Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Тexnogen madaniyatning shakllanishi

 

 

 

 

 

 

 

 

Zamonaviy  madaniyatni texnikaviy, texnika xukmdorligi, dunyoviy-elektron  yoki axborot  madaniyati deb ataydilar. Bunday   munosabat hozirgi madaniyatda  fan va texnikaning  o’rni  muhimligini  ko’rsatadi.  “Zamonaviy” yoki “Yangi”  fan antik yoki o’rta asrdagi fandan  tubdan farq qiladi. Agar, ilgarilari  fan duyoni asl holda, unga dahlsiz  o’rgangan bo’lsa, endi esa, fan bilish, yaratish, ixtiro, loyiha tu zish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib “inson idroki yordamida hal bo’ladigan  muammolarga e’tiborini  jalb qilmoqda”. Hozirgi fanning  jo’shqin qiyofasi  mana shundan iborat. Haqiqatni anglashga  urinish o’rniga  insonning qiziqish va extiyojlari  mos keluvchi aniq imkoniyatlarni  hisobga olish harakati uchun bo’lmoqda.

Fan va madaniyatdagi  yangi yo’nalish shakllanishining boshlanishi Uyg’onish davri bilan bog’liq. (XIV-XVI) Uyg’onish-Yevropa madaniyati  taraqqiyotidagi  muhim davr bo’lib, davriy jihatdan o’rta asrlarga mansub. Biroq, bu davr mutlaqo  yangi madaniyat bosqichini ochdi. Shaxarlar ko’payishi,  Yevropada  ichki va tashqi savdoning  vujudga kelishi, hunarmandchilikning  rivojlanishi Yevropa  madaniyatida yangi yo’nalishlarni  paydo bo’lishiga olib keldi. Antik davr merosini o’rganish  yangi falsafiy  yo’nalishlar paydo bo’lishiga  turtki bo’lib inson va tabiatning  o’zaro    munosabatlarida  mutlaqo o’zgacha andoza shaklandi.

Jamiyatdagi  shaharliklar orqasida  “gumanizm”  deb nomlanuvchi yangi g’oya shakllandi. Bu nom inson haqidagi yangi dunyoviy fandan kelib chiqqan bo’lib, ilgarigi “ilohiyat haqidagi fanni” asta sekin  siqib chiqardi. Insonparvarlik g’oyasi quyidagi xususiyatlarga ega:

1.Тabiat  qonunlarini -”tabiiy-muvofiq“ tamoyili asosda  tushuntirishga asoslanish;

2. Insonni muammolar markazi qilib olish (antropotsentrizm) -  insonga  tabiatning toji sifatida qarash;

3. Aqliy tafakkur (Ratsionalizm)-inson idrok va zakovat orqali atrof muhitni, o’z-o’zini biladi  deb xisoblash;

Insonparvar lik g’oyalarining  rivojlanishi dunyo va insonning    diniy konsepsiyasi buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining  o’zini qadrlash haqidagi ta’limot  paydo bo’lishiga  olib keldi. Gumanistlar o’z ta’limotining  ishonch mezoni deb  empriktajriba va ratsionallikni  xisobladi. Bu xulosa u larni cherkovni  Reformatsiya qilish (M.Lyuter, J. Kalvin), utopik sotsializm Т. Mor, Т. Kampanella) va ijtimoiy progmatizm (N. Makkiavelli) kabi g’oyalarni nazariy asoslashga olib keldi.

Uyg’onish davri gumanistlari  dunyo va inson paydo bo’lishida ilohiy g’oyalarni  butunlay inkor qilmadi, balki olam doimiy  va qat’iy qonunlarga  muvofiq ravishda  bunyodga kelishini  tasdiqladilar.

  Antropotsentrizm, ratsionalizm, ssiyentizm-Uyg’onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar  Yevropa  madaniyati asosini  belgiladi.  Uning kengrivojlanishi natijasida XVIII asrda  “ilmiy inqilob”,  XVIII asrda Marifatparvarlik g’oyalarining  tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nihoyat, XIX-XX asrlar davomida  madaniyatning klassik texnikaviy  shaklidagi  yutuqlarga olib keldi.

XVII asrda fan Yevropaliklar hayotiga, jamiyat ishlab chiqirishining  barcha tizimlarini  rivojlantirish va me’yorida faoliyat ko’rsatishning  tabiiy va zururiy shirti bo’lib mahsus ij timoiy institut sifatida  jadal kirib keldi.  Davlat bu turdagi  faoliyatning  barcha qiyinchiliklarini    o’zining zimmasiga  oldi.Fanning shakllanishi  va sekin asta jamiyat   hayotiga muhim  asos bo’lib kirishi  yangi davr kishisining   turmush tarzi, fikr yo’sini, tafovutli qiyofasi  sifatida  ritsionalizmning  paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.  Ratsionalizmning keng ko’lamda namoyon bo’lishi XVIII asrdagi ma’rifatparvarlik harakati bilan  bog’liq.

Ma’rifatparvarlarning  ratsionalistik yo’nalishi XVIII asrdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish, davlatning ichki va tashqi siyosati, huquqiy institutlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, san’at taraqqiyotida ko’plab  tamoyillarni belgilab berdi. Ma’rifatparvarlar Buyuk Fransuz inqilobining ideologlari hisoblanib, o’yg’onish davri gumanistlari boshlab bergan madaniy qadriyatlarni ulug’lash jarayonini nihoyasiga yetkazdi. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat darajasiga ko’tardi. Fan insonning ma’naviy hayotiga, chuqur kirib borib uning madaniyatiga mazmun bag’ishladi. Kishilarning-tabaqaviy, milliy-irqiy yoki boshqa farqlaridan qat’iy nazar barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi.

Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asrning o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi. Ratsionalizm va utilitarizm (manfaatparastlik) ning madaniyatdagi belgilovchilik o’rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki  berdi.

Sivilizatsiya ning o’siishi dastlab makon va zamonga xo s kechdi: insonning ma’naviy dunyosi o’tmishning yangi  xududi va yangi “qatlami”ni o’zlashtira boshladi. Bilishning maydoni chuqurlashdi va keng aydi. Biroq,  shu bilan birga zamon va  makonni yenguvchi yangi usullar ham paydo bo’ldi: inson yangi texn ika vositasida ulkan fazoviy  vaqtni qisqa muddatda bosib o’tib, yer  yuzining xoxlagan joyida bo’lishi mumkin. Dunyo  yangi qiyofa kasb etdi.

 

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 1908 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar