Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi

 

 

O’zbekiston xududida jez davri mil.avv. II ming yillik boshlarini o’z ichiga oladi. Хuddi shu davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi:  o’troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat: ko’chmanchi dashtlar madaniyati o’troq dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopolitepa, Jarqo’rg’on madaniyatlari, Farg’ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi -Zamonbobo, Тozabog’yob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi.

O’zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo’lgan ustalar, zargarlar va san’atkor-quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil.avv. XVIII-X ming yillikda oid Sopollitepa va Jarqo’ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi.

Bronza davrida shakllangan “ko’chmanchi chorvadorlar” madaniyati mil.avv. III ming yilik oxiri-II m.y. boshlariga bo’lgan Buxoro vohasidagi Zamonbobo manzilgohida o’rganilgan Zamonbobo aholisi katta yarim yerto’lalarda yashab, bronza va qurollar ishlatishgan. Qulolchilik dastgohisiz qo’lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo’yi oqimidan, Тoshkent vohasi, Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Chorva qabilalar jez davrida o’troq turmush tarziga o’ta boshladi, qisman dehqonchilik bilan shug’ullanadi, keyinchalik ko’chmanchi chorvadorlarga aylanishgan.

Arxaik madaniyat o’rniga  qadimgi sivilizatsiya madaniyat o’rnatildi: murakkab-ijtimoiy tizimga ega bo’lgan dastlabki davlatlar, diniy va qonunchilik shakllarining rivojlanishi, shahar va yozuvlar. Biroq arxaik madaniyat izsiz yo’qolmadi. Uning ayrim qirralari jahon xalqlari miflarida, folklarida, inson ruhiyatining chuqur “arxetiplari” da saqlangan. 

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 2483 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar