Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Ommaviy madaniyat

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

XX asr o’rtalaridan fan va texnika taraqqiyoti kuchli axborotlar yig’imini paydo qildi. Ommoviy axborot vositalari  (OAV)-matbuo, kino, radio, televideniye, kompyuter aloqasi  zamonaviy sotsmadaniyat jarayonida salmoqli o’rinni egallay boshladi.

Haqiqatdan ham zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik  kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:

1. U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy hususiyatlarga bog’liq bo’lmagan ommvaiy iste’molchilarga ega bo’ladi;

2. Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o’zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning mahsus ko’rinishini o’zida namoyon qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo’lib, ularning “matbuot qiroli”, “Buyuk shou tomoshachilari”, “kino, ТV, estrada yulduzlari” bo’ladi.

Uning fikricha bu vosita insonlarning axborot olishdagi raqobat kurashida qudratli kuchga aylandi.

OAV elektron texnika va yo’ldosh aloqalardan foydalanib, kishilarni ijtimoiy hodisalar va madaniy boyliklarni bir vaqtda idrok qilishga undaydi. G.E. Makmoen ta’kidlaganidek «hammobop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron madaniyati» shakllanmoqda.

Haqiqatdan ham zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:

1.U millat, yoshi, joyi, ijtimoiy hususiyatlarga bog’liq bo’lmagan ommaviy iste’molchilarga ega bo’ladi;

2.Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o’zi ommaviy hususiyat kasb etib, industriyaning mahsus ko’rinishini o’zida mamoyon qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo’lib, ularning «matbuot qiroli», «Buyuk shou tomoshabinga», «kino, ТV, estrada yulduzlari» bo’ladi.

Ommaviy madaniyat kishilarni hayotni befar kuzatuvchi tomoshabinga aylantiradi. O’zlari ham mavjud hayotni guyo sarob kabi tasavvur qiladilar.

Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog’liq. Buning asosida iste’mol talab tovar sifatida xaridorgir bo’lish ma’anviy ehtiyoji yotadi. Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi ma’naviy qadriyatlar tor doiradagi ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur ma’no-mohiyati, xotira cheksizligi «odatli», «umumiy» qimmatlar bilan, haqiqiy ijod avvaldan ma’lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqish (kinoseriallar, sayez ТV va adabiy asarlar) bilan almashinadi. Shaxs o’zining ijodiy qobiliyati milliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy mahsulotlar» iste’molchisiga aylanib qoladi. Hususan yoshlar uchun ommaviy madaniyatning xatarli oqibatlarini Prezidentimiz bir necha bor qayd etgan edilar.

Har bir inson ikki yo’ldan birni tanlamog’i yo iste’molchi tarzda oqib bilan suzmog’i, yohud o’ziga, o’zligiga nisbatan talabchan bo’lib girdobdan chiqmog’i lozim. Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jihatdan nazoratga olish, bugungi odam ma’naviy qiyofasini birhillashtirish (standartlash) ga qarshi jiddiy to’siq qo’yish zaruriyatini anglamoqda. Ushbu masalani o’ta kechkinligiga e’tibor qaratish, mavjud muammolarning yechim yo’llarini belgilashda 1990 yillarda BMТ-Bosh Assambleyasi e’lon qilgan Madaniyatning umumjahon o’n yilligi muhim bosqich bo’ldi. «O’n yillik»ning asosiy maqsadi-iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan hozirga davrda umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini tiklashdan iborat bo’lib, bunda quyidagi vazifalarni hal etish masalasi amaliy qo’yildi: barcha tomonidan taraqqiyotni madaniyat yuksalish muhimligini tan olish, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlarning aloqadorlik yo’llarini belgilash, madaniy o’ziga hoslik va madaniyatlar muloqotini tan olish, individual va jamoa timsolida ijodiy potensial va tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlash, halqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Mustaqillik tufayli O’zbekistonning asosiy maqsadi madaniyatlarni yanada rivojlantirish va bir-birini boytishga yo’naltirilgan BMТ boshchiligida o’tkazilgan qator xalqaro dasturlarda jumladan, «Umumjahon manadiy merosi», «Buyuk ipak yo’li» dasturlarida bevosita va faol ishtirok etdi. Bugungi kunda Respublikada umumjahon ahamiyatiga molik mahomidagi Samarqand, Buxoro, Хiva va Shahrisabz yodgorliklari mavjud, shulardan keyingi uchtasi mavzku maqomga 1991 yildan so’ng erishdi.

«Buyuk ipak yo’li»-bu nafaqat tarix, u bugungi kun hamdir. 1993 yilning mayida Yevropa komissiyasi Bryusselda Markaziy Osiyo, Kavkaz hamda Yevropa ittifoqi davlatlari vakillarini to’pladi. Maqsad-ajdodlardan qolgan qadim yo’llarni tiklash orqali Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi mustaqil davlatlarni jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini ta’lim etish; Uchrashuvda Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini tashkil etish to’g’risida deklaratsiya qabullandi. I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ТRASEK (transport yo’lagi) loyihasini amalga oshirish-Buyuk ipak yo’lini qayta tiklash ayrim shaxslar faoliyatining mahsuli emas, u zamon, jahon taraqqiyotining ob’ektiv zaruriyatidir. YuNESKOning amaliy qadamlaridan biri-«Ipak yli-muloqot yli dasturi asosida Samarqandda Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini o’rganishga qaratilgan xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining tashkil etilishi bo’ldi.

Mustaqil davlatimizning milliy madaniyatini tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyitishyo’lidagi yutuqlari tufayli 1997 yili O’zbekiston YuNESKO Ijroiy Kengashining a’zosi etib qo’llandi, Prezidentimiz I.A.Karimov «Ibn Sino» medali bilan taqdirlandi. Yurtimizda jisman va ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish yoshlarda tarixiy ong va mustaqil tafakkurni shallantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2000 yil O’zbekistonda «Sog’lom avlod yili» deb belgilandi. Buni mohiyati shundaki, kechayotgan islohotlarning mohiyati insonga qaratilgan va u inson uchun amalga oshirilmoqda. Binobarin sog’lom avlod-millat, yurt kelajagi demak. Yurtimizda birinchi ordeni ham «Sog’lom avlod uchun» deb nomlangani bejiz emas. Bu buyuk kelajak yo’lidagi umidli qadam timsolidir.

 

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 2069 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar