Afinada demokratiya mavjud edi, bu «xalq boshqaruvi» demakdir. Barcha fuqarolar har oyda o‘tkaziladigan «assambleya» (ekklesiya— xalq yig’ini)da ishtirok etish hamda shahar hayotiga taalluqli ishlarga oid masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega edilar. Faqat Afinada tug‘ilgan katta yoshdagi erkaklar fuqaro hisoblanar, ayollar va qullar esa ovoz berish huquqiga ega emas edilar. Fuqarolar yoki demos qudratli hokimiyatga ega edi: ular o‘zlariga ma'qul bo‘lmagan siyosatchini quvg‘in ostiga olishi va surgun qilishi mumkin edi. Agar kamida 4 ming fuqaro siyosatchiga ishonchsizlik bildirib, uning ismini sopol parchasiga yozgan taqdirda shunday qilinardi. Afinada huquqshunoslar yo‘q edi, shu bois xalq o‘z vakillarini sudga yo‘llardi. Maslahatchilar huqm chiqarar ekanlar, «aybdor» yoki «aybsiz»ligini kichik doirachalar chizib ko‘rsatardilar.
|