Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

AFINALIKLAR PARFENONNI QACHON QURISHGAN?

Lavriondagi kumush konlari va Pireya tabiiy bandargoh Afina boyligining manbai bo‘lib xizmat qilardi. Afina fuqarolari kumushning bir qismini flot tuzish uchun ishlatganlar.

Eramizdan avvalgi 490- yilda fors shohi Daryovush Yunonistonga bosib kiradi. Biroq shu yilning o’zida — forslar Marafon yaqinidagi jangda mag‘lub bo‘lishadi. Bu quvonchli xabarni 40 kilometr narida joylashgan Afinaga bir chopqir yetkazadi. Bizga ma'lum bo‘lgan marafoncha yugurishning nomi shu voqyeadan olingan. O‘n yil o‘tgach, forslar yana hujum qilishadi. Eramizdan avvalgi 480- yilda Fermopil yonida bo‘lgan jangda 300 spartalik va ularning ittifoqchilari halok bo‘lishadi.

Forslar Afinaga qarab siljib borishadi. Salamin oroli yaqinidagi dengiz jangida, nihoyat yunonlar kemalarining qo‘li baland keladi.

Forslar ustidan qozonilgan g’alabadan so‘ng Afina forslarning ehtimol tutilgan hujumiga qarshi turish maqsadida tuzilgan ittifoqqa rahbarlik qiladi. Davlatlar forslarni Kichik Osiyodan surib chiqarishda foydalanish uchun mablag’ to‘play boshlashadi. Biroq afinaliklar bu pulni shaharni bezash uchun ishlatishadi. Ular shahar ma'budasi Afina ibodatxonasi — Parfenonni bunyod etishadi. Ibodatxona «Yuqori shahar» degan ma'noni bildiruvchi Akropol tepaligida bunyod qilinadi.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1023 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar