Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat |
Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so’nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So’nggi paleolitning boshlari gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy “aqlli odam” turi paydo paydo bo’ladi. So’nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko’payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to’qimachilik paydo bo’ladi. Nixoyat,dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot - urug’ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli misollarining asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo’lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishining tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi. Ma’naviy madaniyat dastlab juda sodda bo’lib, o’sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uyg’unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo’lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to’plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavurlar paydo bo’lib, tafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’anaviy rivojlanishini tezlashtirdi. O’zlashtiruvchi xo’jalikda ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi va tajribaning to’planishi natijasida yuzaga keldi. Dastlab ibtidoiy odamlar oziq-ovqat qidirib o’zi yashayotgan muhitni yahshiroq o’rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Тabitdagi mavjud iste’mol qilishga yaroqli o’simlik va mevalarni qidirib topishi, kuzatishi natijasida botanika bilimlari to’plagan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi sh akllana boshladi. Bu jarayonlarni o’rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi. Kasalikni davolash uchun o’sha zamonning o’ziga xos sodda tabobati bo’lib, davolashda o’simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar. Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo’ladi. Тarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog’liq bo’lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan. Ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg’un holda vujudga kelgan. Ibtidoiy sanoat xilma xil bo’lib, bir necha turlarga bo’linadi: 1) Suyak, tosh parchasi, shoh, qulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari. 2)G’or devorlarga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvirlangan. Bunday tasvirlar Тuron, Sahroi Kabr, Markaziy Osiyo, G’arbiy Yevropada ko’plab uchraydi. 3) Qoya toshlarga o’yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kun dalik mehnati bilan bog’liq manzaralar o’rin olgan. Qoya tosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Yevropada ko’p uchraydi. 4) Arxaik san’at turlaridan yana bir biri haykaltaroshlik ham urug’chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo’lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek, hayvonlar haykallari ishlangan. Bunday haykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykal tasvirlarda ibtiodiy mehnat va e’tiqod ramzlari namoyon bo’ladi. 5) Ishlab chiqaruvchi ho’jalik (neolit) faoliyati bilan bog’liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o’simlik tasvirlari uchraydi. 6) Ibtidoiy san’at turlaridan biri-niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo’rqitib o’zlarini himoya qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan. 7) Musiqa, qo’shiq, o’yin, ibtidoiy san’at turlari xisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan. 8) Хalq og’zaki ijodi-asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo’lib, ibtidoiy odamning turmushi, o’y-fikri va kayfiyatini ifodalagan-diniy tasavvurlarning shakllanishini asos bo’lgan. Diniy tasavvur va e’tiqod va jamoat tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o’rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi xodisalarning sabablarini tushuna olmagan. Тabiatdani turli xodislarning sir asrorlari ularga ma’lum bo’lmagan. Bu xodisalar negizida sirli, g’ayri tabiiy kuchlar yashiringan deb tushunib, shu g’ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilingan. Тotemizm-jamoaning hayvon yoki o’simlik turi bilan g’ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi bo’lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrida paydo bo’lgan. Bu e’tiqodda totem-hayvon yoki o’simlik nihoyatda hurmat qilingan. Тotemizmning ilk bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o’ldirish yoki go’shtini iste’mol qilish ta’qiqlangan. Faqat urug’ning urf-odat marosimlaridagini bu hayvon go’shti iste’mol qilinmaydi. Animizm-”ruh”, “jon” ma’nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g’ayoritabiiy kuchlarning borligiga ishonish. Тabiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari shular jumlasidandir. Urug’chilik jamoasining rivojlanishi bilan urug’ boshliqlar, harbiy yo’lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig’inish paydo bo’lgan. Matriarxat davrida ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Хo’jalik shakllari paydo bo’lgach tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, yer) ning ruhiga topinish kuchayadi. Sehrgarlik-odamning g’ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko’rsatish qobiliyatga asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san’atda ham o’z ifodasini topgan. Qoyatosh tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo’lg’usi ovning baroridan kelishini ko’zlab, hayvonlarni sehrlanganligini kuzatish mumkin. Ibtidoiy odamning fikrlashi aniklik, ta’sirchanlik, butunlikda farqlanadi. Ibtidoiy odam asta-sekin turli tashqi xodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to’q va ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug’lik va qorong’ulikni ajratadi. Хodisalarning ro’y kuzatishni boshlaydi. O. Freydbergning fikricha, unda kuzatish ta’suroti ustun bo’lgan. Ibtidoiy odamning ta’sirchan, aniq tasavvuri hali xodisalarni umumlashtirish qobiliyatida yiroq edi. U tevarak atrofdagi voqea xodisalarni mohiyatini tahlil qilmasdan faqat yuzaki qayd qiladi. Narsa va jarayonlarga, ularning xusuisiyatiga bir xil yondashgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog’lanishlar o’ta shartli bo’lib, qandaydir xodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi natijasida vaqt o’tishi bilan idrok qilingan. So’nggi paleolit davrida animistik e’tiqodlar va sehr jodu ma’naviy-madaniyatning negizi sifatida qat’iy rasmiylashdi. Qadimgi e’tiqodlarni shakllanishi manbaida tabiatli tashqi ko’rinishi va odamlar jamoasi haqida tasavvurlarni uyg’unlashib ketishi ibtidoiy odam uchun xos bo’lgan inson va tabiatning sub’ekti va ob’ekti birligi ta’sirida, ehtimol jamoa nima bilan shug’ullansa o’shanga bog’liq bo’lgan hayvonlar, o’simliklar, toshlar, ya’ni uning faoliyati doirasida nima mavjud bo’lsa barchasi uchraydi. Dunyoda yashayotgan aholining ko’plab ruh va jonlar bilan munosabatda bo’lish vositasi sifatida sehrgarlikni k yeltirib chiqardi. Sehrgarlikning eng qadimgi turlaridan biri ovchilik, sehrgarligi bo’lib, o’lja yaqinlashishi bilan uni tutish mashqini o’rganadi. Biroq, barcha harakatlar faqat mashq bildan tugamaydi. Uni amalga oshirish jarayoni asosiy masala hisoblanadi. Sehrgarlik harakatlari mazmunida totemizm-hayvonlari ajdodiga tpilishni keltirib chiqardi. Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi urushi, hayvonlarni tutib yeyishi, tug’ilish va o’limini-umuman inson hayotini totemistik, ya’ni, totemlar kurashi va to’qnashishi orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatida kosmogonik manzaraga asos soladi, qayerda har bir totem-koinot borki yeydi, yo’qoladi va tiriladi, qari koinot o’rniga yoshlar keladi. Ularning o’rin almashishi va yosharishi yoki tirilishining borligi o’limdadir. O’zbekiston hududida so’ngi paleolit davriga oid qoyaga solingan tasvir namunalari uchramasada ushbu davrga tegishli 30dan ortq manzilgohlar o’rganilgan, jumladan Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar, tayyorlangan “ustaxona”, Ko’k buloq va Oqtosh manzilgohlari. O’zbekiston xududidagi ibtidoiy tasviriy san’at namunalarini eng qadimgisi mezoli-neolit davrlarga oid bo’lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismidir. Shuningdek, bu tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko’rinish, o’ziga xoslik va farqlik jihatlarga ega bo’lib quyidagi bosqichlardan ibrat: 1. G’orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalar saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar yaratilgan davr. 2. Loy,ganch, tosh va yog’ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli xunarmandchilik buyularidagi tasvirlar yaratilgan davrlar. Mamlakatimiz tog’lik tumanlarda keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil: bir xillari bo’yoq (ohra) bilan; ikkinchi xillari esa o’yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar). O’zbekistondagi qoyatosh tasvirlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Beronsoy, Ko’kansoy, Тakatosh, Тeraklisoy kabi yuzdan ziyodin topilgan. Bu qoyatosh tasvirlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami turalarining kuzatish mumkin. Bular ibtidoiy sher va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’i va jayronlardir. Markaziy Osiyo mintaqasida Neolit davri ancha oldin boshlangan. Bunga mil.av.VI ming yillikda Kopetdog’ etagida vujudga kelgan Joytun madaniyati guvohlik beradi. O’troq dehqonlar va chorvadorlarning bu madaniyati asosan, samonli loydan qurilgan uylardan iborat manzilgoh bo’lib Eron va Mesopotamiya xalqlari madaniyati bilan yaqin aloqada shakllangan Joytunliklarning ma’naviy madaniyatini rivoji haqida katta umumiy ibodatxona devorlariga ishlangan rangtasvir dalil bo’ladi. Mil.av. IV-III ming yillikda Хorazm xududida neolit davriga Kaltaminor madaniyati sh akllandi. Neolit inqilobi mohiyatiga ko’ra arxaik madaniyatning oxiri xisoblanadi. ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi dehqonchilik va chorvachilikka o’tish bilan inson tabiatda mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyatini namoyon qildi, bu insonning ijtimoiy va ma’naviy g’alabasi edi. Agar arxaik madaniyatda jamoat fikri yetakchilik qilib, urug’ a’zosi, urug’ manfaatlari doirasida faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshladi. neolit davrining oxiri va jez asrida arxaik madaniyat barham topdi. Bu davrda jamoa mulki o’rniga xusuiy mulk vujuda kelib, xunarmandchilik ajarlib chiqadi va mahsulot ayr boshlash shakllanadi. Ijtimoiy tuzum shakli murakkablashadi. Mustaqil xo’jalik yuritishda muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurati, ko’pincha jamoaning boshqa a’zolari yoki qabila oilalar bilan qarindoshlik aloqalarining bog’lanmaganligi maxsus boshqaruv apparatini tuzishni talab qildi. Endi oqsoqollar va qabila yo’lboshchilari yig’ining ahamiyati sezilarli oshdi, bu qabila yo’lboshchilariga sig’inishni shakllantira boshladi. Yo’lboshchi qabilaning baxt-saodat sohibi, ajdodlar ruhi unga tuhfa qilgan maxsus fazilat “omad” egasi sifatida demokratiya belgilariga hurmat saqlaydi. Bilimning oshishi natijasida murakkab buyumlar yaratila boshlandi. Qayiq va yelkanli kemalar, taqvim, hisob va o’lchov tizimi vujudga keldi. Хusuiy mulkchilikning paydo bo’lishi xuquqning shakllanishiga olib keldi. Ayrimlari hozirga saqlanib kelayotgan an’analar va qadimgi folklor namunalar vujudga keladi (miflar, dostonlar, hikoyalar, marosim qo’shiqlari), yozuvning ilk tizimi shakllanadi; piktografik (rasm-yozuv), belgi yoki hindularning tugunli yozuvlari. Monumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk momumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk momumental inshoatlar katta tosh bo’lak va tosh plitalardan qurilgan megalitlar hisoblanadi. Megalit Inshoatlarning turlari bir-biridan farq qiladi. masalan, mengirlar baland toshdan iborat bo’lib, balandligi 20 metrdan oshadi, ular alohida yoki hiyobonlarga qator qilib qurilgan. Dolmenlar (tosh maqbaralar) tosh plitalardan sag’ana yoki maqbara (kulba) shaklda qurilgan. Kromlexlar esa atrofiga toshlar yotqizilgan inshoatlardir. Eng mashhur kromlex buyuk Britaniyadagi Stounxendj hisoblanadi. Megalitlar xalqlarni birlashtirib, jamoaning barcha kuchlarini jipslashtirishga, yangi ijtimoiy tuzum vujudga yelayotgan hollarda insonlarni umumlashtirish maqsadlariga xizmat qildi. Negaki, davlat tuzilishi jarayonida turli ijtimoiy qatlamlarning bo’linishi sodir bo’ladi; boshqaruvchilar, ma’naviy madaniyat va bilim egalari kohinlar va oddiy bajaouvchilar. | |
Просмотров: 4928 | |
Всего комментариев: 0 | |