Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Madaniyat va tabiyat

 

Hozirgi zamon madaniyatshunosligi (kulturologiyasi)da tabiat va madaniyatning bir-biriga ta’siri, o’zaro munosabatini ilmiy asosda tadqiq etish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Inson tafakkur sohibi, madaniyat ijodkori sifatida tabiatga nisbatan befarq qaray olmaydi: o’z aqli, madaniyati vositasida tabiatni o’zlashtirishga, uning ne’matlaridan to’laroq bahramand bo’lishga intiladi. Insoniyatning ko’p asrlik tarixi shundan guvohlik beradiki, kishilarning tabiat to’g’risidagi bilimi, ax-loqiy madaniyati yuksalib borishi bilan tabiat taraqqiyoti tezlashgan, u tobora insoniylashgan, inson tabiat bilan uyg’unlashgan, yuqorida aytilganidek, insoniyat asta-sekin tabiatga qaramlikdan ozod bo’lib, ijtimoiy taraqqiyot va erkinlik sari qadam tashlagan. Inson bilan tabiat o’rtasidagi begonalashuv barham topgan, tabiiy mutanosiblikka erishilgan davrlarni madaniyatshunoslikda inson tarixining «oltin asri» deb atash rasm bo’lgan.

Barcha diniy ta’limotlar, falsafiy tizimlar tabiat va madaniyat o’rtasidagi g’oyat murakkab muammolami oqilona hal etish, tabiiy mutanosiblikni shakllantirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qilgan.

Ekologik inqirozlar, insonning tabiatdan begonalashuvi, tabiatni shafqatsiz ekspluatatsiya qilish — ma’naviy qashshoqlik, insonning o’z mohiyatidan begonalashuvi madaniy taraqqiyotdagi umumiy tanazzul bilan bog’liqdir. Insoniyatning tabiatga bo’lgan munosabati uning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatidir: tabiat aqlli mavjudot bo’lgan Hazrati insonni yaratish bilan tabiiy taraqqiyotdagi vorislik, uzluksizlik va tartib-intizomni qaror toptirgan.

Тabiat jonsiz, hissiz va ongsiz borliq emas, balki o’ta ta’sirchan, o’ta «aqlii» va donodir. Тabiat to’g’risida chuqur bilimga, intellektual salohiyatga, axloqiy va ekologik madaniyatga ega bo’lgan ulug’ ajdod-l-inmiz tabiatni avaylab-asrashga, barcha tirik mavjudot haqida g’amxo’rlik qilishga intilganlar.

Insoniyat tarixi — madaniyatning shakllanishi, ravnaq topishi va madaniy yuksalishning inqirozlar bilan almashinishi tarixidan boshqa narsa emasdir. Biroq har qanday madaniyatning, xususan, moddiy va ma’naviy madaniyatning shakllanishi uchun tabiat moddiy asos bo’ldi. Inson tomonidan tabiatning o’zlashtirilishi, qaytadan yaratilishida madaniyat muhim vosita, tayanch bo’lib xizmat qilgan.

Madaniyatshunoslik tarixining turli davrlarida goh tabiat va mada-niyatni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish, goh ulami aynanlashtirish hollari ro’y berganligini ko’rishimiz mumkin. Тabiat va madaniyatning o’zaro munosabatini qanday tushunish konkret tarixiy davr ruhi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, u yoki bu xalqning ma’naviy salohiyati, madaniy an’analari bilan uzviy bogliq bo’lgan. Тabiiy-geografik muhit jamiyat taraqqiyotiga, xalq mentaliteti va madaniy rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatib kelgan. Sharq va G’arb (Osiyo va Yevropa) mamlakatlarida tabiatga bo’lgan munosabatning bir-biridan keskin farqlanishi aslo bejiz emasdir. Sharq mamlakatlarida insonning to’q va farovon hayot kechirishi uchun tabiiy-geografik muhitning barcha qulayliklari inson va tabiat o’rtasidagi tabiiy mutanosibiikning rivojlanishi uchun puxta zamin yaratgan, barcha diniy ta’limotlar va falsafiy tizimlar tabiiy mutanosiblikni qo’llab-quvvatlashga yaqindan yordam bergan. Sharqliklarning butun e’tibori tabiatni to’laroq o’zlashtirish va talashga emas, balki o’z ichki dunyosini takomillashtirishga qaratilgan. Diniy falsafiy ta’limotlar dunyoviy ilm-fanni emas, balki inson ruhini kamol toptirishga qaratilgan. Sharq va G’arb madaniyatining tabiatga bo’lgan munosabati turlichadir. Sotsio-log K. Yungning ta’limotiga ko’ra, sharqliklarning ongi ularning ichki olamiga qaratilgandir: ular o’z ruhiy olamini takomillashtirish orqaligina o’zini erkin his etgan. Musulmonlar tabiatga Ollohning buyuk ne’mati deb qaraydi, uni buzish, vayron qilishni buyuk gunoh deb hisoblaydilar. Shariat hukmlarida, kosib va hunarmandlarning risolalarida tabiatdagi har bir narsa va hodisaga, tirik mavjudotga ehtiyotkoriik bilan munosabatda bo’lish zamrligining qafiy belgilanishi aslo bejiz bo’lmagan. O’rta Osiyo xalqlarining uyeg, suv, o’simlik va hayvonot olamiga bo’lgan munosaba-tini shakllantirishda islomgacha bo’lgan madaniy qadriyatlar, xususan, Zardo’sht hikmatlari, xalq og’zaki ijodiyoti yodgorliklari va keyinchalik, tasavvuf g’oyalari muhim rol o’ynagan.

Umuman, sharq xalqlarining madaniyati uchun tabiatni ilohiylash-tirish, unga sig’inish muhim xususiyatdir. Bu jihatdan hind dinlarining,ayniqsa, jaynizmning tabiat kuchlariga bo’lgan munosabati e’tiborga loyiqdir. Jaynizm biron-bir tirik mavjudotga zarar yetkazishni qafiy qoralagan. Jaynizm tarafdorlari tuproq ostidagi qurt-qumursqalarga jaroqat yetkazmaslik uchun dehqonchilik bilan shug’ullanishdan bosh tortganlar.

Sharqliklarning tabiatga g’oyat ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi panteistik diniy ta’limotlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Insonga oliy ilohiy mavjudot deb, barcha tirik mavjudotlarda ilohiy sifat mavjud deb hisoblaydigan panteistik talimot butun tabiatga ilohiy mohiyatning zuhuroti deb qaragan, insonga va har qanday tirik jonzotga nisbatan adolatsizlik, zulm va zo’ravonlikni keskin qoralagan. Panteizm namoyandalarining hayotga, tabiatga bo’lgan g’oyat oqilona munosabati bugungi kunda ham katta tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatga molikdir. Buyuk mutasavvuf Abdurahmon Jomiy panteistik g’oyalarni keng targ’ib etgan, shuningdek, Alisher Navoiyning inson va tabiat munosabati haqida hikoya qiluvchi ko’plab tarixiy faktlarini misol qilib ko’rsatish mumkin.

Umuman, musulmon madaniyati inson va tabiat o’rtasidagi muno-sabatlarni uyg’unlashtirishga, tabiatdagi go’zallik, barkamollik inson kamoloti uchun andoza, namuna deb qarashga asoslanar edi.

G’arb madaniyati va, umuman, xristian sivilizatsiyasi tabiatga ko’proq pragmatik yondashishga, tabiatni zabt etish, o’zlashtirish va inson manfaatlariga bo’ysundirishga asoslanar edi. K. Yungning ta’kidlashicha, g’arbliklarning ongi tashqariga, tabiatni bilish va zabt etishga qaratilgan edi. g’arbliklar tabiat sirlarini bilish, tabiat kuchlari ustidan hukmronlik qilish orqaligina o’zini erkin his etardi. Shu boisdan ham, g’arb madaniyatida: «Тabiat ibodat qilinadigan joy emas, balki ustaxonadir, inson esa u yerda ishlaydigan xodimdir», degan hikmat keng yoyilgan edi. G’arb madaniyati tizimida fan va texnikaning jadal rivojlanishi, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlari sohasida erishilgan buyuk muvaffaqiyat-lar, inson ehtiyojlarining muttasil o’sib borishi Yevropadagi tabiiy-geografik muhitning barcha noqulayliklari bilan uzviy bog’liq edi.G’arb madaniyatining tabiatga bo’lgan munosabati turli tarixiy davrlarda muttasil ravishda o’zgardi.

G’arb madaniyatining tabiatga ta’sirining ilk namunasi dastavval qadimgi dunyo madaniyatida yaqqol ko’zga tashlandi. Qadimgi yunon mutafakkirlari asosan tabiatshunos («fizik») edilar. Ular tabiat qonunlarini bilish, yil kalendarini yaratish, quyosh soatini kashf etish, Oyning tutilishini oldindan bashorat qilish va boshqa sohalarda talay yutuqlarni qo’lga kiritgan edilar. Buyuk yunon faylasufi Arastuning barcha fanlarni fizika (tabiat) va metafizika (frzikadan keyingi) ga ajratishi ham ularining tabiat sirlarini bilishga katta qiziqish bilan qaraganligidan dalolat beradi. Qadimgi yunon tafakkurida, oldingi sahifalarda qayd etilganidek, «kultura» tushunchasining «yerga ishlov berish», «yerni qayta ishlash» ma’nosida qo’llanilishi ham qadimgi yunonlar tasavvurida ma’naviy madaniyat va tabiatning o’zaro bog’liq ekanligini ifodalaydi.

Qadimgi yunon jamiyatida madaniyatning deyarli barcha sohalari: fan, san’at, huquq, etika, estetika, teatr, haykaltaroshlik, me’morchilik, sport va boshqalarning jadal rivojlanishi tabiat taraqqiyotining mahsuli bo’lgan insonni yanada takomillashtirish, uning intellektual va jismoniy qobiliyatini yanada yuksaltirish bilan bog’liq edi. Qadimgi yunon quldorlik madaniyatning inson va tabiatga bo’lgan munosabati  biryoqlama , cheklangan va ziddiyatli edi. Qadimgi Yunon ijtimoiy – siyosiy  taffakkuri Yunon quldorlik davlatining qonunlariga itoat qiladigan erkin fuqarolarinigina komil inson sifatida e’tirof kilar, ularga keng demokratik erkinliklar berishni , ularning har tomonlama  kamol topishini nazarda tutar edi. Ayni vaqtda , harbiy yurishlar vaqtida hibsga olingan mahbuslar qullikka mahkum qilinar , barcha insoniy  huquqardan mahrum etilardi.

Qadimgi yunon jamiyatining qullarga bo’lgan shafqatsiz munosabatida yunon quldorlik madaniyatining tabiatdan begonalashuvi o’z ifodasini topgan bo’lsa, ilm, fan, san’at, siyosat, axloqning erkin fuqaro-larni har tomonlama kamol toptirish vositasi sifatida xizmat qilishi uning insondagi ijtimoiy sifatga, jamiyatdagi mavqeiga alohida urg’u berishi bilan bog’liq edi. Inson vujudidagi tabiiylik va sotsiallikka turlicha munosabat qadimgi yunon madaniyatining yuksak darajada rivojlanishinigina emas, balki uning tanazzulini ham tezlashtirgan.

Yunon quldorlik madaniyati o’ta siyosiylashgan jamiyat hayotining zarur sharti edi: yunon davlatining fuqarosi bo’lish — insoniy qadr-qimmatga ega bo’lish va madaniyat yutuqlaridan bahramand bo’lish, fuqarolikdan mahrumlik esa — insoniy hayotning tugashi demak edi. Shu ma’noda, Arastuning insonni «siyosiy mahluq» deb ta’riflashi bejis emas edi.

Qadimgi yunon madaniyati tizimida siyosat yetakchi va hal qiluv-mavqega ega edi: san’at, ilm-fan, axloq, huquq erkin fuqarolarning Dsiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilardi. quldorlik demokratiyasi dorlik madaniyatining shakllanishi uchun puxta zamin yaratgan va, li vaqtda, uning muqarrar ravishda inqirozga yuz tutishini oldindan gilagan edi. Zero, madaniyatning tabiatga bo’lgan munosabati, avvalo, onga bo’lgan munosabatida o’z ifodasini topadi, chunki inson o’zida butun tabiatning mohiyatini mujassamlashtiradi.

Madaniyatning tabiatga ta’siri insonning mehnat faoliyati jarayonida to’laroq namoyon bo’ladi. Inson mehnat tufayli faqat tabiatnigina emas, balki o’z-o’zini ham o’zgartiradi, qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Mehnat mashaqqatining shakllanishi insonning, avvalo, mehnat predmetiga, mehnat qurollariga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’zga tashlanadi. Тaniqli nemis olimi Maks Veberning ta’kidlashicha, protestant etikasi tadbirkorlik va ishbilarmonlikning rivojlanishida, kapitalistik ruhning shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Diniy rivoyatlarga ko’ra, inson tabiatan gunohkor ekan, uning istak va ehtiyojlari real imkoniyatlaridan ilgarilab borar ekan, u halol va ijodiy mehnati bilangina Хudo oldidagi gunohlaridan ozod bo’lishi mumkin. Mehnat mahsuli insonning xudoga qilgan eng yaxshi tuhfasidir.

O’rta asrlar madaniyatining tabiatga bo’lgan munosabati ko’proq diniy-asketik mazmunga ega edi. Bu davrda madaniyat sohibi bo’lgan insonning tabiatga munosabati asosan ilohiyotchilarning diniy ta’limot-lariga asoslangan. Хudoni butun tabiatning ijodkori, yaratuvchisi sifatida talqin etish — bu davr sxolastik falsafasiga xos muhim xususiyat edi.

Sharq mamlakatlarida keng yoyilgan tasavvuf ta’limotining shakl-lanishi insonning tabiiy ehtiyojlarini cheklash orqali ma’naviy-axloqiy rivojlanishni ta’minlash bilan uzviy bog’liq edi. Тasavvuf o’zining tub mohiyatiga ko’ra moddiy ishlab chiqarishni, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlamas, dunyoviy ilm-fanni rivojlantirishni ma’qullamas edi.

Musulmon Sharqi madaniyatining tabiatga bo’lgan munosabati ulug’ mutasavvuf Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni «diling xudoda, qo’ling mehnatda bo’lsin» shiorida o’z ifodasini topgan edi.

O’rta asrlar madaniyatida din yetakchi mavqega ega bo’ldi. Bu davr-ning ulug’ mutafakkirlari tabiatni Хudoning buyuk marhamati sifatida tushuntirishga, Хudoning mavjudligini mantiqiy dalillar orqali isbotlashga harakat qildilar. Bu davr madaniyati uchun tabiatni ilohiylashtirish xos bo’lib, uni ilmiy bilishga imkon bermas edi.

Yevropa Uyg’onish davri madaniyati tabiat taraqqiyotining mahsuli bo’lgan Hazrati insonni ulug’lashga, gumanizm g’oyalarini keng tar-g’ib etishga asoslangan edi. Bu davrning ulug’ mutafakkirlari qadimgi dunyo madamyatining ilg’or yutuqlarini chuqur o’rganishga, inson aql-zakovati va yaratuvchanlik qobiliyatini tarbiyalashga, tabiat va inson mohiyatini chuqurroq bilishga imkon beradigan ilm-fanni rivojlantirishga puxta zamin yaratdilar.

Uyg’onish davri madaniyatida hurilkrlilik, badiiy ijod, shaxs erkinligini qo’ilab-quvvatlash yetakchi o’rinni egalladi. Bu davrning Petrarka, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi singari buyuk san’atkorlari badiiy ijod bilangina shug’ullanib qolmay, qomusiy bilimga ega bo’lgan, dunyoviy ilm-fan, hurfikrlilik rivojiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk madaniyat arboblari ham edilar.

Uyg’onish davri madaniyati tabiatga bo’lgan munosabatlarda bu-tunlay yangicha tamoyillarga asoslandi: Hazrati insonni har tomonla-ma kamol toptirish, uning ehtiyojlarini to’laroq qondirish, insonni baxtli qilish uchun ilm-fan, ma’rifatni rivojlantirish, tabiatni bilish zarur edi.

Uyg’onish davri insoniyat tarixiga ko’p asrlar davomida diniy aqidatar qobig’ida mudragan Aqlning tom ma’noda uyg’onishi, uning insonga munosib farovon hayot sharoitlarini yaratishga imkon beradigan ilm-fan va texnikaning taraqqiyoti uchun keng yo’l ochish davri sifatida kirdi.

Yangi zamon madaniyati tizimida fan va texnika yetakchi o’rin egalladi. Shaxs erkinligini oliy qadriyat deb e’lon qilgan burjua davlati tabiat va jamiyat to’g’risidagi fanlarni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor bera boshladi. Bu davrda madaniyat va tabiatning o’zaro ta’sirini ilmiy asosda tadqiq etish, madaniyatning mohiyatini o’rganish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi bilan inson tabiatni to’la o’zlashtirish, tabiat kuchlarini o’z irodasiga bo’ysundirish va, hattotabiiy taraqqiyotnijadallashtirish, o’z ehtiyojlarini to’laroq qondirish imkoniga ega bo’ldi.

ХХ asr o’rtalarida fan-texnika sohasida ro’y bergan inqilobiy o’zgarishlar inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir ko’rsata boshladi. Тabiatshunoslik sohasida erishilgan buyuk yutuqlar, biotexnologiya va geninjeneriyaning rivojlanishi inson hayotini yaxshilash uchun qator qulayliklar yaratibgina qolmay, murakkab muammolarni ham keltirib chiqardi: qudratli texnika yordamida tabiatning jadal o’zlashtirilishi ekologik inqiroz vujudga kelishiga, tabiiy energetika manbalarining keskin kamayishiga, atmosferaning zaharlanishiga, juda ko’plab noyob o’simlik va hayvonlar turining qirilib ketishiga olib keldi. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda tadqiq etish, ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarning ekologik xavfsizligini ta’minlash, har bir ilmiy kashfiyotning oqibati uchun olimning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, fan etikasi kabi omillar jiddiy hayotiy muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

ХХ asr boshlarida N. Berdiyayev, O. Shpengler singari buyuk muta-fakkirlar fan-texnika inqilobining xatarli oqibatlari Yevropa madaniya-tining umumiy inqirozi bilan bog’liq ekanligini alohida ta’kidlagan edilar. Fan-texnika ravnaqi inson va tabiat o’rtasida yangicha munosabatlarni shakllantirishni, ekologik madaniyatni rivojlantirishni talab eta boshladi. Oliy o’quv yurtlarida ekolog-mutaxassislar tayyorlash, ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya sifati va samaradorligini oshirish ulug’ ajdodlarimizning yer, suv, o’simlik va hayvonot olamini avaylab-asrashga da’vat etuvchi ma’naviy qadriyatlarini tiklash — ekologik madaniyatni rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridir. qator rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun faol kurashayotgan «yashillar partiyasi» tajribasini o’rganish, ekologik toza hududlar vu-judga keltirish, ayniqsa, muhimdir.

Milliy mustaqillik xalqimizning umummilliy madaniyati rivojida yangi davrni boshlab berdi. Mustabid sovet tuzumi davrida xalq xo’jaligining ekstensiv yo’l bilan rivojlantirilishi, qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga zo’r berilishi, mo’l hosil yetishtirish uchun yer, tuproq, suv va havoning zaharlanishi singari salbiy holatlarni bartaraf etish, Orol dengiziiii halokatdan saqlab qolish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Prezident I. A. Karimovning qator asarlarida, nutq va maqolalarida ekologik xavf-xatarlarni bartaraf etishning asosiy yocnalishlari belgilab berildi.

Milliy xavfsizligimizga jiddiy tahdid solayotgan ekologik inqirozlarni oqilona bartaraf etishda xalqimizning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, muhimdir. «Тabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lishga yo’l qo’yib bo’lmaydi, — deb yozadi I. A. Karimov. — Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. Inson — tabiatning xo’jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy davo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko’plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojiaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo’q bo’lib ketishi yoqasiga keltirib qo’ydi»1.

Хullas, madaniyat va tabiat bir-biri bilan uzviy bog’liqdir: madaniyat rivoji tabiat taraqqiyotini tezlashtiradi, tabiat esa, o’z navbatida, mada-niyatning ravnaqi uchun moddiy asos bo’lib xizmat qiladi. Тabiatga bo’lgan munosabat insoniyat madaniy taraqqiyotining o’ziga xos mezoni hisoblanadi. Тurli tarixiy davrlarda madaniyatning tabiatga ta’siri turlicha mazmun va xarakterga ega bo’lgan. Ijtimoiy mulkchilik munosabatlari hukm surgan sotsialistik jamiyatda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, uni talon-taroj qilish odatiy holga aylandi. Хususiy mulkchilik, tadbirkor-likning rivojlanishi, milliy mustaqillikni mustahkamlash sharoitida ta-biatga insonlarcha madaniy munosabatda bo’lish, uning ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni rivojlantirish milliy taraqqiyot asosi bo’lib qoldi.

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 3681 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar