Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Muhabbat

 

Muhabbat mavzusidagi badiiy asarlar ilmiy kitoblarga nis-batan ancha ko‘p ekani hammaga ma’lum. Qaysi shoir yoki yozuvchining asarlarini olib ko‘rmang, ularning hech biri ham o‘z ijodiy fao-liyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o‘tolmagan: insoniyat bor ekanki, muhabbat odamni sirli tuyg‘ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo‘lmas g‘ovlardan o‘tishga va cho‘qqilarni zabt etishga unda-gan, unga rag‘bat bergan, umriga eng baxtiyor onlarni tuhfa etgan, ba’zida uni hatto o‘lim to‘shagidan ham yulqib olib, hayot nash’asi-ni surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini armug‘on et­gan. Tarix qadar ko‘hna va barcha avlodlar uchun abadiy yosh hisoblan­gan muhabbat hammaga baravar aziz va muqaddasdir.
«Eng yoqimli va zarur bo‘lgan muhabbat er bilan xotin orasida bo‘lgan muhabbatdir», deb ta’kidlaydi donishmandlar. Er bilan xotinni bog‘lovchi narsa muhabbat rishtalaridir. Muhabbat bo‘lgan yerda farovon turmush, baraka, madaniyat hukmron bo‘ladi. Muhabbat tark etgan yerga g‘ariblik kelishi ham rost. Odam bolasiga kurkam xulq, tiniq aql baxshiyda etuvchi ham muhabbatdir. «Sevgan ki-shing bilan kapa ham saroy tuyuladi» deyiladi xalq maqolida. Muhabbatli eru xotin og‘ir mehnatda ham umrlarini saodatli ke-chiradilar, tuzgan oilani muqaddas go‘shaga aylantiradilar.
Muhabbat nima o‘zi?
Savolni shunday ko‘ndalang qo‘yganimiz bilan unga aniq ja-vob beramiz degan ishonchdan yiroqmiz. Muhabbatga qomusona qisqa, lo‘nda, aniq ta’rifni bizgacha berishgan emas, ehtimol bizdan so‘ng ham berisha olmas.
Bunga uringanlarning ko‘plari muhabbat hislarini sof ruhi-yat holati sifatida tushunib, undagi fiziologik holatni inkor etadilar. Fiziologik holat, ular fikricha, hayvonlarga xos bo‘lgan organik ehtiyojlarni qondirishdan iborat instinktning ifoda-lanishidir. Ular odam hayvoniy hirsdan, jinsiy intilishlar-dan ozod bo‘lishi kerak, deb muhabbat hislariga bir yoklama yondo-shadilar. Qadimgi hind traktatida muhabbatga birmuncha to‘liq ta’rif beriladi: «Aql mayli hurmatni tug‘dirsa, qalb mayli do‘stlikni, tana mayli xohishni tug‘diradi. Aql, qalb va tana bir bo‘lib, sevgi-muhabbatni tug‘diradi». Fransuz mutafakkiri Vol­ter «Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga bir vaqtning o‘zida hujum qiladigan eng kuchli, zavqli his-tuyg‘ular-dan biridir», deb ta’rif beradi.
Buyuk olim Abu Ali ibn Sino o‘z asarlaridan birida kuchli muhabbatni izohlar ekan, uni kasallik sifatida ta’riflaydi va «davolash»ning eng to‘g‘ri yo‘li sifatida muhabbat o‘tida qiynalib azob chekayotgan ikki qalbni birlashtirish kerak ekanligini ay-tadi. Ikki jins o‘rtasidagi tom ma’nodagi muhabbat balog‘at yoshida shakllanib boradi. Balog‘atning ilk bosqichida qiz bola-larda ruhiy holat jinsiy holatdan ustunlik qilsa, o‘g‘il bola-larda hissiyot divergensiyasi — bo‘linishi kuzatiladi. Ular bir qizga nisbatan muhabbat hislarini sezsalar-da, jinsiy inti-lishni ko‘proq katta yoshli ayolga nisbatan his etadilar. Ulardagi hissiyot ikki obyektga bo‘linadi. Bu faqat o‘g‘il bolalarga xos bo‘lib, qizlarda bunday hol kuzatilmaydi. O‘smirlik yoshida o‘g‘il bolalarda giperseksuallik natijasida ularning hissiyotida jin­siy intilish ustunlik qiladi yoki uning ahamiyati keskin ortadi. Qiz bolalarda esa ruhiy holatning ustunligi saqlanib turadi. 17—25 yoshli yigit-qizlarda o‘z juftini topishga intilish va hirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga bo‘lgan ehtiyoj oqibati o‘laroq ayni shu yoshda yigitlar uylanib, qizlar turmush quradi-lar.
25 yoshdan keyin qizning oila qurish imkoniyatlari ancha ka-mayib boradi. Unda bo‘lg‘usi kuyovga (yigitga) nisbatan talab oshib, tanqidiy qarash kuchayadi. Muhabbat hislari erkaklarda va ayollarda o‘ziga xos shahvoniy hirsni uyg‘otadi. Erkak kishida deyarli doimo fiziologik holat ustunlik qiladi. Jinsiy intilish jinsiy hayot ular hissiyotida nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Iigit sevgan qizning tashqi ko‘rinishi, qaddi-qomati, o‘ziga qarashi, did bilan kiyinishi, sochlari, qo‘llari, oyoqlariga e’tibor beradi. Yuqorida sanab o‘til-gan xususiyatlarga ayol kishi ham aslo befarq bo‘lolmaydi. Bu xususiyatlarning erkak tomonidan idrok etilishi ayol kishi uchun ham katta ahamiyatga ega.

Manba: http://milliard.uz/view.php?id=238&menu=3

 

 

 

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 2041 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar