Har bir ota-ona orziqib kurgan farzandiga chiroyli va mazmun-dor ism qo‘yishga harakat qiladi. Ba’zi ota-onalar bolaga qanday ism qo‘yish haqida farzandi dunyoga kelishidan oldinroq o‘ylab qo‘yadilar, ko‘p hollarda ismlarni kitoblardan izlaydilar. Shunin-gdek, ota-onalar kishilarning ismiga ham ahamiyat berib yuradilar. Ular qarindosh-urug‘, qo‘niko‘shni yoki tanish-bilishlar orasida piru badavlat, baxtli-taxtli, unib-o‘sgan kishilar bo‘lsa, kelajakda (katta bo‘lganida) mening bolam ham o‘shalarga o‘xshab baxtli bo‘lib yursin, deb havas bilan ularning ismlarini bolalariga qo‘yadilar. Ota-onalar farzandlariga ism tanlayotganlarida uning avvalo ma’nosini, kelib chiqish tarixini bilishlari kerak.
Chaqaloqqa nom qo‘yish, munosib ism tanlash qadimgi davrlardan ota-ona, qarindosh-urug‘larning erkin huquqi bo‘lgan. Har bir xalq ism tanlashda o‘z ona tilining so‘z boyligi, imkoniyatlariga tayangan.
Farzandlarga ism tanlashda nimalarga e’tibor berishimiz kerak? Bolaga ism tanlash ishiga jiddiy o‘ylab, iloji boricha an’a-nalarga bog‘lab yondoshish lozim. Chaqaloqqa ism tanlaganda tildagi mavjud, tayyor nomlardan foydalanish bilan bir qatorda yangi, diqqatni tortuvchi, o‘ziga xos ismlar ustida izlanish lozim. Ismla-rimizda milliy ruhning saqlanishi, ular ona tilimiz qonuniyat va talablariga moye bo‘lishi kerak. Ismni faqatgina tanlash va qo‘yish-gina yetmaydi, uni asray bilish ham lozim. Avvalo ism, familiya va otasining ismi shaxening rasmiy hujjatlarida to‘g‘ri, xatosiz yozilmog‘i kerak. Bolaning ismini turli shakllarda o‘zgartirib, erkalatib aytishni taqiqlab bo‘lmaydi. Ammo nomning mana shu erkalash tufayli buzilgan shakli iyemning asosiy to‘liq shakli o‘rniga o‘tib qolishiga va rasmiy hujjatlarda buzilgan holatda yozilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ota-ona o‘z farzandiga munosib ism tanlashga, iyemning maz-munan go‘zal, shaklan chiroyli bo‘lishiga intilishi tabiiydir. Bunday shakllarda, odatda, xolisona orzu-umidlar, farzandga bo‘lgan mehr-muhabbat hamda ezgu orzular o‘z mujassamini topadi. Chaqaloqqa kurkam, namunali ismlarni tanlashga intilish yaxshi, albatta. Lekin o‘zbeklarda ism tanlashning keyingi paytlarda yuzaga kelgan ba’zi xususiyatlari bir yoqlamalik, faqattina chiroyli, kurkam nomlar orqasidan quvib ketish tilimizdagi ismlar boyligining miqdoran kamayishiga, bolani nomlash rasm-rusmlarining siyqalashuvi, tilda bir xil o‘xshash ismlarning keng tarqalishiga, natijada jamiyatda bir xil ism bilan ataluvchi shaxslar sonining ko‘payib ketishidek salbiy holga olib keladi.
Bolaga ism tanlaganda faqatgina xohish-istak, orzu-umidlar-ga tayanishning o‘zigina kifoya qilmaydi, balki tanlanayotgan ismning talaffuzi va yozilishining, undan familiya va ota ismi yasashning qulayligiga ham e’tibor berish zarur. Shaxsni nomlashiing o‘zbeklarda ommalashgan usullaridan biri ota ismidan keyin «o‘g‘li», «qizi» so‘zlarini keltirishdir: «Botir Qoraboy o‘g‘li Ra’no Rahmon qizi» kabi. Musulmon odam 7 avlodini bilishi kerak degan ran bor. Shuning uchun yangi tug‘ilgan farzandga nom berib uning hujjatini rasmiilashtirish vaqtida milliy shaklni ifodalash bilan birga familiyani ham sakdab qolishni tavsiya etamiz (masalan, Abdullayev Ilhom Ibrohim o‘g‘li). Chunki bu shakl ma’lum darajada sulolani, yaqin qarindosh-urug‘larni ko‘rsatib turadi.
Quyida o‘g‘il va qiz bolalar uchun namuna sifatida ayrim ismlar ro‘yxatini keltirar ekanmiz, yana bir bor ta’kidlaymizki, chaqaloqqa ism qo‘yishda bular bilan aslo cheklanib qolmang, o‘zbekning qariyb 20 ming ismlar boyligi bor — izlanib ulardan keng foydalanishga harakat qiling.
|