarlik murakkab huquqiy hodisa bo’lib, uning mohiyati, tushunchasi va mazmuni haqida ko’p bahslar bormoqda, bu bahslarning mohiyatiga chuqurlashmagan holda yuridik javobgarlik – jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqiy norma sanktsiyasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun muayyan shaxsiy yoki mulkiy nomaqbul oqibatlarni boshdan kechirishga majburligidir. Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari va jihatlari bilan ajralib turadi; • Jinoiy javogarlik, • Ma’muriy javobgarlik, • Intizomiy va fuqaroviy javobgarlik, • Mulkiy yoki fuqarolik huquqiy javobgarlik. Yuridik javobgarlik hamma vaqt qonunbuzarlarga nisbatan muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog’liq bo’lib, salbiy oqibatlar deganda har qanday noqulay natija, masalan, litsenziya yoki erkinlikdan mahrum qilish, jarima yoki ishdan bo’shatish kadbilar tushuniladi. Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun soliq (xo’jalik yurituvchi sub’ktlar, ularning mansabdor shaxslari, fuqarolar) ham davlat soliq organlari (ularning mansabdor shaxslari) ham yuridik javobgar bo’lishlari mumkin. Ma’muriy javogarlik – soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikning hammadan ko’p qo’llaniladigan turidir. Ma’muriy javobgarlik – yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo’llashda ifodalanadi. Soliq munosabatlari sohasida qo’llaniladigan davlat majburlovi quyidagi o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’ladi: • Ular huquqiy shaxslarga ham, jismoniy shaxslarga ham birdek qo’llaniladi; • Soliq sohasida qonunchilikni ta’minlash, soliqlarni to’lash qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi; • Moliyaviy choralari jazo choralari, ma’muriy majburlov va jinoiy jazo choralarini soliqqa majburlash chorasi sifatida qo’llaniladigan mexanizmlarni tegishlicha moliya huquqi, ma’muriy va jinoiy qonunchilik huquqiy qonunchilik sohalarida nazarda tutiladi; • Qoida tariqasida soliqqa oid majburlov choralarining maxsus organlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan sudsiz tartibda qo’llaniladi; • Soliq sohasidagi majburlov choralar tizimi ahamiyati, ta’sir kuchi va miqyoslari bo’yicha turli-tuman jazolarni nazarda tutadi; • Soliq sohasidagi davlat majburlovining asosiy maqsadi soliq qonunlarga qat’iy amal qilinganlikni, soliqlarni o’z vaqtida va to’liq davlat byudjetiga kelib tushishini ta’minlashdan iborat bo’ladi; • Soliq sohasidagi majburlov choralarini qo’llash tartibi moliyaviy qonun hujjatlarda ma’muriy protsessuar normalarda belgilab qo’yiladi, ya’ni ma’muriy huquq ramkasida qo’llaniladi; • Soliq sohasidagi majburlov choralari soddalashtirilgan tartibda (huquqbuzarlik aniqlanadi- qayd etiladi, bayonoma yoki dalolatnoma vositasida-jazo qo’llaniladi) tatbiq etiladi; • Soliqlar bilan bog’liq davlat zo’rligi ishlatilishi chog’ida ta’sirchan prokuror nazoratini amalga oshirishi, soliq organlari va ularning mansabdor shaxslari hatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqini ta’minlash orqali va boshqa vositalar bilan qonunchilik rejimi ta’minlanishi, soliq to’lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya etilishi lozim. Ma’muriy-huquqiy javobgarlik soliq qonunlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik haqidagi kodeksda hamda moliyaviy huquqiy me’yoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan tartibda va miqdorda moliyaviy-huquqiy jazo choralarini ko’rish yo’li bilan qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 13-bobida(164-179 moddalar) soliq va tadbirkorlikka oid qonunlarni buzganlik uchun ma’muriy-huquqiy javobgarlik choralari ko’zda tutilgan. Bundan tashqari jinoyat kodeksining 184, 187, 189-moddalari ham mavjudki, bu moddalar bevosita ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks doirasidan chiqib, jinoiy javogarlik holatlari borligi uchun soliq organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga o’tkazadi. Soliq organlarining mansabdor shaxslarga o’z vakolatlari doirasida O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq hizmati» to’g’risidagi qonunning 5-moddasini 9-bandiga asosan soliqqa oid qonunbuzarliklar haqidagi ishlarni ko’rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo qo’llash; Ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazolar qo’llash kabi huquqlari berilgan Moliyaviy sanktsiyalar sifatida jismoniy va huquqiy shaxslarga nisbatan quyidagi jazolar qo’llanilishi mumkin. Jumladan: • Soliqdan yashirilgan daromadni, tegishli hollarda uning ikki barobar miqdoridagi summani davlat daromadiga tortib olish; • Jarimalar solish; • Penyalar undirish; • Soliq qonunchiligini buzilishiga sabab bo’lgan predmetlarni musodara qilish. Moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash tartiblari va muddatlari soliq kodeksining «moliyaviy jazo choralari» deb nomlanuvchi 135-moddasida ko’rsatib o’tilgan. Moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash, qilingan qonunbuzarliklarga nisbatan turli hil bo’ladi. Jumladan: 1. Yuridik shaxslarning soliq organida ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlashi quyidagi miqdorida jarima solishga olib keladi; • agar faoliyat 30 kungacha amalga oshirilgan bo’lsa – eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olgan daromadning 10 foizidan kam bo’lmagan miqdorida; • agar faoliyat 30 kundan ortiq muddatda amalga oshirilgan bo’lsa – eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida, lekin bunday faoliyat natijasida olingan daromadning 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorida; 2. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy 3. shaxslarning soliq organida ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlashi eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi. 4. Daromad yashirilgan taqdirda soliq to’lovchidan yashirilgan daromadning butun summasi va yana shunda miqdorida jarima undiriladi.Soliq solinadigan boshqa ob’ektlar yashirilgan taqdirda soliq to’lovchidan yashirilgan soliq solish ob’ekti uchun olinadigan soliq summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq to’lovchi yuqoridagi xatti harakatlarni moliyaviy chorasi qo’llanilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etgan taqdirda undan tegishli summa va yana shu summaning ikki barobari miqdorida jarima undiriladi; 5. Soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash zarur bo’lgan deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlar taqdim etmaganlik, o’z vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmaganlik shaklda taqdim etganlik uchun soliq to’lovchidan to’lov muddati o’tkazib yuborilgan xar bir kun uchun tegishli summaning bir foizi miqdorida, biroq tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblanib chiqarilgan to’lovlar chegirilib tashlangan holda belgilangan to’lov muddatiga tegishli to’lov summasining o’n foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda jarima undiriladi; 6. Buxgalteriya hisobining yo’qligi yoki uni belgilangan tartibni soliqlar va yig’imlar bo’yicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan holda yuritganlik uchun soliq to’lovchidan qo’shimcha hisoblab chiqarilgan summaning o’n foizi miqdorida jarima undiriladi; 7. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug’ullanganlik uchun shu faoliyatda olgan butun daromad (foyda) va yana shu miqdoda jarima undiriladi; 8. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob – kitob aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalarini o’tkazgaligi uchun ulardan ana shu tovarlar qiymati miqdorida jarima undiriladi. 9. Soliqlar va yig’imlar bo’yicha to’lov muddati o’tkazib yuborgan har bir kun uchun 0, 15 foiz miqdorda penya undiriladi, to’lov kuni ham shunga kiradi. Penya undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmadi. 10. Schet - fakturalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligi uchun realizatsiya qilingan tovarlar summasidan 10 foiz miqdorida mol etkazib beruvchi hisobidan undirib olinadi. Soliq to’lovchi soliq haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzgan taqdirda har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida moliyaviy jazo choralari qo’llaniladi. Agar soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy jazoga tortilgan shaxs jazoni ijro etish tugagan kundan e’tiboran bir yil mobaynida soliq bo’yicha takroran qoidabuzarlik sodir etmagan bo’lsa, u jazoga tortilmagan hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan byudjet oldidagi qarzlari va moliyaviy sanktsiya tariqasida qo’llanilgan jarima yoki boshqa to’lovlar faqat sud tartibida undirib olinishi mumkin. Yuridik shaxslardan esa soliq bo’yicha qarzlar va boshqa majburiy to’lovlarni, jarimalar hamda boshqa moliyaviy jazo sifatidagi summalarni nizosiz tartibda undirib olinishi belgilab qo’yilgan. Ushbu masalalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 8 noyabrdagi 387-sonli «Korxona va tashkilotlarning soliqlar nosoliq to’lovlar bo’yicha byudjet oldidagi qarzlari yuzasidan ularning mol-mulklaridan haq undirish tartibi to’g’risidagi Nizomda» ham nazarda tutilgan. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, soliq munosabatlarida qonun va qoidalarni hurmat qilish va unga amal qilish har bir sub’ektning ham ma’muriy ham moliyaviy jarimalardan xoli qiladi va yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. XXI asr bo’sag’asida, iqtisodiyotning soliq qonunchiligida qo’llanilayotgan majburiyatlar rivoj topayotgan bir paytda, davlat va to’lovchilar majburiyatlari muvozanati degan ibora ishlatilmoqda. Shu borada o’ylaymizki, soliq intizomiga rioya qilish yo’nalishida alternativ usullarni ham keng qo’llanilishi lozimdir Soliq qonunchiligiga rioya qilish maqsadida, soliq idoralari maxsus reja va chora – tadbirlar ishlab chiqishlari maqsadga muvofiqdir3. Bunda, ayniqsa nast pog’onadagi inspektsiyalarida, ularni maqomini va tashkiliy tuzilishni qayta ko’rib chiqilishiga e’tibor berish kerak. Shu bilan birga, Davlat soliq qo’mitasi o’z vakolati doirasida soliqlardan bo’yin tovlashga qarshi o’z metodlarini ishlab chiqarishi lozimdir. Qo’mita tizimida mavjud bo’lgan, yashirin ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash bo’yicha boshqarma va uning tizimidagi soliq to’lovchilar faoliyati manitoringi bo’limi kuchaytirilib, xatti – harakatni faollashtirish lozim. Bundan tashqari, kriminal foyda xizmatini ham tashkil qilish kerak.
| |
Просмотров: 4757 | |
Всего комментариев: 0 | |