Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

XIX asrda texnotsentrik  dunyoqarash keng tarqalib,  kishilar o’z hayotini ilmiy asosda  qurishga urina boshladi. Injenerlik faoliyati tamoyillari  tabiat va jamiyat hayotiga keng yoyildi. Insonning turmush jarayonidagi bunyodkorlik, tirikchilik tashvishlari o’rnini bundan buyon ixtirochilik, texnika ijodkorligi, ehtiyojlarni qondiruvchi texnika vositalari yaratish egalladi. Тabiat,  inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o’zgardi. Тabiat material va energiyaning bitmas tuganmas manbai, universal omborxonaga aylanib qoldi. Hatto, ta biat sirlarini o’ta chuqur anglash ham unga yaqinlashish degani emas, balki, aksincha qandaydir uzoq begonalikni, faqat texnik yondashuvni  bildiradi. Insonning o’z tabiati sirlarini anglashga urinishi shunchalik qarama-qarshi  natijalarga olib keladi.  XIX asr insonga “koinot sardori”,  “barcha narsalardan yuqori”, yorlig’ini beradi. Inson ko’proq “mexanik agregat”, “fizik kimyoviy unsurlar majmui”, “maymunga turdosh mahluq“, “turli mehnat qurollari tayyorlovchi Хomo faber” kabi sifatlar bilan atala boshlandi. Insonning o’z mexanizmi bo’lgani kabi, dunyo ham unga o’xshash ulkan mashina ishlab chiqaruvchi fabrikadir.Insonning o’zi o’rtacha mehnat unumdorligi o’lchamidagi madaniyat ijodkori. Maqsadga muvofiqlik, risoladachilik, me’yorlik insonni butunlay hayotini belgilab, uni o’rtacha, baravar qilib tanglashtiradi: maqsadlar  baravarlashadi, umumhayotiy andoza, turmush tarzi qonuniylashdi, barchaning  huquqi tenglashdi,  ko’p sonli o’rta sinflar tenglashdi. Misli  ko’rinmagan muvaffaqiyatlar  ila ozodlikka erishdi, munosabat, did, odatdalar andozalashdi. Ommaviy madaniyat, hissiz, shaxssiz madaniyatlar davri keldi. 

Тexnika so’zining o’zi mahorat, san’atni anglatib, ishlab chiqarishga bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun kishilar yaratgan vositalar yig’indisi uni belgilaydi yoki anglatadi. Insonlar jamiyati paydo bo’lishi bilan amalda  texnika paydo bo’ldi, dastlabki kishining mehnat faoliyatida yordam beruvchi mehnat quroli sifatida keyin, har xil maqsadlarda ishlatiladigan texnikaning boshqa turlari vujudga keldi. Тexnikaning xususiyatlari shundaki:

1. Тexnika sun’iy ravishda kishilar tomonidan tabiatning o’zgarishi natijasida yaratilib, oqibatda  oldindan yaralgan ideal andozalar moddiylikdan mujassamlanadi;

2. Тexnikaning ommaviy xususiyati - u avvalo, kishilarning amaliy extiyojlari bilan bog’liq bo’lib, shu ehtiyojlarni qodirishga  xizmat qiladi;

3. Тexnikaning muhim parametrlaridan biri ratsionallik hisoblanadi, ma’lum jamiyat doirasida u yoki bu texnika qurilmasini ma’lum qadar tezroq ishlab chiqarishga mo’ljallanadi.

Тexnika madaniyatning  favqulotda  hodisasi  sifatida jamiyat va tabiat o’rtasidagi  munosabatni ta’minlaydi, u ijtimoiy madaniyat jarayonining  ajralmas tarkibiy qismidir. Тexnika  tarqqiyoti insonning  tabiat ustidan hukmronlik  qilishida va uning   imkoniyatlarini kengaytirdi, madaniy va ijtimoiy o’zgarishlarni  muqarrar amalga oshiradi.  Madaniyatda  texnikaning o’rni  xususida turlicha qarashlar mavjud.

Yevropada XVIII -asr oxirlaridanoq  texnikaning halokatli  ta’siri haqida xabarlar  tarqala boshladi.  Тurli falsafa  maktabining vakillari texnika  sivilizatsiyasi, uning qattiq, “temr sur’ati”, beshafqat va axloqsizligini ta’kidlab, hayot, tabiat, insonga xurmatsizligini qattiq tanqid  qila boshladilar. ular jamiyatda texnikada  sig’inish, uni ilohiylashtirish holati sodir bo’layotganiga, texnika zamonaviy  sivilizatsiyaning  ofati bo’lajagiga o’z  e’tiborlarini qaratdilar. Тexnikaning nazoratsiz  taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug’dirdi, harbiy sanoat komplekslarining  keng rivojlanishiga  sabab bo’lib, oqibatda insonni  texnikaning ijro  qismiga  aylantirib qo’yadi.

Agar nazoratchilarning bir qismi texnikaga  pessimistiknazar bilan qarab, an’anaviy jamiyatga  qaytishni yagona  yo’l deb qarashayotgan  bo’lsalar, boshqalari esa texnikaning  agressivligi  va murosasizligini ta’kidlab inson  bunday sharoitda faqat bitta iloji  bo’lgan usul  bilan qarshi turishi mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning  parchalanishiga yordam  berishi kerak deb hisoblaydilar.

Biroq, barcha muammo texnikaga emas, balki insonning o’ziga bog’liq. Тexnika ahloqiy jihatdan mustaqil olam emas, uning majmui xususiyatida jamiyatning  qadriyat tuzilmasi namoyon bo’ladi. “Тexnika inson”  ziddiyatlarining   bartaraf qilinishi yangi tipdagi  insonning shakllanishiga bo’liq  bo’lib, bu madaniyatdagi  biosferik tamoyillarini xisobga oluvchi, tabiat va inson mun osabatlarini uyg’unlashtirishga  harakat qiluvchi  madaniyatning bosh   muammolari oqilona hal qilishni  ta’minlovchi sifatga  ega bo’lgan yangi insondir.

Insonning bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli yangi iqtisodiy tip-”Hayot iqtisodini” yaratishga qodir bo’ladi. “Hayot iqtisodi” ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini inkor etmagan  holda   na ishlab chiqarishda eng yuqori miqdoriy manfaatni, na biror kerakli joyda zarur miqdorlagi va zarur sifatdagi boylikni ko’zlab ish tutadi .  L.Mamford yozishicha: “Bunday iqtisodiyot har qanda y tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo’lgan xilma-xil boylik va kechinmaga ega bo’lishni taqozo qiladi, negaki tug’ilgandan to o’lgungacha uning individual hayoti  shunday o’tsin”. Madaniyat dagi bosferik konsepsiya tarafdorlari insoniyat tarixida o’zlarining madaniyattasnifini tuzib, unda ta’kidlashlaricha insoniyatning ilk bosqichlarida madaniyatning turli hil biogelik ko’rinishlari mavjud bo’lgan, keyinchalik sun’iy ravishda “tabiat ustidan hukumronlik qilish”  shioriga tayangan holda texnologik madaniyat yaratildi zamonaviy odamlar yerdagi ekologik qonunlarga asoslanib turmushi taqozo qiluvchi  noogenik madaniyatga o’tadi. Ekologik madaniyat hozirgi zamon sivilizatsiyasining ahamiyatga molik belgilaridan biriga aylanib bormoqda. 1980 yilarda e’tiboran zamonamiz ilm-fani tobora ekologiyalashmoqda. Dastlabki paytlarda ekologiya hayvonot va o’simlik dunyosi ning atrof muhit bilan bog’liqlik aloqalarini tadqiq etgan bo’lsa, so’ngiroq bir butun tarzda Yerning ekotizmi, biotsenzi, biosferani o’rgana boshladi. 1970 yillardan ekologiya jamiyat hayotidagi jarayonlarni o’rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati bilan uni o’rab turgan tabiiy iqlimiy, sotsial-madaniy muhitning aloqadorligi muammolarini o’rganuvchi sotsial ekologiya shakllandi. Ekologiyaning tabiiy va sotsial muhiti inson uning genofondi,  odamni bugungi olamga moslashish jarayoni xususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog’i “inson ekologiyasi” vujudga keldi.Tabiiy va sotsial, tabiiy va sun’iy jarayonlarning o’zaro ta’sir aloqadorligini optimallashuvini ekologik madaniyatni boshlanishi”  deb hisoblash mumkin. Bu insoniyat tomonidan tabiiy va sun’iy ikki tizimning teng huquqligini tan olishi demakdir. Ayniqsa bu qishloq ho’jalik sohasi uchun o’ta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon qishloq ho’jaligi uchun mahsuldorlik va tovar ishlab chiqarish hajmi asosiy trategik maqsad emas, gap ekologiya qonuniyatlariga muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni asrashdan iborat. Sanoat ishlab chiqarish  uchun ekologik qonunlar tabiat resurslariga tejamkorlik asosida yondashish imkoniyatini  beruvchi texnika-texnologiyani yaratishdangina iborat bo’lmay, ayni paytda, insonning mavjudligi va yashash muhiti biosferani asrash, qayta tiklashdan iboratdir. 

 

Категория: Madaniyat va sa'nat | Добавил: azizjon_ibragimov (11.03.2016)
Просмотров: 3011 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar